O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   169
Fuqarolik jamiyati

10.
 
Ijtimoiy sheriklikning tarixi va tadriji 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hali katta ijtimoiy guruhlar vujudga kelmagan edi. Jamiyat 
kichik guruhlar (oila va ibtidoiy gala)dan tashkil topgan bo‘lib ularning orasida tez-tez 
ziddiyatlar paydo bo‘lar edi. Bu ziddiyatlar asosan hudud va tirikchilik manbalarini talashish 
oqibatida yuz berar edi.
Jamiyatning manfaatlari bir-biriga zid bo‘lgan katta ijtimoiy guruhlar: qullar va quldorlar 
sinfiga bo‘linishi manfaatlar zidligini keskinlashtirib yubordi. Manfaatlar o‘rtasidagi 
ziddiyatning keskinlashuvi manfaatlari poymol etilayotgan sinf-qullarning stixiyali chiqishlari 
isyon va qo‘zolonlarga olib keldi. Bunday isyonlarni bostirish uchun quldorlar mirshablar va 
armiya singari tuzilmalarni tashkil qildi. Quldorlar mafkurasi quldorlarning oliy tabaqa ekanini 
asoslashga, odamlar o‘rtasidagi mulkiy va huquqiy tengsizlikni ilohiy kuchlar irodasi bilan 
ifodalashga harakat qilar edi.
Feodalizmga o‘tish bilan bog‘liq yangi ijtimoiy guruhlar: feodallar va dehqonlar sinfining 
vujudga kelishi ular o‘rtasidagi ziddiyatni shaklan biroz yumshatdi. Zamindorlar dehqonlarga 
anchagina yon bosishdi: ularga oila qurish, hosilning muayyan ulushini olish huquqi berildi. 
Biroq zamindorlar mafkurasi feodallar, ular ichidagi tabaqalar: dvoryanlar, graf, markiz, gersog 
va hokazolarning asilzodaligi, ular oliy irq vakillari ekani ma’budlar irodasi bilan belgilanganini 
asoslashga xizmat qilar edi. Dehqonlarning to‘la tizim shakliga kelmagan mafkurasida esa 
adolatli podsho, mehribon zamindor to‘g‘risidagi orzu-umidlar ifodalanar edi. Ayni paytda bu 
mafkura beshafqat xo‘jayinlarni qoralar edi. Ko‘rinib turganidek, quldorlar mafkurasi faqat 
quldorlar manfaatini, zamindorlar mafkurasi feodallar manfaatini ifoda va himoya qilar edi. Bu 
mafkuralar ezilayotgan muqobil sinflar: qullar va dehqonlar manfaatini mutlaqo o‘ylamas edi. 
Kapitalizm davrida ishchilar kapitalistlar bilan shaklan teng huquqlarga ega 
bo‘lishdi.Ularning huquqiy holati va maishiy turmushi dehqonlarnikiga qaraganda shaklan ancha 
yuqori edi. Lekin ular ham tirikchilik qilish uchun o‘zlarining kuch va qobiliyatlarini 
sarmoyadorlarga sotishga majbur edilar. Kapitalistik tuzumning dastlabki bosqichlarida ishchilar 
juda cheklangan miqdordagi shaxsiy mulkka ega edilar, ularning asosiy ko‘pchiligi qashshoq 
turmush kechirar edi. Bunday holat jamiyatdagi ijtimoiy larzalarga barham bera olmasdi.
Ishchilar va dehqonlarning isyonlari yangi davrda ham davom etaverdi. Kapitalistlar 
mafkurasi sarmoyadorlarning manfaatini quldorlar va feodallar mafkurasi singari niqobsiz 
ifodalamas edi. Bu mafkura endi hukmron sinf manfaatini pardali tarzda himoya qila boshladi. 
YA’ni endi kapitalistlarning boyligi ularning aqli zakovati, harakatchanligi, ishchanligi, 


229 
topqirligi kabi sifatlari bilan izohlana boshlandi. Ishchilar ham aql-zakovatini ishga solsa, 
ishchan va topqir bo‘lsa bemalol boyib ketishi mumkinligi targ‘ib qilindi.
Kapitalizmning dastlabki bosqichlarida shakllanib ulgurmagan ishchilar mafkurasi 
keyinchalik tizim holiga kela boshladi. Ana shunday tizimlardan biri sotsialistik revolyusiya 
nazariyasi edi. Bu mafkura go‘yo ishchilar manfaatini aks ettirsa ham, muqobil sinf –
kapitalistlarni faqatgina qoralab qolmay, ularni butunlay, tag-tomiri bilan yo‘q qilishga chaqirar 
edi. 
Ko‘rinib turiptiki, ijtimoiy sinflarning mafkuralari faqat shu sinf manfaatlarini ko‘zlab 
yaratilgan. Mafkuralarning sinfiy xususiyatga ega bo‘lishi sinflar o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
yumshatmagan, balki bu ziddiyatlarning keskinlashuviga xizmat qilgan. Sinfiy manfaatlar 
o‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi ijtimoiy larzalarga olib kelgan. Birorta ham sinfiy 
mafkura muqobil sinf manfaatlari to‘g‘risida biroz bo‘lsa ham bosh qotirmagan. Sotsialistik 
revolyusiya nazariyasi ishchilar manfaatini ifodalovchi yagona haqiqiy nazariyalikka da’vo qilsa 
ham, aslida ishchilarning haqiqiy manfaatlari kapitalistlarni yo‘q qilishda emas, ular bilan 
kelishuvga erishishda edi. Lekin u paytda taraqqiyotning mana shunday yo‘li ham mavjudligi 
hali anglanmagan edi. 
Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mehnat unumdorligining 
o‘sishi va isyonlar kapitalistlarni biroz yon bosishga undadi. Ular ishchi aristokratiyasi, deb 
atalgan qatlamga biroz imtiyozlar berdilar. Lekin bu holat ham isyonlarga barham bera olmadi. 
Isyon va qo‘zg‘olonlar davom etaverdi. Ana shunday isyonlarning yuqori cho‘qqilaridan biri 
Oktyabr to‘ntarishi bo‘ldi. Bu to‘ntarish dohiylari ekspluatatsiya yo‘q qilingan yangi sotsialistik 
tuzum qurilgani to‘g‘risida bong urishsa ham aslida ekspluatatsiya tugatilmadi. Kapitalizm 
davrida ishchilarni ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga kelgan qo‘shimcha qiymatni 
kapitalistlar o‘zlashtirgan bo‘lsa, endi ishchilar mehnati tufayli yaratilgan qo‘shimcha qiymatni 
markaz, davlat va uning amaldorlari o‘zlashtira boshladi.
Sotsialistik tuzum, deb atalgan tuzum aslida kapitalistik munosabatlarning yangi shakli-
davlat kapitalizmi bo‘lib chiqdi. Bu tuzum davrida ishchilarni ekspluatatsiya qilishdan tashqari, 
chekka o‘lkalarni xomashyo bazasiga aylantirildi va shu shaklda milliy ekspluatatsiya ham 
davom etaverdi. Ekspluatatsiyaga qarshi noroziliklarni bostirish uchun kuchli repressiya apparati 
tashkil etildi. Buning oqibatida nafaqat alohida shaxslar, balki butun xalqlar qatag‘onga uchradi. 
Bir qator xalqlarning o‘z vatanlaridan deportatsiya qilinishi bunga misol bo‘ladi. Lekin bu 
deportatsiya qilinmagan xalqlar emin-erkin yashaganini anglatmaydi. Ularning deportatsiya 
qilinmagani davlatning ularga nisbatan bag‘rikengligi va yon bosishi emas, ularning o‘z 
yurtlarida davlatga ko‘proq manfaat keltirishi mumkinligi tufayli edi. Ekspluatatsiyaga nisbatan 
noroziliklar o‘tgan asrning 80-yillariga kelib sanoat rivojlangan hududlarda zabastovka va 
stachkalar shaklida namoyon bo‘ldi. Sanoati unchalik rivojlanmagan chekka hududlarda esa 
aholining noroziligi stixiyali tarzda millatlararo to‘qnashuvlar tarzida yuz berdi. Bizning 
yurtimizda ana shunday ziddiyatlarning tadriji Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston 
mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida juda ishonchli va ta’sirchan tarzda ochib berilgan. 
Ish beruvchi sarmoyadorlar bilan yollanma ishchilar o‘rtasida XX asr boshlarigacha tom 
ma’nodagi sheriklik mavjud bo‘lmagan. Ularning manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar ko‘pincha 
zabastovkalar, stachkalarga va isyonlarga aylanib ketgan.


230 
XX asrgacha mavjud bo‘lgan sheriklik alohida shaxslar va kichik guruhlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solib kelgan bo‘lsa, ijtimoiy sheriklik katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni tartibga sola boshladi. Masalan, ish beruvchi sarmoyadorlar bilan yolanma 
ishchilarning manfaatlari o‘rtasidagi asosiy ziddiyat shundan iborat ediki, sarmoyadorlar 
yollanma ishchilarni ko‘proq ishlatib kamroq haq to‘lashdan, yollanma ishchilar esa kamroq 
ishlab ko‘proq haq olishdan manfaatdor edilar. Bu ziddiyatni tahlil qilgan Marks uni hal 
qilishning yo‘li faqat bitta-sotsialistik revolyusiyani amalga oshirish, degan xulosaga kelgan edi. 
SHu xulosa asosida u sotsialistik revolyusiya to‘g‘risidagi nazariyani yaratdi. Bu nazariyaga 
ko‘ra yollanma ishchilar komfirqa atrofiga birlashib revolyusiya qilishlari, sarmoyadorlarning 
barchasini qirib bitirishlari va mamlakatda proletar diktaturasini o‘rnatishlari kerak edi. 
Marksning yana bir xulosasi sotsialistik revolyusiya barcha mamlakatlarda g‘alaba qozonishi va 
kommunistik jamiyat qurilishi to‘g‘risidagi nazariya edi. 
Ana shu nazariya asosida Rossiyada 1917 yil oktyabr oyida davlat to‘ntarishi amalga 
oshirildi va proletar diktaturasi o‘rnatildi. Bu hodisa go‘yo Marksning sotsialistik revolyusiya 
nazariyasi to‘g‘riligini tasdiqlayotganday tuyular edi. Aslida bu hol Marks nazariyasining 
to‘g‘riligi tufayli emas, insoniyat hali taraqqiyotning boshqa yo‘li-ijtimoiy sheriklik yo‘li ham 
mavjudligini kashf etib ulgurmagani tufayli vujudga kelgan edi. 
O‘tgan asrning 20- va 30-yillaridagi qatag‘onlar, millionlab odamlarning yostig‘i 
quritilishi ana shu sotsialistik revolyusiya nazariyasining mevasi edi. Ikkinchi jahon urushidan 
keyin sobiq ittifoqda amalga oshirilgan imperialistik siyosat, yakka partiya va yakka millatning 
hukmronligi, milliy respublikalarning ko‘pchiligi markazga xomashyo etkazib beradigan 
o‘lkalarga aylantirib qo‘yilishi ham oktyabrdagi davlat to‘ntarishining mudhish aks- sadosi edi. 
Ijtimoiy sheriklik g‘oyasi marksizmning muqobili sifatida maydonga chiqdi. Uning 
vujudga kelishiga kuchli turtki bergan hodisalardan biri Oktyabr to‘ntarishi bo‘ldi. O‘tgan 
asrning 20- yillari oxiri va 30- yillarida sobiq ittifoqda yuz bergan qatag‘onlar proletariat 
diktaturasi qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Keyinchalik proletariat 
diktaturasining qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi boshqa bir qator mamlakatlarda ham 
namoyon bo‘ldi. Endi G‘arb mamlakatlaridagi siyosatchilar va jamiyatshunos olimlar sotsialistik 
reolyusiya va proletariat diktaturasiga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni zudlik bilan izlashga tushdi. 
Ana shunday g‘oyani topish uchun ularga mulkdorlar va davlat hokimiyati organlari buyurtma 
berishdi.Bu yo‘nalishda G‘arb sotsial-demokratlari bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi. 
XX asrning o‘rtalarida T.Parsons va YU.Xabermaslar tomonidan yaratilgan konsensus 
nazariyasi ijtimoiy sheriklikning keng miqyosda yoyilishiga katta turtki berdi. Bu nazariya 
ijtimoiy shartnoma nazariyasi o‘rniga kelib, ijtimoiy sheriklikning nazariy metodologik asosi 
vazifasini bajara boshladi.
Ijtimoiy 
sheriklik 
bozor 
munosabatlariga 
o‘tish va demokratik institutlarni 
rivojlantirishning muhim sharti ekanini jahon amaliyoti tasdiqladi. Bizning mamlakatimizda ham 
bozor islohotlarini chuqurlashtirish uchun ijtimoiy sheriklik tamoyillarini kengroq va to‘laroq 
tadbiq qilish zarur bo‘ldi. Ana shu zarurat Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi”da aniq va yaqqol ko‘rsatib berildi. Prezident Konsepsiyasida belgilangan 
vazifalarni amalga oshira borib 2014 yilda mamlakatimizda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi 
Qonun qabul qilindi va u 2015 yil 1yanvaridan kuchga kirdi.. Bu Qonunning qabul qilinishi 


231 
mamlakatimizda ijtimoiy sheriklikni hayotga tadbiq qilishda muhim bosqich bo‘ldi. SHuni ham 
ta’kidlash joizki, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi ijtimoiy sheriklik 
sohasidagi ishlarning yakunlanganini emas, yangi mas’uliyatli bosqich boshlanganini anglatadi. 
XX asrning o‘rtalaridan boshlab jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda ijtimoiy 
sheriklikning turli jihatlarini tadqiq qilishga kirishilganda sobiq sho‘rolar ittifoqida bu masalaga 
umuman e’tibor berilmadi. Buning sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumida hukmron bo‘lgan 
sinfiy kurash nazariyasi ijtimoiy sheriklikni inkor qilar edi. Ijtimoiy sheriklikning mehnat 
munosabatlarinini tartibga solish imkoniyatlari ham inkor qilinib, bunday muammolar faqat 
kapitalistik ijtimoiy munosabatlarga xos, deb e’lon qilingan edi.
Ijtimoiy sheriklikka qiziqishning o‘sishini ta’minlagan ijtimoiy muammolar XX asr 
oxirlaridan boshlab sotsialistik lager, deb atalgan tizimning parchalanishi, ko‘pchilik 
mamlakatlarda transformatsiya jarayonlarining boshlanishi hamda kuchayishi edi. Sobiq 
sotsialistik tuzumning emirilishi ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikning tiklanishi, 
mulkdor va sarmoyadorlar sinfi hamda uchinchi sektor- nodavlat notijorat tashkilotlarning paydo 
bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Sobiq ittifoqda nodavlat tashkilot deb ataladigan kasaba uyushmalari, ovchilar jamiyati, 
ixtirochilar uyushmasi singari tashkilotlar mavjud bo‘lsa ham amalda ular hukmron partiya 
ko‘rsatmasi bilan tuzilar va shu partiyaning ko‘rsatmalari doirasidan chetga chiqa olmas edi. 
Mustaqillik davrida vujudga kelgan nodavlat notijorat tashkilotlar o‘zlarining faoliyatini ijtimoiy 
sheriklik tamoyillariga asoslanib olib bora boshladi. Bundan tashqari, aholining qo‘llab-
quvvatlashiga erishish uchun hokimiyat organlari vakillari ham ijtimoiy sheriklik 
texnologiyalariga murojaat qila boshladi. Dastlab mehnat sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solish maqsadida shakllangan ijtimoiy sheriklik hozirgi kunda turli ijtimoiy guruhlar, sub’ektlar 
va jamoalarning o‘zaro mnuosabatlarini ham tartibga solishga xizmat qilmoqda. Bundan 
tashqari, ijtimoiy sheriklik ko‘proq strategik rejalashtirish, hududlarni kompleks rivojlantirish 
hamda boshqaruv qarorlari qabul qilishda borgan sari ko‘proq va muhimroq rol o‘ynamoqda.
Ijtimoiy sheriklik hozirgi kunda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarning Mehnat 
kodekslarida, mamlakatlarni strategik rivojlantirishga aloqador hujjatlarda, turli sohalarga oid 
uslubiy tavsiyalar va me’yoriy hujjatlarda mustahkam o‘rin egallamoqda.
Ijtimoiy sheriklik XX asr oxiri va XXI asr boshlarida siyosiy barqarorlikni ta’minlashda, 
jamiyatda yangicha insoniy munosabatlarni shakllantirishda borgan sari ko‘proq va muhimroq 
rol o‘ynamoqda. SHularning bari ijtimoiy sheriklikni fanlararo yondashuv asosida chuqur, 
atroflicha va jiddiy tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi. Bu muammoni tadqiq qilishda 
sotsiologiya, falsafa, iqtisodiyot, ijtimoiy psixologiya, va siyosatshunoslik singari qator 
fanlarning tadqiqot metodologiyalari va kategoriyalaridan foydalanilmoqda.
Ijtimoiy sheriklik dastavval mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida vujudga 
kelgan bo‘lsa ham, hozigi kunda uning faoliyat yuritish sohalari mehnat munosabatlari 
doirasidan ancha chetga chiqadi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida “sektorlararo ijtimoiy sheriklik” konsepsiyasi ko‘p 
mamlakatlarda, shu jumladan MDHga a’zo mamlakatlarda keng tarqala boshladi. Mazkur 
konsepsiyaga ko‘ra, ijtimoiy sheriklik sub’ektlari hokimiyat, biznes va nodavlat notijorat 
tashkilotlar vakillaridan iborat. “Sektorlararo ijtimoiy sheriklik” ikki yoki uch sektor: davlat, 


232 
biznes, notijorat sektor ijtimoiy muammolarini hal qilishda o‘zaro kelishilgan konstruktiv 
harakatlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Respublikamizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida” 
Qonunida ijtimoiy sheriklik sub’ektlari haqidagi 3-bobida shunday deyiladi: “Ijtimoiy sheriklik 
davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy 
dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish 
borasidagi hamkorligidir”
260
.
SHuni unutmaslik kerakki, Respublikamizning “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi 
Qonunida ijtimoiy sheriklik sub’ektlari davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari deb ko‘rsatilishi mamlakatimizda mehnat 
munosabatlarida ham ijtimoiy sheriklik mavjudligini inkor qilmaydi.Mehnat munosabatlari 
sohasidagi ijtimoiy sheriklik masalalarini O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat Kodeksi” va 
o‘ttizdan ortiq qonunlari va boshqa me’yoriy- huquqiy hujjatlari tartibga soladi. Bu haqda 
“Mehnat Kodeksi”ning 1-moddasida shunday o‘deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasida mehnatga 
oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari,,shuningdek jamoa 
shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi”
261
.
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlari mamlakatimizda dunyonig ko‘p 
mamlakatlarida bo‘lgani singari bipartizm (ikki tomonlama) shaklida, masalan, jamoa 
shartnomalari hamda tripartizm (uch tomonlama) masalan, ish beruvchilar, yollanma ishchi va 
xizmatchilar hamda davlat hokimiyati organlari yoki ularning vakillari ishtirokida olib 
borilmoqda. Mamlakatimizda 2011 va 2014 yillarda ijroiya hokimiyati (Vazirlar Mahkamasi), 
biznes vakillari (Savdo-sanoat palatasi) hamda yollanma ishchi va xizmatchilar (Kasaba 
uyushmalari Federatsiyasi) tonidan imzolagan “Bosh kelishuv”lar ham mehnat munosabatlari 
sohasidagi ijtimoiy sheriklik ham mustahkam me’yoriy-huquqiy asosda olib borilayotganidan 
dalolat beradi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin