224
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lgan
qarorlar quyidagi hollarda ekspertizadan o‘tkazilishi tavsiya etiladi:
-
qabul qilingan yoki qilinayotgan qarorlarning aholi hayot
faoliyatiga va turmush
darajasiga o‘tkazadigan ta’siri miqyosini aniqlash zarur bo‘lganda;
-
qabul qilingan qarorni amalga oshirishning oqibatlari turli ijtimoiy guruhlar, turli
hududlar hayotida vujudga keltiradigan oqibatlari qay darajada turli-tuman bo‘lishi mumkinligini
aniqlash zarur bo‘lganda;
-
qabul qilingan qaror va hujjatlar to‘g‘risida
turli-tuman, bir-biriga zid fikrlar mavjud
bo‘lganda;
-
qabul qilingan yoki tayyorlangan qaror etarli asoslanmaganda. Uning ijobiy va salbiy
oqibatlari qanday bo‘lishi aniq bo‘lmaganda;
-
qaror qabul qilayotgan organ mazkur qarorning oqibatlarini bashorat qilishga ehtiyoj
sezganda;
-
bir-biriga zid bo‘lgan qaror variantlari mavjud bo‘lganda.
Bizning mamlakatimizda jamoatchilik nazorati bo‘yicha
tayyorlangan qonun loyihasi
bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik ekspertizasining maqsadi davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini, shuningdek,
mazkur qarorlar fuqarolar
manfaatlariga hamda jamoatchilik fikriga qay darajada mosligini aniqlashdan iborat.
Jamoatchilik ekspertizasi murakkab jarayon bo‘lganligi tufayli, uning ob’ektivligi va
xolisligiga erishishning asosiy yo‘li ekspertlarning hamkorlikda ish olib borishidir.
Dostları ilə paylaş: