Birinchidan, yer – tabiat mahsuli, in’omi hisoblanib, u inson mehnati bilan yaratilmaydi. Inson faqatgina yerga mehnatini yoʻnaltirib, yo yerning ahvolini yaxshilaydi, yoki umuman yomon ahvolga solishi mumkin. Lekin inson oʻz xohishi bilan yer resurslarini hosil qila olmaydi.
Ikkichnidan, yer chegaralangan tabiiy resursdir. Inson xohlagancha yerni koʻpaytirayoki kamaytira olmaydi. Shu sababli, bosh maqsad yerdan samarali va toʻgʻri foydalanishdir. Bir mamlakat miqyosida yer miqdori uning chegaralari bilan aniqlansa, umuman hududlar sifatida esa yer miqdori quruqlik yuzasi bilan belgilanadi.
Yer resurslari jismoniy nuqtai nazardan murakkab majmua hisoblanadi.Bumajmuaturliomillar(kimyoviy,fizik,biologik) birlashmasi bilan xarakterlanadi. Yer resurslari turli yer uchastkalaridan iborat boʻlib, ular bir - biridan tuproq turlari, relefi, miqdori va boshqa xarakteristikasi bilan farqlanadi.
Uchinchidan, yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Shuningdek, yer har doim ishlab chiqarishdagi eng asosiy omil sifatida oʻz oʻrnini yoʻqotmaydi. Undan mablagʻni koʻpaytirish, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar orqali qishloq xoʻjaligidagi yerlardan unumli va samarali foydalanish, shuningdek sanoat va uy-joy qurilishi maqsadida foydalanish mumkin. Shu bilan birga, texnika taraqqiyoti yuksak choʻqqilarga koʻtarilganiga qaramay yerni boshqa ishlab chiqarish omillari bilan almashtirib boʻlmaydi.
Yer resurslarining asosiy qismi qishloqlarga toʻgʻri keladi. Statistika ma’lumotlarga qaraganda, AQSh qishloq xoʻjaligiga mamlakatdagi mavjud yerlarning 90 foizini ajratadi. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida mavjud maydonning 80 foizi, Rossiya Federasiyasida esa 90 foizga yaqini qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan. Oʻzbekiston Respublikasining jami yer maydoni 44,74 mln gektar. Shundan 9 foiziqishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilgan.
Yer-suv resurslaridan foydalanish usullari turlicha boʻlib, ayniqsa yer fondidan foydalanish uchun insonlar va jamoalar bir-biri bilan raqobat qiladilar. Ular oʻz manfaatlari yoʻlida, shuningdek davlatga foydalari tegishi maqsadida yerlardan foydalanadilar.
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari va bevosita rahbarliklarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, davlatimiz taraqqiyoti, xalqimiz turmush farovonligi, dasturxonimiz toʻkin-sochinligi koʻp jihatdan agrar tarmoq istiqboliga bogʻliq. Shuning uchun qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirish jarayonida sohada bozor munosabatlarini joriy qilish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Bu esa oʻzining yuksak samaralarini bermoqda.
Yer fondlarini taqsimlash va davlat hisobidan oʻtkazish, davlatlarda yer kategoriyalari hamda yer bonitetlariga qarab amalga oshiriladi. Yer kategoriyalari bu yer fondining bir qismi boʻlib, ular maqsadli ravishda huquqiy rejim asosida taqsimlangan. Qonun hujjatlari asosida yer kategoriyalari quyidagilarga boʻlinadi (1.-jadval):
1.1.-jadval ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekiston Respublikasida yer fondining toifalari boʻyicha taqsimlanganda jami yer fondiga nisbatan ham sugʻoriladigan yer resurslariga ham qishloq xoʻjalik yerlari koʻp qismini tashkil etmoqda. Bu albatta mamlakatimizning agrar sohaga ixtisoslashganligini bildiradi.