O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   169
Fuqarolik jamiyati

12.
 
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining 
rivojlantirilishi 
Insoniyat tarixida buyuk rol o‘ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi Mustaqil 
O‘zbekistonda hayotga keng tadbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tadbiq etildi, balki uning 
nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Prezident Islom Karimov 
tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa 
fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” 
shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli 
jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida 
“fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. SHuning uchun mustaqillikning 
dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda 
“Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli 
bo‘lmay qolardi. 


238 
Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan shunday 
deyiladi: “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga 
oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning 
rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, 
gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va 
erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari 
bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor.”
262
Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Prezident Islom Karimovning qator asarlari, 
nutq va maqolalari, xususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo‘lsa, 
amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Prezident rahbarligida amalga oshirish 
jarayonida yuz berdi. Prezident Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy 
sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan.
Tarixga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasida doimo 
ziddiyatlar mavjud bo‘lgani, bu ziddiyatlar ko‘plab marta qon to‘kilishlarni keltirib chiqargani, 
isyonlar hukmron sinflar tomonidan ayovsiz bostirilganidan guvohlik beradi. Tarixda hukmron 
sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham kuzatilgan. Lekin bu yon bosishlar epizodik 
xarakterga ega bo‘lib taktik maqsadlarda vaqtdan yutish yoki ilojsizlik tufayli yuz bergan.
Tarixda sinflarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishga chaqiriqlar ham bo‘lgan, lekin ana 
shunday uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan mafkuralar bo‘lmagan. Ijtimoiy sheriklik sinfiy 
ziddiyatlarni yumshatish, manfaatlarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan mafkura edi. Bu 
mafkuraning kelib chiqishiga asosiy sabab mehnat sohasidagi munosabatlar edi va bu mafkura 
birinchi navbatda mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida yaratildi. Keyinchalik bu 
mafkura rivojlandi va boyitildi. Mustaqil O‘zbekiston misolida ijtimoiy sheriklik nafaqat mehnat 
munosabatlarini, balki jamiyatdagi mavjud munosabatlarning katta qismini tartibga solish 
vazifasini bajara boshladi.
Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida mehnat munosabatlariga urg‘u berilmaganining 
sababi hozirgi kunda mehnat munosabatlaridagi antagonistik ziddiyat ko‘pchilik mamlakatlarda, 
jumladan, O‘zbekistonda ham bartaraf etilganida. Bundan tashqari, mehnat munosabatlarini 
tartibga solishga yo‘naltirilgan qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar dunyoning ko‘pchilik 
mamlakatlarida mavjud. Bunday hujjatlar orasida markaziy o‘rinni “Mehnat kodeksi” egallaydi. 
O‘zbekistonda bunday Kodeks 1995 yilda qabul qilingan edi. “Mehnat Kodeksi”dan tashqari 
yana ko‘plab huquqiy-me’yoriy hujjatlarda mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari 
ko‘rib chiqilgan. Bundan chiqadigan xulosa shundaki, asosan tartibga solingan mehnat 
munosabatlarini yana bir marta tartibga soladigan hujjat yoki institut yaratishga zarurat yo‘q. 
Ijtimoiy sheriklik endi jamiyat oldida turgan boshqa muammolarni hal qilishga yo‘naltirilishi 
lozim. Islom Karimov Konsepsiyasida ana shu muammolar ko‘rsatib berilgan. 
262
Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш 
концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 
Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси. Т.2010, 41-бет 


239 
Prezident Konsepsiyasida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish zarurati 
haqida gapirilar ekan, asosiy e’tibor fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratiladi. Fuqarolik 
jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan falsafa, sotsiologiya, 
siyosatshunoslik va boshqa fanlarga oid adabiyotlarda asosiy e’tibor fuqarolik jamiyati 
institutlarining mohiyati, miqdori, funksiyalari kabi masalalarga qaratilgan. Bunday institutlar 
fuqarolik jamiyatining negizini tashkil qiladi. Biroq negizning o‘zi fuqarolik jamiyati, degani 
emas. Bunday institutlarning soni o‘n minglab va yuz minglab bo‘lsa ham fuqarolik jamiyati 
qurilib qolmaydi. Fuqarolik jamiyati vujudga kelishi uchun ana shu institutlar, davlat hokimiyati 
organlari va biznes vakillari o‘rtasida sheriklik munosabatlari bo‘lishi shart. SHu ma’noda aytish 
mumkinki, ijtimoiy sheriklik fuqarolik jamiyatiga olib boradigan asosiy yo‘ldir.
Prezident Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklikning hozirgi kundagi asosiy funksiyasi 
ko‘rsatib berildi. Prezidentning ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida”gi Qonunida o‘zining to‘la ifodasini topdi.
Ijtimoiy sheriklik nazariyasiga Prezident Islom Karimov Konsepsiyasida aniqlik va 
yangiliklar kiritilishi bilan bir qatorda amaliy sohada ham mazkur nazariya rivojlantirildi. 
Bunday rivojlantirish ijtimoiy sheriklik sub’ektlari doirasini kengaytirish va ularning o‘zaro 
munosabatlarini rivojlantirish shaklida amalga oshirildi. Xolislik taqozosiga ko‘ra qayd etish 
lozimki, XX asr oxiri va XXI asr boshlarida ijtimoiy sheriklikka nisbatan “sektorlaro o‘zaro 
ta’sir” nazariyasi ham vujudga keldi. Bu nazariya tarafdorlari ijtimoiy sheriklikni mehnat 
munosabatlari doirasidan tashqariga olib chiqishdi. Unga ko‘ra ijtimoiy sheriklik sub’ektlari 
bo‘lgan davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes vakillari ijtimoiy masalalarni hal qilishda 
hamkorlik qilishlari lozim. Mazkur nazariya tarafdorlari har uch sektor vakillarining ijtimoiy 
masalalarni hal qilishda o‘zaro tortishuv va munozaralar jarayonida konsensusga kelib faoliyat 
yuritishlarini 
nazarda 
tutadi. 
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘zaro 
munosabatlarining yangicha shakli vujudga keldi. Bu shakl tomonlarning o‘zaro raqobatiga 
emas, o‘zaro yordam va hamkorligiga asoslanadi. Tomonlarning mana shunday munosabati 
ijtimoiy sheriklikning sinergiya effektini vujudga keltirishiga olib keldi. 
Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq qilingan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar o‘zbek modelining asosiy tamoyillaridan biri-davlatning bosh islohotchi 
ekani ijtimoiy sheriklik sohasida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sho‘rolar tuzumi davrida ijtimoiy tashabbuslari 
bo‘g‘ilgan va shunday vaziyatga ko‘nikib qolgan aholining tafakkur tarzini o‘zgartirish zarur edi. 
Mustabid tuzum davrida odamlar ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilim olish va ko‘nikmalar hosil 
qilish imkoniga ega emas edilar. CHunki u davrlarda ijtimoiy fanlar bo‘yicha chop etilgan 
adabiyotlarda bu mavzu umuman tilga olinmas, olingan paytlarda esa faqat tanqidiy nuqtai 
nazardan yoritilar edi. 
SHo‘rolar davri ijtimoiy-gumanitar fanlarida ijtimoiy sheriklik g‘ayri ilmiy nazariya 
sifatida baholanar edi. Ana shunday kayfiyatda tarbiyalangan odamlar ijtimoiy sheriklik 
munosabatlariga mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin ham kirishib ketishlari qiyin kechdi. 
SHuni hisobga olib davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘llab-quvvatlana 
boshladi. Davlat dastavval fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-
huquqiy bazani tayyorladi. Bu haqda Prezident Konsepsiyasida shunday deyiladi: “Aytish 
kerakki, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarni tobora 


240 
rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam mustaqilligini ta’minlash, huquq va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining 
kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. 
So‘nggi yillarda «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «Homiylik to‘g‘risida»gi qonunlar, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari 
rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar 
qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil 
vazifasini bajarmoqda
263

Davlat fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy 
bazani tayyorlash bilan bir qatorda ularga iqtisodiy jihatdan ko‘mak berishni ham kuchaytirib 
bordi. NNTlarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak davlatning iqtisodiy salohiyati oshishi bilan birga 
kuchayib bordi. Bu ko‘mak keyingi birnecha yil davomida ayniqsa salobatli bo‘ldi. 2010 yilda 
Prezident “bunday ko‘makning miqdori keyingi uch yilda o‘n bir milliard so‘mdan ortiqn tashkil 
qildi”, deb aytgan bo‘lsa, 2015 yilning o‘zida bu ko‘mak hajmi so‘mni tashkil qildi.
Davlatning NNTlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatayotganining sabablaridan biri 
shundaki, NNTlarning asosiy maqsadi-aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish. Aholiga ijtimoiy 
xizmatni davlat idoralari ham ko‘rsatadi. Lekin NNTlar tarkibi ixchamligi va bevosita aholi 
tashabbusi bilan tuzilgani sababli ularning xizmati tezkor va aniq manzilga qaratilgan bo‘ladi. 
Bundan tashqari, NNTlar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga davlat byudjeti mablag‘laridan tashqari 
xususiy sektor mablag‘larini ham grantlar, xayriya ishlari, badallar, volontyorlar faoliyati 
shaklida jalb etish imkoniyatiga ega. O‘zbekistonda davlat NNTlarning mana shu xususiyat va 
imkoniyatlarini hisobga olib har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda. Davlatning ko‘magi grantlar, 
ijtimoiy buyurtmalar, subsidiyalar tarzida amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadlari va sub’ektlari 
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Mazkur Qonunning 3-
bandida bu haqda shunday deyiladi: “Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-
huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan 
boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir”
264

Davlatning NNTlarga ko‘rsatadigan ko‘magi barqaror va salmoqli bo‘lishini 
ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 
Kengashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini 
qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ham alohida 
ahamiyatga ega bo‘ldi. SHu qaror asosida NNTlarga mo‘ljallangan grantlar miqdori va 
ajratilayotgan mablag‘ hajmining ortib borishi fuqarolik jamiyati institutlarining tezroq oyoqqa 
turib olishlari va faolligining ortishida sezilarli rol o‘ynamoqda. 
263
Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш 
концепцияси. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 
Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси. Т.2010, 40-бет. 
264
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 й., 39-сон, 488-модда 


241 
Mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida olib 
borilayotgan ishlarga qisqacha ko‘z yugurtirib chiqishning o‘zi ham bu masalada jahon fani 
yaratgan nazariya yangi yondashuv bilan boyitilgani, uning bir qator jihatlari aniqlashtirilgani, 
mazkur soha amaliyoti esa jiddiy boyitilganidan guvohlik bermoqda.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin