O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zInjiniring" Respublika loyiha institutining



Yüklə 62,85 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü62,85 Kb.
#186809
  1   2   3   4
O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
“O‘zInjiniring” Respublika loyiha institutining
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
SIYOSATI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Siyosat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” RLIning (keyingi o‘rinlarda – Institut) yuksak etik standartlarga, xususan o‘z xodimlari o‘rtasida va umuman jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, Institut xodimlari tomonidan o‘z faoliyatlarini bajarish chog‘ida korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish maqsadlariga sodiqligini aks ettiradi.
2.Ushbu Siyosat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilgan holda hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va ilg‘or dunyo tajribasini, jumladan ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimi – Talablar va ularni qo‘llashga doir tavsiyalar” xalqaro standarti talablari va tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
3.Quyidagilar Institutda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Institut xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish;
Institut faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
korrupsiyaviy harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.
4.Yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Institut tomonidan qabul qilingan ushbu Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat Institut faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan muhim tamoyil va talablarni belgilab beruvchi asosiy ichki hujjat hisoblanadi.
5.Mazkur Siyosat talablari egallab turgan lavozimi va bajarayotgan funksiyasidan qatʼi nazar, Institut bilan mehnat munosabatlariga kirishgan barcha xodimlar uchun birdek amal qiladi.
6.Institutga ishga kirayotgan har qanday shaxs mazkur Siyosat bilan tanishib chiqishi, tanishganligini imzo bilan tasdiqlashi, uning qonun-qoidalariga rioya qilishi lozim.
7.Mazkur Siyosatning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:
yaqin qarindoshlar – bir-biriga qarindoshlik yoki qudachilik aloqasi bor shaxslar, yaʼni ota-ona, tug‘ishgan hamda o‘gay aka-ukalar va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, jumladan asrab olingan farzandlar, buvalar, buvilar, nabiralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari;
korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish – Institut xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga uringanligi) to‘g‘risida foydalanish imkoniyati berilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda Institut xodimi yoki o‘zga shaxs yo‘llagan murojaat;
ish faoliyati yuzasidan mehmondo‘stlik belgilari – uchinchi shaxslarning Institut xodimlari bilan hamkorlik o‘rnatish va/yoki uni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan Institut xodimlari manfaatlari yo‘lidagi xarajatlari, yaʼni uchinchi shaxslarning ish faoliyati yuzasidan amalga oshiradigan, jumladan tushlik va kechki ovqatlanishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlari, transport harajatlari, yashash, ko‘ngilochar tadbirlar va hokazolar bilan bog‘liq xarajatlari;
kontragent / biznes hamkor – Institut bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, mehnat munosabatlari bundan mustasno;
manfaatlar to‘qnashuvi – Institut xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan Institut manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi;
korrupsiyaviy xarakatlar – xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat qilish yoki harakatsizlik uchun pora, yaʼni pul, qimmatbaho qog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk, mulkiy harakterdagi xizmatlar va o‘zga mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, undirish, taklif qilish, vaʼda berish yoki berish, pora berish va/yoki olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar olish, pora olish va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat mansabidan noqonuniy foydalanish;
korrupsiyaviy huquqbuzarlik – sodir etilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida javobgarlik belgilab qo‘yilgan korrupsiya alomatlariga ega xatti-harakat;
korrupsiyaviy xavf-xatar – Institut xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan Institut nomidan yoki uning manfaatlari yo‘lida korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish xavfi;
xodimning shaxsiy manfaatdorligi – Institut xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida, uning yaqin qarindoshi yoki unga aloqador shaxslar tomonidan shu xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari) olish imkoniyati;
rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar – belgilangan tartib-taomillar yoki harakatlarni bajarish bilan bog‘liq standart tartiblarning amalga oshirilishini taʼminlash yoki tezlashtirish maqsadida tegishli qonunchilik va normativ meʼyorlar hamda qoidalarda ko‘zda tutilmagan, noqonuniy ravishda taqdim etiladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar hamda boshqa moddiy va nomoddiy foyda va naflar;
xodim – direktor va uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, tarkibiy bo‘linma boshlig‘i (rahbari) va Institut bilan mehnat munosabatlariga kirishgan boshqa jismoniy shaxs;
aloqador shaxslar – tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida Institut xodimi bilan birgalikda qatnashayotgan shaxslar;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi – korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir amaldagi qonunchilik va Institutning ichki hujjatlari buzilishining oldini olish, Institut xodimlari tomonidan o‘z faoliyatini professional va etik jihatdan yuksak darajada amalga oshirilishini taʼminlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim tamoyillari
8. Institut korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillar asosida tashkil etadi:
– qonuniylik - Institutdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, shuningdek Institutning o‘rnatilgan ichki hujjatlariga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi;
–korrupsiyaga nisbatan murosasizlik (toqatsizlik) - Institut o‘z faoliyatining barcha yo‘nalishlarida korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishlariga murosasiz (toqatsiz) munosabatda bo‘ladi. Institut hodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish qatʼiyan taqiqlanadi;
– ochiqlik va shaffoflik - Institut xodimlari va kontragentlari, keng jamoatchilik Institutda korrupsiyaga qarshi qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilib turiladi;
– korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning preventiv xususiyatga ega bo‘lishi, tizimliligi va yaxlitligi – Institut korrupsiyaviy harakatlarning sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelishiga xizmat qiluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishni ustuvor vazifa deb biladi. Korrupsiyaga qarshi joriy etilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga mutanosib bo‘lib, Institutning barcha funksiyalari va yo‘nalishlarini qamrab olgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtiriladi;
– korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi - korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Institut xodimi o‘zining mavqei va egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar Institutning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi;
– ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish – Institut korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini shakllantirishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot-kommunikatsiya tizimlaridan keng foydalanishga intiladi;
– to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish – Institutning har bir xodimi korrupsiyaviy harakat sodir etilganligiga doir ishonchli va asosli maʼlumotlarga ega bo‘lgan taqdirda o‘rnatilgan choralarni qo‘llash uchun Institut rahbariga hech qanday to‘siqsiz murojaat qilishi mumkin;
– fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik – Institut o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda Institut faoliyati ustidan mustaqil, haqqoniy va xolis nazoratni amalga oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb qiladi;
– korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish - korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash tizimini monitoring va nazorat qilish natijalariga qarab, Institut korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini to‘xtovsiz ravishda oshirib borish choralarini ko‘rib boradi.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi elementlari
9.Korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz (toqatsiz) bo‘lish tamoyiliga asosan Institutning barcha xodimlariga bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali korrupsiyaviy harakatlarda, yaʼni pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat qilish yoki harakatsizlik uchun pora, yaʼni pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa ko‘rinishdagi mulk, mulkiy harakterdagi xizmatlar va o‘zga mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, undirish, taklif qilish, vaʼda berish yoki berish, o‘rnatilgan qoidalarni aylanib o‘tish orqali rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar olish, pora olish va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat mansabidan noqonuniy foydalanish kabi harakatlarda qatnashish qatʼiyan taqiqlanadi.
10.Institutdagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari quyidagilardir:
a) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asos bo‘lib xizmat qiluvchi ichki hujjatlarning mavjudligi, yaʼni Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi quyidagi hujjatlarda aks etgan tamoyil va talablarga asoslanadi:
mazkur Siyosat,
Korporativ etika kodeksi,
Institutda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida Nizom;
b) «Shaxsiy namuna [Tone at the Top]» – Oliy rahbariyat hammaga namuna:
Institut rahbariyati va Institutning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlar, fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan munosabatlarda halol, odil va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishi kerak;
direktor, direktor o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari korruptsiyaga qarshi samarali tizimni yaratish va joriy etishda yetakchilikni quyidagi yo‘llar orqali namoyon etadilar:
Institut faoliyatining xatarli funksiyalariga (yo‘nalishlariga) korrupsiyaga qarshi samarali chora-tadbirlar va tartib-taomillarni joriy etish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali;
etik xulq-atvorning shaxsiy namunasini namoyish etish hamda korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga o‘z lavozim vazifalarini bajarish doirasida rioya qilish va bu bilan Institut xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning barcha shakl va ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini barpo etish va amalga oshirish ishlarida liderlikni namoyish qiladi.
d) korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash:
Institut o‘z faoliyatiga xos korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashni Institut funksiyalarining o‘ziga xos xususiyati, tashkiliy tuzilishi, jamiyat va boshqa shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar, shuningdek o‘zga tashqi va ichki omillarni hisobga olgan holda Institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq amalga oshiradi;
korrupsiya xavfini aniqlash va baholash doirasida Institut faoliyatining barcha yo‘nalishlari korrupsiya xavfi eng katta bo‘lgan funksiyalarni aniqlash uchun tahlil qilinadi, ularda mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi nazorat turlari va tartib-taomillar aniqlangan xavflarni kamaytirish uchun yetarliligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonida Institutning ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – IKQKNQB) bilan bir qatorda Institutning tegishli yo‘nalishlari rahbarlari ham ishtirok etadilar;
Institutning korrupsiyaga qarshi “mutlaqo murosasizligidan” kelib chiqib, Institut, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish-kelmasligidan va taʼsir darajasidan qatʼi nazar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish zarur, deb biladi;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Institut direktori tomonidan ko‘rib chiqiladi. Aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari va tartib-taomillari Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish rejalarida aks ettiriladi;
e) korrupsiyaga qarshi kurashish uchun masʼul shaxslar va bo‘linmalar:
korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini shakllantirish uchun Institutda shunday tizimni yaratish uchun masʼul alohida tarkibiy bo‘linma – Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – IKQKNQB) tashkil etildi;
IKQKNQB Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalarini amalga oshirish uchun yetarli darajadagi mustaqillik va zarur resurslar bilan taʼminlanadi, bevosita Institut direktoriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini IKQKNQB to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiradi;
korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshirishda Institutning Xodimlar bilan ishlash bo‘limi Institutda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizomda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalarida ko‘zda tutilgan tartib va hajmlarda xodimlarning yaqin qarindoshlari va ularga aloqador shaxslarga doir maʼlumotlarning tizimli va o‘z vaqtida yig‘ilishi, tahlil qilinishi va aktuallashtirilishi uchun javob beradi.
Bundan tashqari, IKQKNQB Xodimlar bilan ishlash bo‘limidan kelib tushgan Institut xodimlarining manfaatlari to‘qnashuvi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ko‘rib chiqadi va uni bartaraf qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi (agar manfaatlar to‘qnashuvi bartaraf qilinmagan bo‘lsa) yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish uchun ko‘rilgan choralarning yetarliligi /yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, Institutda o‘rnatilgan etik normalarga rioya qilish masalalarini ko‘rib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Xodimlar bilan ishlash bo‘limi va IKQKNQB Institutda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi;
f) aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi choralar.
Institut ham umumiy nazorat muhitini va ham Institutning xavfli faoliyati/funksiyalaridagi korrupsiyaga qarshi nazorat va tartib-taomillarni qamrab oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimini joriy etadi.
Institut korrupsiyaga qarshi nazorat va tartib-taomillarning samaradorligini, shu jumladan ularning aniqlangan xatarlar darajasiga mutanosibligini, Institut xodimlari uchun aniq-ravshan va ochiq-oydinligini taʼminlashga intiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, shuningdek, joriy qilinadigan nazorat va tartib-taomillar Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlar bilan mustahkamlab qo‘yiladi;
g) xabardor qilish, kommunikatsiya va maslahatlar berish.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qisqartirish va Institutning korrupsiyaga qarshi tamoyillari va talablari to‘g‘risida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida mazkur Siyosat va amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari / kampaniyalariga oid asosiy axborotlar Institutning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Bundan tashqari, Institut barcha kuch va imkoniyatlarini o‘z xodimlari va boshqa manfaatdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi qonunchiligi normalari, shuningdek joriy etilgan korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablar to‘g‘risida xabar berish va ularni tushuntirishga sarflaydi. Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Institut xodimlarini bir yilda kamida bir marta muntazam va tizimli ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha o‘qitish, mazkur Siyosat va korrupsiyaga qarshi o‘zga ichki hujjatlar bilan tanishtirib borish. Institutdagi korrupsiya xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun korrupsiyaga qarshi o‘qitishning qo‘shimcha dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘quv kurslari / treninglarga oid maʼlumotlar qonunchilikda belgilangan tartibda Institutning Xodimlar bilan ishlash bo‘limida saqlanadi;
Institut xodimlari va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashish va ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan mavzuga doir audio- va videoroliklar hamda boshqa axborot materiallaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi kampaniyalar tashkil qilish;
Institut xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilgani to‘g‘risidagi faktlar yoki shubhalar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar haqida xabar berish uchun qulay aloqa kanallari bilan taʼminlash;
mazkur Siyosat qoidalarini qo‘llash yoki korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar va tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar tug‘ilganda IKQKNQB tomonidan Institut xodimlariga maslahatlar berilishi;
Institut xodimlarining mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi qoidalarni kiritish;
IKQKNQB tomonidan tasdiqlangan reja asosida Institutda korrupsiyaga qarshi xulq-atvorning targ‘ib qilinishi;
o‘z kontragentlarini qabul qilingan korrupsiyaga qarshi tamoyillar va talablar to‘g‘risida xabardor qilish, shu jumladan bu ishni kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni kiritish va boshqa usullar bilan amalga oshirish.
h) monitoring, nazorat va hisobdorlik.
IKQKNQB Institutda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligi, yetarliligi va mutanosibligining doimiy monitoringi va baholanishini amalga oshirib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir tegishli choralar ko‘riladi.
Institutda monitoring va nazoratning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:
Institut faoliyati funksiyalari va o‘ziga xos jihatlari, uning tashkiliy-funksional tuzilmasi hamda boshqa tashqi va ichki omillaridagi o‘zgarishlarning Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga va uni to‘g‘irlash zaruratiga, jumladan uning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini taʼminlashga taʼsirining tahlili;
tasdiqlangan rejaga muvofiq nazorat turlari va tartib-taomillarni tuzatish va korrupsiyaga qarshi tizimning ishonchliligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida samarasiz nazorat turlari va tartib-taomillarni aniqlash uchun Institutning ichki jarayonlari va funksiyalarini tanlov asosda monitoring qilish;
ichki va/yoki tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish davomida Institut xodimlarining korrupsiyaga qarshi talablarga rioya etishlarini nazorat qilish;
IKQKNQB zimmasiga yuklangan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va lozim darajada amalga oshirilishini nazorat qilish;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish tadbirlarining yakunlari va natijalari Institut direktoriga beriladigan hisobotlarda aks ettiriladi;
i) qonunbuzarliklarga nisbatan javob harakatlari va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish.
Mazkur Siyosatga amal qilish va Institutning korrupsiyaga qarshi tartib-taomillariga rioya qilish har bir xodimning o‘z lavozim majburiyatlarini bajarish doirasidagi majburiyati hisoblanadi. Xodimlar belgilab qo‘yilgan talab va tartib-taomillarni buzganliklari uchun shaxsan javob beradilar.
O‘rnatilgan korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarni buzgan Institut xodimlari Institutning ichki hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartib va asoslarda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xodimlar o‘z rahbariga va Institutning Ichki korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish bo‘limiga ularni korrupsiyaviy harakatlarini sodir etishga undash maqsadida murojaat qilgan shaxslar bilan bog‘liq, shuningdek ularga maʼlum bo‘lgan boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlarga oid barcha holatlar to‘g‘risida xabar berishlari lozim.
Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyilini hisobga olgan holda Institutda xodimlar tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilganligiga doir har bir asosli gumon bo‘yicha Institut ichki hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi. Korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalarini va/yoki mazkur Siyosat va Institutning boshqa ichki hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarni buzgan Institut xodimlari lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qatʼi nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Institutning.
Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda Institut ularning yuzaga kelish sabablari va imkoniyatlarini tahlil qiladi va doimiy ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirib boradi.
Institut korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni aniqlash va tergov qilish uchun huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.
4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari
Yüklə 62,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin