O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


-MAVZU. FAOL FUQAROLIK POZITSIYASIGA EGA BO‘LGAN YOSH AVLODNI  TARBIYALASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI  Reja



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 
13-MAVZU. FAOL FUQAROLIK POZITSIYASIGA EGA BO‘LGAN YOSH AVLODNI 
TARBIYALASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI 
Reja 
9.
 
YOshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy 
jihatlari 
10.
 
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘rni 
11.
 
O‘zbekistonda yoshlarga oida davlat siyosatining strategik yo‘nalashilari 
12.
 
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari 
13.
 
YOshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy 
jihatlari 
O‘zbekiston Respublikasida mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik 
jamiyatini barpo etishga qaratilgan islohotlarning tub mohiyati aholi turmush tarzining 
farovonligini oshirish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati va saviyasini yuqori 
darajaga ko‘tarish, ularda aniq fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda o‘z ifodasini topadi. 
Davlatning taraqqiy etishida va undagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning yangi 
bosqichga o‘tishida mamlakat oldida turgan vazifalarni turli yo‘nalishlarga taqsimlagan holda, 
fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti, Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, “... – 
bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin 
kuchaytirishdan iborat. YOki boshqacha qilib aytganda, bu – “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat 
sari” degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo‘nalish 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining 
rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni 
taqozo etadi”
265
. Demak, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish uchun davlat o‘zining ayrim 
vazifalarini bo‘ynidan soqit qilib, asta-sekin jamiyatning boshqa institutlariga topshirmog‘i 
lozim. Buning uchun esa davlat tomonidan muayyan shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilib, 
jamiyatning o‘z-o‘zini tashkil etuvchi va boshqaruvchi idoralarining faoliyati to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yilishini talab etuvchi mexanizmlarni vujudga keltirish zarur. 
265
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини 
шакллантиришнинг асосий йўналишлари // Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан 
ҳамкорлик йўли. Т. 11. – Т.: Ўзбекистон, 2003. – 27-б.


242 
O‘zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar 
fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va birdek mas’uliyatlidirlar. SHuning uchun ham 
mavjud muammolarni bartaraf etishda fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va 
ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab etishlari uchun ularni huquqiy jihatdan 
tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar uchun 
ma’naviy kamolot manbai bo‘lishi bilan birga, ularning bu boradagi mas’uliyatini yanada 
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‘zbekistonda demokratik 
jamiyat qurish kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatga o‘tish konsepsiyasi zamirida inson 
erkinliklarini fuqaro, halq manfaatlariga mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy 
vazifa sifatida belgilangan. Ma’lumki, qonunlarning har bir moddasida insonning muayyan 
yo‘nalishdagi erkinliklari beriladi. Lekin yodda tutmoq kerak-ki, bunday tartib, yo‘l-yo‘riq yoki 
imkoniyat faqat bitta fuqaroning erkinligini yuzaga chiqarish uchungina joriy etilgan emas. Balki 
bu huquqiy me’yor barcha uchun teng asosga ega. Hamonki shunday ekan, barcha ya’ni butun 
jamiyat a’zolari ana shu me’yor asosida o‘z erkinliklarini bir xil darajada amalga oshirishi 
shart
266

SHuningdek, bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik 
jamiyatining ma’naviy binosi mustahkam bo‘lishi lozim. Bu esa, eng avvalo, fuqarolarni, 
ayniqsa, yoshlarni chuqur bilimli, teran fikrli, o‘z o‘tmishi durdonalaridan va ma’naviy 
qadriyatlaridan xabardor, vatanparvar, haqiqatparvar, fidoyi qilib tarbiyalashni taqazo etadi. 
Komil inson shaxsini tarbiyalash esa eng murakkab va qiyin jarayondir. Bu jarayonni amalga 
oshirish ular ongiga milliy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Demak, bugungi yosh 
avlod o‘z tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, tilini, dinini va urf-odatlarini mukammal 
bilsagina, mustaqillikning asl mohiyatini chuqurroq anglab etadilar. Fuqarolik jamiyati ham ana 
shu milliy qadriyatlarimizga asoslanib rivojlantirilishi bejiz emas. Zero, “Madomiki biz huquqiy 
demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, ma’naviyat sohasidagi XXI 
asrga mo‘ljallangan harakat dasturimiz shundan kelib chiqmog‘i darkor, ya’ni erkin fuqaro – 
ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini kamol toptishirish bizning 
bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur”
267
.
Insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-ma’naviy qarashlar, axloqiy qadriyatlar, 
an’analar, diniy-ruhiy tuyg‘ulardan iborat. Bu bo‘g‘inda u oilasi, qarindosh-urug‘lari, mahallasi, 
millati, yurti bilan birligini, uning tarkibiy qismi ekanligini his etadi. Natijada, uning ongi va 
qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy 
fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Zotan, Prezdentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, har qanday 
islohotning eng muhim samarasi, avvalo, xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish 
jarayonlari, uning ongu tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar uning 
hayotiga, taqdiriga daxldor bo‘lganligini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan 
belgilanadi. Ushbu so‘zlardan qo‘rinib turibdiki, yoshlarning ijtimoiy siyosiy faoligini oshirish 
bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. SHu maqsadda har birimiz ushbu vazifalarni 
amalga oshirilishida faol fuqarolik pozitsiyamizni ko‘rsatishimiz hamda yurtboshimizni biz 
yoshlarga qarata aytgan “Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafakat ishonchimiz va 
266
Қаранг: Мусаев Ф. Эркинликнинг ҳуқуқий асоси // Тафаккур журнали. –Тошкент: 2002. - № 2. – 84 б. 
267
Каримов И.А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-
том.-Т.: «Ўзбекистон», 1999. 303-б. 


243 
kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning xal kiluvchi kuchidir”
268
so‘zlarini 
doimo yodimizda saqlashimiz zarurdir.
Fuqarolik tuyg‘usi esa shaxsning “Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy 
jarayonlar ahloqiy qadriyatlarning o‘tmish bilan kelajakni uzviy aloqadorligini ta’minlab, tarixiy 
merosning nodir ne’matlarini o‘zgartirish asosida shakllanadi”
269
. Fuqarolik jamiyatining asosiy 
mezonlaridan biri bu fuqarolarning yuksak darajada ong va madaniyatga ega bo‘lishliklari 
hisoblanadi. SHu nuqtai-nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatida faol, tashabbuskor, g‘ayratli, 
faqat yaratuvchanlik, ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e’tibor va ehtiyoj 
katta bo‘ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada 
shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Jamiyatning inson uchun yaratgan real iqtisodiy qulayliklari va 
imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va ma’naviy muhit uning tafakkuri 
erkin, ilg‘or va yuksak ideallarni ko‘zlashi bilan uyg‘unlashmog‘i lozim. Olimlarimizning 
kuzatishicha, fuqarolarning ijtimoiy voqelikka yangicha, mustaqil va erkin tafakkur asosida 
yondashishi yuqori ko‘rsatkichga ega. Ayni paytda, psixolog va sotsiologlarning nuqtai 
nazaricha, yangi shakllanayotgan fuqarolik jamiyati rivoji ko‘p jihatdan shaxs ongi, xarakteri va 
dunyoqarashini korreksiyalab borishni talab etmoqda. 
Hozirga kelib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati, unga monand davlat boshqaruvi 
tizimini – demokratiyani qaror toptirish zarurati va mas’uliyati har bir fuqaroning yuksak 
ma’naviy salohiyatining, falsafiy tafakkur tarzini yanada shakllantirish vazifasini ko‘ndalang 
qilib qo‘ydi. Darhaqiqat, odamzot o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishdan oldin hamma narsani 
aql tarozisiga qo‘ymog‘i, o‘zi tashlaydigan amaliy qadamlarning ehtimoliy natijalarini avvaldan 
taxmin qilmog‘i, nazarda tutmog‘i lozim. Fuqarolik madaniyatini yuksaltirishda ta’lim beqiyos 
o‘rin tutadi. Bugungi kunda ham oldimizga qo‘ygan asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini barpo 
etish va uni takomillashtirish uchun Milliy dasturda ko‘zda tutilgan bilimli, ongli, tafakkuri ozod, 
zamonaviy dunyoqarashli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlarni tarbiyalashga 
yanada muhim e’tibor qaratish va bu masalalar ta’lim islohotlarining bosh vazifasi deb qabul 
qilib, uni amalga oshirishdan iborat. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi asosida yaratilgan va amalga oshirilayotgan yangi ta’lim modeli aynan ana shu maqsadga 
erishish yo‘lida o‘zining yangicha ta’lim va tarbiyaviy jarayonini shakllantirib bormoqda. 
Farzandlarimiz to‘qqiz yillik o‘rta ta’limni tamomlab, o‘z xohish irodasi va intilishiga qarab ikki 
turdagi uch yillik o‘quv yurtlarida-akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’limni 
majburiy – ixtiyoriy davom ettirish imkoniyatlariga, bularni tugatganlar esa oliy o‘quv 
muassasalariga kirishda bir xil huquqlarga ega bo‘ldilar. Unutmasligimiz kerakki, ma’rifat 
xalqimiz, millatimiz qonidadir. Bizda qadimdan “Ma’rifatli inson” tushunchasi ancha keng 
ma’noni anglatadi. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik–faqat bilim va malaka 
emas, ayni paytda chuqur ma’naviyat va go‘zal ahloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, kamolotli 
inson deganida aynan shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi. SHuning uchun xam Kadrlar 
tayyorlash milliy modelimizning butun mohiyati milliy tariximiz va hayotimiz bilan bog‘lanib 
ketgan. SHu tariqa O‘zbekistonda bevosita o‘zimizga xos, o‘zimizga mos bo‘lgan takrorlanmas, 
buyuk tariximiz, an’analarimizga asoslangan va, shu bilan birga, hozirgi davr talablariga javob 
bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Dasturimizning, modelimizning 
milliyligi ham aynan shulardan iboratdir. 
268
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 15 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза. 
269
Губман Б.Л. Смысл истории. Очерки современных западных концепции. - М.: Наука, 1991. – 15 с. 


244 
Fuqarolik jamiyat asoslari shakllanayotgan respublikamizda, yoshlarimizning faollikni 
yuksaltirish, ularda millat, xalq va jamiyat oldidagi burch hamda mas’uliyatini yurakdan his 
qilish tuyg‘ularini kamol toptirish hamda ularning ongu shuurida mustaxkam hayotiy pozitsiyani, 
e’tiqod hamda maslakni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. SHuning 
uchun ham bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning intellektual 
salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan dars soatlari, o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur sa’y-
harakatlarni amalga oshirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini 
mustahkamlash, qolaversa, bu borada faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash kelajakda natijalar keltiradi. Zero, zamonaviy ta’limning maqsadi har bir kishiga o‘z 
faoliyati uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni olish va ularni jamiyat hayotiga tadbiq etish 
imkoniyatini yaratishdan iboratdir. SHu bois tarbiyaviy va o‘quv ishlari shaxsning intellektual 
ong va madaniyat darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng muhim 
prinsiplarni anglab etishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi lozim. Ayniqsa fuqarolik jamiyatini 
barpo qilishda fuqaro ongi, madaniyati, dahldorlik hissi va mas’uliyatini yuksaltirish hamda 
takomillashtirishni hozirgi talab darajasida yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga egadir. Albatta, 
yoshlar faoliyatida ushbu zaruriy masala o‘zining dolzarb jihatlari bilan ajralib turadi va samarali 
tarzda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishimiz lozimligini yana bir bor qayd qilamiz. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin