Asosiy ekinlar boʻyicha yerlar unumdorligidan foydalanish
koʻrsatkichlar
Mintaqalar
|
Qishloq xoʻjalik ekinlarining oʻrtacha hosildorligis/ga his.
|
Umumiy oʻrtacha egallagan oʻrni
|
Bonitet
|
farqi +,-
|
Paxta
|
Gʻalla
|
Jumladan bugʻdoy
|
ball
|
oʻrni
|
hosildorlik
|
oʻrni
|
hosildorlik
|
oʻrni
|
Hosildorlik
|
Oʻrni
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
|
15,38
|
13
|
24,44
|
12
|
28
|
12
|
12,3
|
41
|
13
|
+1
|
Andijon
|
30,16
|
1
|
62,28
|
1
|
62,44
|
1
|
1,0
|
57
|
3
|
+2
|
Buxoro
|
29,90
|
2
|
51,66
|
2
|
51,64
|
0
|
2,0
|
50
|
12
|
+10
|
Jizzax
|
15,96
|
12
|
21,94
|
13
|
23,8
|
13
|
12,6
|
51
|
11
|
-2
|
Qashqadaryo
|
22,02
|
9
|
30,5
|
11
|
32,94
|
10
|
10,0
|
51
|
10
|
0
|
Navoiy
|
26,86
|
5
|
42,48
|
6
|
42,72
|
7
|
6,0
|
53
|
7
|
+1
|
Namangan
|
26,80
|
6
|
46,5
|
4
|
47,12
|
4
|
4,6
|
59
|
1
|
-3
|
Samarqand
|
22,28
|
8
|
32,64
|
9
|
41,86
|
6
|
7,6
|
57
|
4
|
-3
|
Surxondaryo
|
27,88
|
4
|
43,18
|
5
|
44,24
|
5
|
4,6
|
56
|
6
|
+1
|
Sirdaryo
|
16,14
|
11
|
31,32
|
10
|
31,36
|
11
|
10,6
|
51,5
|
9
|
-2
|
Toshkent
|
24,22
|
7
|
36,92
|
8
|
37,28
|
9
|
8,0
|
59
|
2
|
-6
|
Fargʻona
|
28,12
|
3
|
49,36
|
3
|
49,76
|
3
|
3,0
|
56
|
5
|
-2
|
Xorazm
|
21,0
|
10
|
40,62
|
7
|
41,62
|
8
|
8,3
|
53
|
8
|
+1
|
Respublika boʻyicha
|
23,64
|
|
37,44
|
|
39,32
|
|
|
55
|
|
|
Yerlardan foydalanish samaradorligini ifodalashda asosiy qishloq xoʻjalik ekinlari koʻp yillik oʻrtacha hosildorligi va yerlar unumdorligi oʻrtasidagi farq koʻrsatkichidan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi (1–jadval).
Buxoro viloyati sugʻoriladigan yerlari oʻrtacha 50 ball bonitetda respublika viloyatlari ichida 12 – oʻrinda tursada, paxta va gʻalla hosildorligi koʻrsatkichi boʻyicha respublikada 2 – oʻrinni egallaydi. Surxondaryo, Namangan, Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlari sugʻoriladigan yerlari. bonitet ballari Buxoro viloyati yerlaridan yuqori boʻlishiga qaramasdan, bu viloyatlarda paxta va gʻalla hosildorligi ushbu viloyat koʻrsatkichidan past. Buxoro viloyati yerlari unumdorligidan foydalanishni tashkil etadi va bu oʻz imkoniyatidan 10 oʻrin yuqoriligini ifodalaydi. Tahlil viloyatda yerlarga sarflangan mehnat va xarajatlar qaytimi boshqa mintaqalarga nisbatan yuqoriligini koʻrsatmoqda. Yerlardan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni yirik uch – ijtimoiy – iqtisodiy, tabiiy – ekologik va tashkiliy – texnik guruhlarga ajratish mumkin (1-rasm).
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida hal etuvchi oʻrinni ijtimoiy – iqtisodiy omillar egallaydi. Bunda yer tabiiy hosila ekanligi
bois, tabiiy – ekologik guruh omillari ham katta ahamiyatga ega boʻladi, biroq, iqtisodiy adabiyotlarda bu omillarga yetarli e’tibor berilmagan.
Respublika yer fondida soʻnggi 20 yilda qishloq xoʻjalik ekin yerlari 103,4 ming gektarga, jumladan, sugʻoriladigani 91,4 ming gektarga kamaydi. Iqtisodiy qimmatli boʻlgan pichanzor va yaylovlar maydonlari 2698,4 ming gektarga qisqardi. Umuman qishloq xoʻjalik yer turlari jami 2736,6 ming ga yoki 9,7 foizga, jumladan sugʻoriladiganlari 99,4 ming ga yoki 2,6 foizga kamaygan.
4. Fermer xoʻjaliklarida yer salohiyatidan samarali foydalanish.
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yer salohiyati xalqimiz hayot darajasini yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega boʻlib, ulardan samarali foydalanish orqali ichki va xorij bozorlariga raqobatbardosh tay yor, yarim tayyor yoki xomashyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chiqarish va agrar sohaning eksport salohiyatini oshirish imkoniyatlari yuzaga keladi. 1990 yillardan boshlab qishloq xoʻjaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi - qishloq xoʻjaligida yerga boʻlgan xoʻjasizlik holatiga barham berish, yerga egalik va undan samarali foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish asosiy maqsad qilib belgilab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasibirinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: Mamlakatimiz aholisi asosiy qismining daromadi va farovonligi yerdan samarali foydalana olishimizga. Uning hosildorligini qay darajada saqlab turishimizga bogʻliq ekanini, bu muammo naqadar muhim ekanini tushunishimiz qiyin emas. Oʻtgan davr ichida me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mavjud sugʻoriladigan yer fondining tabiiy unumdorligi aniqlandi. Natijada barcha yer egalari oʻz tasarrufidagi yerlarning tabiiy unumdorlik holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarni tuproqning holatiga qarab xududiy joylashtirish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Respublika qishloq xoʻjaligida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish. Almashlab ekish tizimini amaliyotga joriy qilish faqat tuproq unumdorligini oshirish bilan bir vaqtda yerlarni begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalardan tozalash, suv sarfini kamaytirish kabi muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Almashlab ekish tizimida ozuqa ekinlar maydonini kamida 20-22 foizga yetkazish, ozuqa ekinlari maydonini koʻpaytirish esa nafaqat yerlarning tuproq unumdorligini yaxshilashga, balki qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish va chorvachilik sohasini rivojlanishi, aholini yangi ish oʻrinlari va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlanishini yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Oʻtgan yillar ichida sugʻoriladigan yerlar shoʻrlanish darajasini ortib borishi sugʻorish va yerlarning shoʻrini yuvish talablariga rioya qilmaslik, xoʻjaliklararo ichki zovurlar, nasoslar va yopiq-yotiq drenajlarning kata qismini ta’mirga muhtojligi, zax tortish quduqlarining yaxshi ishlamasligi sababli sizot suvlari sathining koʻtarilishi bilan izohlanadi. Shuning uchun respublikada mavjud sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha davlat byudjeti, jahonning yetakchi moliyaviy tashkilotlarining kreditlari va boshqa grant mablagʻlari evaziga respublikada qishloq xoʻjaligi irrigasiya-meliorasiya ishlarini rivojlantirish Dasturi ishlab chiqilishi lozim.
Respublikamizda sugʻoriladigan yerlarning katta qismida paxta va boshoqli don ekinlaridan past hosil olinayotganligi hisobga olinib, respublika xududlarining tabiiy iqlim, tuproq va suv sharoitlaridan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjalik ekinlarini joylashtirish masalalarini qayta koʻrib chiqish, bunda tuproq unumdorligi(ball boniteti) 40 balldan past boʻlgan yerlarda paxta va boshoqli don ekinlari oʻrniga imkoniyat darajasida urugʻlik beda, kungaboqar,oq joʻxori,yongʻoq va solodka (shirinmiya) ekinlarini ekish maqsadga muvofiq.
Respublikada yerlarning unumdorligi pasayib borishiga asosiy sabablardan biri – yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va ijarachilarning tuproq unumdorligini pasaytirganliklari uchun ma’muriy va iqtisodiy javobgarlik mas’uliyati va aksincha, tuproq unumdorligini oshirganliklari uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini amalda joriy qilinmayotganligi ham hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda yer egalari tuproq unumdorligini pasaytirganliklari uchun iqtisodiy va ma’muriy javobgarlikka tortiladilar va aksincha, tuproq unumdorligini oshirganliklari uchun iqtisodiy ragʻbatlantirilib soliq va boshqa sohalarda imtiyozlarga ega boʻladilar. Respublikamizda ham amalda “Yer kodeksi”da tuproq unumdorligini pasaytirgan fermer xoʻjaliklari rahbarlaridan yer uchastkalarini olib qoʻyish, jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi 36 moddasida koʻzda tutilgan.
Yer kodeksining 11 bob 82 moddasida esa yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning iqtisodiy ragʻbatlantirish yoʻnalishlari keltirilib, ushbu yoʻnalishlarni amalga oshirish tartibi umumiy tarzda - qonun hujjatlari bilan belgilanadideb bayon etilgan boʻlsa, kodeksning 1 bobida respublika, viloyat va tuman davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlarida yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha tadbirlar qaysi tashkilot va qanday amalga oshirish tartibi koʻzda tutilmagan.bizning fikrimizcha, tumanlar xududida yerlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish vakolati mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilganligi sababli.
Kodeksning 6 bob 6 moddasi “Tumanlar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari”ga qoʻshimcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarni yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy ragʻbattlantirish maqsadida Kodeksning 82 moddasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish mazmunida alohida band kiritish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |