4-Mavzu. Oziq-ovqat tizimini harakatlantiruvchi kuchlar. 1. Qishloq xoʻjaligida yerdan samarali va oqilona foydalanish
2.Yer resurslari tushunchasi va undan foydalanish tartibi.
3.Yerning unumdorligi, yerni iqtisodiy baholash va uning monitoringini tashkil etish.
4.Yer tuzish va yer kadastri faoliyatini tashkil etish va yer uchastkalarini berish tartibi.
5.Yer resurslaridan rasional foydalanish va tuprok unumdorligini oshirib borish, Almashlab ekishni joriy etish. Agrotexnika tadbirlarini samarali amalga oshirish.
6.Suv resurslari tushunchasi va undan foydalanish tartibi.
7.Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda agrobiznesning oʻrni.
8.Suv obʼyektlari, suv manbalari va suvni iste’molchilariga suvni yetkazib berishni tashkil etish.
1.Qishloq xoʻjaligida yerdan samarali va oqilonafoydalanish Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotining asoslaridan biri bu tabiiy resurslardir. Tabiiy resurslarning eng kerakli unsurlariga esa yer kiradi. Yer qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning asosiy omili, mehnatga yoʻnaltirilgan obʼyekt sifatidagi mehnat predmeti, shuningdek, turli xil mahsulotlarning joylashuv makoni, insonlar uchun turar joy, hamda hayvonot va oʻsimliklar dunyosining yashashiga moʻljallangan mehnat qurolidir. Har bir halq va millat yerni asosiy boyligi sifatida e’tirof etadi, bir nechta shart va omillarni birlashtirgan holda qishloq xoʻjaligidagi afzalliklarni yer orqali tavsiflaydi.
Yer resurslari – bu quruqlik yuzasining jami yigʻindisi boʻlib, uning tarkibiga boshqa tabiiy obʼyektlar ham kiritiladi. Bular: oʻrmonlar, oʻsimlik va boshqa tirik organizmlar, suv obʼyektlari. Yer resurslarining suv obʼyektlari oʻz ichiga koʻllar, koʻlmak va hovuzlar, ariqlarni qamrab oladi. Okean, dengizlar va daryolar esa suv resurslari tarkibiga kiradi.
Har bir davlatning yer-suv resurslari tabiat va jamiyatda yashash manbaidir, shuningdek, yer va suv bir-birining mavjudligini taqozo qiladi.
Yer resurslari ham boshqa resurslardek oʻz xususiyatlariga ega.