O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169
Fuqarolik jamiyati

9.
 
Ijtimoiy sheriklik-etuklik mezoni 
Respublikamiz Birinchi Prezidentiz Islom Karimov o‘zining 2010 yil 12 noyabrida Oliy 
Majlis Senati va Qonunchilik Palatasining qo‘shma majlisida bayon qilgan “Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
Konsepsiyasi”da davlat hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy 
sheriklik munosabatlarini o‘rnatish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Bu ko‘rsatma mazmun e’tibori 
bilan juda dolzarb va sermazmundir.
Ijtimoiy sheriklik g‘oyasi ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk 
ixtirolardan biridir. Insoniyat ijtimoiy sheriklikning zururligini anglab etishi uchun ko‘p asrlar 
kerak bo‘ldi. Bu jarayonda uzoq davom etgan konfrontatsiyani, murosasiz kurashlarni, keskin 
ijtimoiy nizolarni boshdan kechirishga to‘g‘ri keldi. 
“Ijtimoiy sheriklik” tushunchasi ijtimoiy fanlarga kirib kelganiga ko‘p vaqt bo‘lgani 
yo‘q. Bu tushuncha dastavval mehnat munosabatlari doirasida va ularni tartibga solish 
maqsadida yaratildi. Kapital bilan mehnat, ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar o‘rtasidagi 
munosabatlar asrlar davomida rivojlanib kelayotgan bo‘lsa ham, ularni tartibga soladigan 
ijtimoiy sheriklikning zarurligi va mumkinligini XIX asrning oxirlari- XX asr boshlariga 
kelibgina anglay boshlandi. Bu davrgacha ijtimoiy mehnat jarayonlaridagi ziddiyatlar goh 
pasayib, goh kuchayib davom etaverdi. Bu ziddiyatlar ijtimoiy munosabatlarning negizini tashkil 
etuvchi munosabatlar, ya’ni ish beruvchilar bilan yollanma ishchilar manfaatlarining mos 
kelmasligi natijasida vujudga kelgan edi.
Ijtimoiy sheriklik ijtimoiy va siyosiy sohada insoniyat kashf qilgan eng buyuk ixtiro sifatida XX 
asrda maydonga keldi. Ungacha ham odamlar orasida sheriklik munosabatlari mavjud bo‘lgan. 
Bunday munosabatlar minglab yillardan buyon davom etib keladi. SHeriklikning kurtaklari hatto 
yuqori darajada rivojlangan hayvonlar, masalan bo‘rilar, arslonlar, sirtlonlar va Afrikadagi 
sirtlonsimon itlar galalarida ham ko‘zga tashlanadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun bu 
hayvonlarning har biri ov jarayonida o‘zlarining hatti –harakatini sheriklarining hatti-harakatlari 
bilan moslashtirib amalga oshiradi. Bu sheriklikning kurtaklari va ibtidoiy ko‘rinishlari edi. 


228 
Ijtimoiy sheriklikning XX asrgacha jamiyatda mavjud bo‘lgan sheriklikdan asosiy farqi 
shundaki, avvallari sheriklik alohida shaxslar, nari borsa, kichik guruhlar o‘rtasidagi sheriklikdan 
iborat edi. Masalan, bir jamoada mehnat qilayotganlar, bir kasb egalari, qo‘ni-qo‘shnilar, 
qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlar biror yumushni bajarishda bir-birlari bilan sheriklik qilar edi. 
SHeriklikning bu ko‘rinishi hozir ham davom etib kelmoqda.
Ijtimoiy sheriklik sheriklikning rivojlanishidagi yangi yuksak bosqichni ifodalaydi. 
Ijtimoiy sheriklik alohida shaxslar yoki kichik guruhlar emas, katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi 
sheriklikni bildiradi.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin