227
Etakchi tashkilotning qarorisiz masalani muhokama bosqichiga
olib chiqishi mumkin
emas. SHuning uchun masalani keyingi bosqichga olib chiqishdan avval etakchi avvalgi
bosqichda barcha vazifalar bajarilganiga ishonch hosil qilishi lozim.
Surishtiruvning barcha bosqichlarini yopiq rejimda o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu esa,
surishtiruv doirasidagi barcha masalalar,
tahlillar, tortishuvlar va boshqa materiallar faqatgina
surishtiruv ishtirokchilariga ma’lum qilinishini anglatadi. Bundaycheklash oxirigacha
tekshirilmagan axborot va materiallartarqab ketishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Biroq, surishtiruv jarayonida shunday vaziyat
ham vujudga kelishi mumkinki, unda surishtiruv
olib borilayotganiga jamoatchilikning e’tiborini tortish zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda
surishtiruvga yangi odamlar, yangi ekspertlar va jurnalistlarni jalb qilishga to‘g‘ri keladi.
Surishtiruvning yakunlari bo‘yicha tayyorlangan hujjat jamoatchilik
muhokamasiga olib
chiqiladi. Muhokama jarayonida bildirilgan taklif, mulohaza va e’tirozlar yakunlovchi hujjatda
aks ettiriladi. YAkunlovchi hujjat ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullangandan keyin, u
jamoatchilikka etkazilishi, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: