1.-jadval
Oʻzbekiston yer fondining toifalar boʻyicha taqsimlanishi
№
|
Yer fondining toifalari
|
Jami maydon
|
Shundan sugʻoriladigani
|
ming, ga
|
jami yerga nisbatan foizi
|
ming, ga
|
jami yerga nisbatan foizi
|
1
|
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar
|
22264,6
|
50,13
|
4213,8
|
9,49
|
2
|
Aholi punktlarining yerlari
|
235,4
|
0,53
|
49,7
|
0,11
|
3
|
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
|
1968
|
4,43
|
11,7
|
0,03
|
4
|
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
|
75,5
|
0,17
|
0,6
|
0,001
|
5
|
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
|
0,4
|
0,001
|
0
|
0
|
6
|
Oʻrmon fondi yerlari
|
8661,2
|
19,5
|
29,4
|
0,07
|
7
|
Suv fondi yerlari
|
815,8
|
1,84
|
4,5
|
0,01
|
8
|
Zahira yerlar
|
10389,4
|
23,4
|
1,9
|
0,004
|
|
Jami yerlar:
|
44410,3
|
100
|
4311,6
|
9,71
|
Darhaqiqat, buni yurtimizda dunyoning taraqqiy etgan davlatlari tajribasida oʻzini har tomonlama oqlagan fermerlik harakati joriy qilingani misolida yaqqol koʻrish mumkin. Negaki, mulkchilikning ushbu yangi shakli oʻtgan qisqa davr ichida nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi, balki agrar sohani va u bilanbogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlarni rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, XXI asrda jahonda yuz berayotgan global iqlim - oʻzgarishlari, yerlarning yaroqsiz holatga kelishi, biologik xilmaxilli kning kamayib borishi nafaqat iqtisodiyot tarmoqlari rivoji, balki insoniyatning farovon -kelajagiga ham jiddiy xavf solmoqda.
Soʻnggi bir necha oʻn yilliklarda koʻpgina mamlakatlar choʻllanish va yerlarning degradasiyaga uchrashi muammolarini boshidan kechirayotgani, oqibatda dunyo boʻyicha qariyb 2 milliard gektar yer maydoni yaroqsiz ahvolga kelgani masalaning nechogʻli dolzarb ekanligini koʻrsatib turibdi.
Ana shunday murakkab vaziyatda yurtimizda yer resurslarini asrash, undan samarali foydalanish borasida keng koʻlamli islohotlar olib borilayotgani diqqatga sazovordir. Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishlari, choʻllanishga qarshi kurashish, biologik xilmaxillikni saqlash, butunjahon madaniy merosni muhofaza qilishga doir konvensiyalar hamda boshqa ekologik yoʻnalishdagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilganki, bu mamlakatimizda mazkur yoʻnalishda salmoqli ishlar olib borilayotganidan dalolat beradi.
Aslida, respublikamizda yerdan oqilona foydalanishgahali sobiq ittifoq mavjud boʻlgan davrdayoq e’tibor qaratila boshlangan edi. Ya’ni 1989 yilda qishloq aholisining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarini hamda yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirishga doir qabul qilingan Farmon asosida 400 ming gektar sugʻoriladigan yer uchastkasi 2,5 milliondan ortiq oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu esa sohadagi islohotlarning tamal toshi boʻldi, aholining ruhini koʻtarib, kelajakka umid va ishonchini uygʻotdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ekinzorlarning umumiy maydoni 4 million gektardan ortiq. Shundan sugʻoriladigan yerlar 3 million 285 ming gektarni tashkil etadi. Buni, ta’bir joiz boʻlsa, yurtimizning oltin fondiga qiyoslash mumkin. Negaki, iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlash, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, sanoat tarmoqlarini muhim xom ashyolar bilan kafolatli ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish bevosita yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlashga bogʻliq.
Bu haqda fikr yuritganda, respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtish oʻrinli: “Shu narsa barchamizga yaxshi ma’lum boʻlishi kerakki, bizdagi oʻta ogʻir suv taqchilligi sharoitida Oʻzbekiston yerlarining faqatgina 10 foizidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadlarida foydalanish mumkin. Mamlakatimiz aholisi asosiy qismining daromadi va farovonligi mana shu yerdan samarali foydalana olishimizga, uning hosildorligini qay darajada saqlab turishimizga bogʻliq ekanini anglagan holda bu muammo naqadar muhim ekanini tushunishimiz qiyin emas”.
Darhaqiqat, istiqlolning dastlabki yillarida sohaning huquqiy asosi yaratilib, uning rivojiga yanada jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” hamda “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va hukumatning bir qator qarorlari qabul qilindi.
Yerdan foydalanish, geodeziya hamda kartografiya sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yer munosabatlarini tartibga solish, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 15 oktyabrdagi Farmoniga asosan, Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi tugatilib, ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tashkil qilindi.
Yerdan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, yer resurslarini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish, ushbu yoʻnalishda dasturlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish uning asosiy vazifalari qilib belgilandi. Shundan kelib chiqib, tizimda hayotga tatbiq etilayotgan izchil chora-tadbirlar tufayli muayyan yutuqlar qoʻlga kiritildi. Eng avvalo, har bir qarich yerning hisob-kitobini yuritish imkonini beradigan elektron xaritalar yaratildi. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.
Hozirgi paytda ushbu elektron xaritalar qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, monitoring qilish ishlarini olib borishda keng qoʻllanilmoqda. Bu, oʻz navbatida, yerlardan foydalanishda uchrayotgan salbiy holatlarni tezkorlik bilan aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida choralar qabul qilish imkonini berayapti.
Aytish joizki, soha mutaxassislari tomonidan yerga oid qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning izchil ijrosini ta’minlash, ularning mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirish boʻyicha joylarda targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish an’anaga aylandi. Natijada aholining yer resurslariga boʻlgan munosabati tubdan oʻzgardi. Eng muhimi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida yerdan samarali foydalanish, ularni muhofaza qilishga boʻlgan mas’uliyati yanada oshdi.
Albatta, bugungi ijobiy natijalarga osonlikcha erishilgani yoʻq. Sababi, mustabid tuzum davrida ekin maydonlarimizning 90 foizida gʻoʻza parvarishlanib, almashlab ekish degan qoidaga mutlaqo amal qilinmagan. Faqat bitta maqsadda beshavqat foydalanilgani oqibatida tuproq kuchsizlanib, ona-zaminning “tinkasi qurib” boravergan. Eng achinarlisi, qishloq xoʻjaligiga bunday nomaqbul yondashuv tufayli unumdor yerlar va ajoyib tabiiy-iqlim sharoitiga ega boʻlgan Oʻzbekistonda aholi goʻsht hamda sut mahsulotlari, gʻalla va hatto meva-sabzavot, kartoshka bilan toʻliq -ta’minlanmagan.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish tubdan isloh qilinib, ma’muriy hamda rejali-taqsimot tizimidan voz kechildi va bozor munosabatlariga oʻtish yoʻlidan borildi. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida dehqon va fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer uchastkalari 10 yilga ijaraga berilar edi. Qishloq xoʻjaligida izchillik bilan olib borilgan keng qamrovli islohotlar xoʻjalik yuritish, fermer hamda dehqon xoʻjaliklarini boshqarish tizimining yangicha bosqichini taqozo etardi. 1998 yilda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bu borada muhim omil boʻldi. Unga koʻra, fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari uzoq muddatga, ya’ni 50 yilgacha, biroq 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berilishi belgilandi.
Bugungi kunda fermerlik harakati xaqli ravishda sohaning yetakchi boʻgʻiniga aylanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi asosiy kuch maqomini oldi. Natijada fermer xoʻjaliklarining toʻliq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi ta’minlandi. Shubhasiz, bu uzoq muddatga ijaraga berilgan yer resurslaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanishni ragʻbatlantirish boʻyicha yaratilgan huquqiy shart-sharoit va kafolatlar sharofatidir.
Mamlakatimizdagi jami haydaladigan yerlarning90 foizidan ortigʻi, yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy qismi fermerlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, kun sayin mustahkamlanib, hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik harakati Oʻzbekistonda oʻzini toʻla oqladi hamda bunga hyech qanday shubha boʻlishi mumkin emas.
Eng asosiysi, ishga, yerga boʻlgan munosabatning oʻzgarishi, dehqonlarning moddiy manfaatdorligi ortishi, fermer xoʻjaliklariga davlat tomonidan zarur imtiyoz va preferensiyalar berilishi tufayli ekin maydonlari chinakam saxovat manbaiga aylandi. Buni keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi ekin yerlarining ball boniteti oshayotganligi misolida ham koʻrish mumkin.
Gap shundaki, qisqa davr ichida sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining oʻrtacha ball boniteti Namangan, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida shirkat xoʻjaliklari davridagi koʻrsatkichga nisbatan 1- Qashqadaryo viloyatida 1,5- Samarqand viloyatida 2,3- Sirdaryo viloyatida esa 2,5- ballgaoshdi.
E’tiborlisi, bugungi kunda har bir fermer oʻzi foydalanayotgan yer maydonida tuproqlarning xossa-xususiyatlari va tabiiy unumdorlik darajasi toʻgʻrisidagi muhim kadastr ma’lumotlariga ega. Shu ma’lumotlar asosida qishloq xoʻjaligi ekinlari ilmiy asoslangan holda joylashtirilmoqda. Natijada mahsulot yetishtirish hajmi yil sayin koʻpayib, aholining muhim oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilayapti. Ayni chogʻda koʻp miqdorda bogʻ hamda dala ne’matlari eksport qilinib, sohada samaradorlik oshib bormoqda.
Yurtimizda tuproq unumdorligini pasaytiruvchi omillarni aniqlash, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy yilda ham izchil davom ettirilmoqda. Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ushbu masalaga alohida toʻxtalib, qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish 2016 yil hamda yaqin istiqbolga moʻljallangan iqtisodiy dasturimizning prinsipial muhim yoʻnalishi ekanligini alohida ta’kidladi. Zero, hamma vaqt tiriklik manbai boʻlib kelgan yerdan oqilona foydalanish qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishning zaruriy sharti, farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan gʻallaning 80 foizdan ortigʻi, pillaning salkam 98 foizi, paxtaning 99,5 foizi fermer xoʻjaliklarining ulushiga toʻgʻri kelayotgani, qishloq aholisining 50 foizgayaqini shu jabhada mehnat qilayotgani buning yaqqol dalilidir. Bunday yutuqqa erishishda Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning - Fermer boy boʻlsa - mamlakat obod boʻladi degan purma’no soʻzlaridan kelib chiqib, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini mustahkamlash, sohaning huquqiy asos va kafolatlarini yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yer maydonlarini maqbullashtirish borasida amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar muhim omil boʻldi, albatta.
Natijada odamlarning yerga, mulkka egalik hissi oshib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi koʻtarilishi barobarida, yetishtirilgan mahsulotlarning sifat koʻrsatkichlari tubdan yaxshilanmoqda.Tashkil etilgan mamlakatimiz fermer xoʻjaliklari mahsulotlarining yetishtirilishi bilan yaqindan tanishgan kishi ular faqatgina dehqonchilik bilan cheklanib qolmay, balki boshqa tarmoqlar rivojiga munosib hissa qoʻshayotganiga yana bir karra ishonch hosil qiladi. Chunki unda meva, sabzavot- poliz mahsulotlaridan tashqari, dala ne’matlaridan tayyorlangan eksportbop mahsulotlar, goʻsht va kolbasa, sut va sut mahsulotlari, non va non mahsulotlari, shuningdek, yengil sanoat hamda boshqa xalq iste’moli mollari oʻrin olgan. Ular sifatining yuqoriligi, qadoqlanishi bejirimligi va bozor talablariga mosligi bilan ajralib turibdi.
Fermer xoʻjaliklarda yetishtirilayotgan goʻsht va sut shu yerning oʻzida qayta ishlanib, aholi dasturxonigaturli tayyor mahsulotlar sifatida yetkazib berilmoqda. Ularga xalqaro tashkilotlar tomonidan muvofiqlik sertifikatlari berilgani esa jahon bozoriga chiqish uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Biroq shuni ham tan olish kerakki, bular hali fermer xoʻjaligini yuritish, uning samaradorligini oshirishga doir barcha sir-asrorlarni chuqur oʻzlashtirdik, deyishimizga asos bermaydi. Gap shundaki, yer yuzida aholi sonining oʻsib borayotganligi natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talab tobora ortmoqda. Shu bois dunyo bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin koʻtarilishi kuzatilayapti. Bu, oʻz navbatida, qishloq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish orqali mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, iqtisodiyotni modernizasiyalashni taqozo qilmoqda.
Shu ma’noda, iqtisodiyotni modernizasiyalash va erkinlashtirishningyangi bosqichida fermerlik harakatini yanada qoʻllab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, fermerlarga yangi imtiyozlar vapreferensiyalar berish, qishloqda shakllanayotgan yangi mulkdorlar sinfining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.2012 yil 22 oktyabrda imzolangan “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish” chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni bu jarayonda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. Negaki, ushbu hujjat asosida hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar sohani yanada yuqori bosqichga koʻtarib, uning rivojida sifat jihatidan yangi sahifa ochmoqda.
Unga muvofiq, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyati tugatilib, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlari tuzilmoqda. Anjumanda tajribali fermerlar tomonidan mustaqillik yillarida qishloq xoʻjaligi, shu jumladan, fermerlik harakatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari qayd etilib, hozir amalda boʻlgan fermerlik harakatini tashkil qilish va boshqarish tizimi, xususan, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi hamda bu uyushmaning hududiy tuzilmalari faoliyati soha ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayonlariga, fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan yechishga sust ta’sir oʻtkazayotgani e’tirof etildi.
Shu bois Oʻzbekiston Fermerlari kengashini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermerlar kengashlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi tashabbus koʻtarinki kayfiyatda qoʻllab-quvvatlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun fermerlik harakati sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qoʻymoqda,chunki yangi tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Fermerlari kengashi bugungi zamon talablariga toʻla mos boʻlib, u fermer xoʻjaliklarining eng yaqin koʻmakchisi, qonuniy manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylanadi. Bu sohaning samaradorligi oshib, rentabelligi koʻtarilishiga xizmat qiladi, albatta.
Sirasini aytganda, davlatimiz rahbarining yaqinda qabul qilinayotgan Farmonlarii asosida huquq va manfaatlarimiz yanada kuchliroq kafolatlanmoqda. Misol uchun, unda qayd etilganidek, agar biror-bir fermer xoʻjaligi oʻz faoliyatida tomchilatib sugʻorishni joriy qilsa, uning loyihasi imtiyozli shartlar asosida kreditlanishi va ushbu usul yoʻlga qoʻyilgan yer maydoni uchun ma’lum muddatga yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinishi fermer uchun katta imkoniyatdir. Fermerlarning manfaati shu darajada himoya qilinayotgan ekan, biz ham mamlakatimizning iqtisodiy ravnaqi yoʻlida sidqidildan mehnat qilishimiz shart.
Yangi tuzilma oldiga fermer xoʻjaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, ularning mulkiy munosabatlarini ishonchli himoyalash, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, sohaga samarali zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, konsalting markazlari tarmogʻi, shuningdek, kooperasiyasining turli shakllarini tashkil qilish vakengaytirishga koʻmaklashish kabi koʻplab vazifalar qoʻyilgan. Ularning izchil ijrosi fermer xoʻjaliklariga yer-suv resurslari va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanish uchun qulay sharoit yaratib, pirovardida qishloqni jadal rivojlantirish hamda obodonlashtirishda, aholi bandligiva farovonligini ta’minlashda ularning rolini kuchaytirishga koʻmaklashishi, shubhasiz.
Qisqacha aytganda, Oʻzbekistonda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga koʻtarish, qudratli ijtimoiy kuchga aylantirish yoʻlida navbatdagi muhim qadam qoʻyilmoqda. Zotan, mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni ado etish, qishloq xoʻjaligisohasini zamon talablari asosida rivojlantirish borasidagi eng muhim masalalarni hal qilish, avvalo, fermer xoʻjaliklarining samaradorligini oshirish bilan bevosita bogʻliqdir.
Xulosa oʻrnida aytganda, Oʻzbekiston Fermerlar kengashining tashkil etilishi, bu - zamon talabi, hayot taqozosi. Zamon bilan hamnafas qadam tashlash, uning talablari asosida ish yuritish esa muvaffaqiyatlar garovidir. Demak, yangi boshqarish tizimining faoliyati fermer xoʻjaliklarini yanada takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, yer-suv resurslaridan hamda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishda, qishloqni jadal rivojlantirishda, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda aynan fermerlar rolini kuchaytirishning navbatdagi bosqichi ravnaqiga xizmat qiladi.
Mustaqil xoʻjalik yuritish subʼyekti sifatida hozirgi davrda fermer xoʻjaligi mulkchilikning boshqa shakllaridagi xoʻjaliklar bilan teng huquqlarga ega ishlab chiqarish birligi hisoblanadi. Fermer xoʻjaligining jamoa, shirkat yoki hissadorlik kabi yirik xoʻjaliklardan asosiy farqi va ustunlik tomoni esa fermerning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita birikuvida, ya’ni mulk va mehnat natijalarini tasarruf etish boʻyicha masalalarni mustaqil hal etishdadir. Fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligida xoʻjalik yuritish shakllaridan biri sifatida oʻziga xos ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarga ega (1.2-jadval).
Fermer xoʻjaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama koʻpaytirishdan iborat.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |