225
Jamoatchilik monitoringi quyidagi tamoyillarga asoslanib o‘tkaziladi:
-
tizimlilik va xolislik;
-
qonuniylik va ochiqlik;
-
olinayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni jamoatchilik monitoringidan o‘tkazishning maqsadi
mazkur dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqishdir. Bunday tavsiyalar monitoring natijalarini
jamoatchilik muhokamasidan
o‘tkazish asosida qabul qilinadi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni jamoatchilik monitoringidan o‘tkazish texnologiyasi
o‘zaro bog‘liq va muayyan ketma-ketlikda tashkil etilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ularni
amalga oshirish manfaatdor shaxs va tashkilotlarga, birinchi navbatda, nodavlat notijorat
tashkilotlarga ijtimoiy ahamiyatga molik mazkur dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda
ishtirok etish imkoniyatini beradi. Bunday ishtirok aholiga ko‘rsatilayotgan
ijtimoiy
xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirishni nazarda tutadi.
Jamoatchilik monitoringi bir necha usullardan foydalanib o‘tkaziladi. Bunday usullar
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: statistik tahlil; byudjet tahlili; huquqiy tahlil;
so‘rovnomalar; intervyu.
Monitoring
o‘tkazish
dasturimuammoli
vaziyatni
tavsiflashni
ham
qamrab
oladi.Monitoring ana shu vaziyatni statistik ma’lumotlar, ommaviy
axborot vositalarida chop
etilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilishni
nazarda tutadi. Ana shunday tahlil asosida ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarning mazmuni,
maqsadga yo‘naltirilganligi muammoni hal qilish uchun belgilangan tadbirlarning etarli yoki
etarli emasligi, asoslanganligi, amalga oshirish
mexanizmlari mavjudligi, jamoatchilik fikri
hisobga olingani yoki olinmaganligi, uni tuzishda jamoatchilikning ishtirok etish darajasi
baholanadi.
Jamoatchilik monitoringidan o‘tkazishning tashkiliy shakli tashabbuskor tashkilot
tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Loyihada jamoatchilik
monitoringini tashkil
qilishning asosiy bosqichlari ifodalangan bo‘ladi: tayyorgarlik ko‘rish bosqichi, jamoatchilik
monitoringi bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish bosqichi, yakunlovchi bosqich.
Dostları ilə paylaş: