O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169
Fuqarolik jamiyati

4.
 
 Jamoatchilik nazorati tizimi 
Jamoatchilik nazorati juda qadim zamonlardan buyon mavjud. Masalan, ibtidoiy jamoada 
shaxs xulqini jamoa nazorat qilgan. Agar shaxs xulq-atvorida jamoa tomonidan qabul qilingan 
me’yorlardan og‘ish bo‘lsa, jamoa a’zolari turli sanksiyalar yordamida uning xulqini tegishli 
tomonga o‘zgartirgan. 
O‘zbekistonda qadimdan o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lgan mahalla nazoratchilik 
funksiyalarini ham bajargan. Bunday funksiyani mahalla jamoasi yuqoridan tushirilgan 
farmonlar, buyruqlar va boshqa huquqiy me’yorlarga munosabat bildirish shaklida ifodalagan. 
Jamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fanga 
ijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur 
tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun 
qo‘llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha 
kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz 


218 
berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy 
me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi. 
Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida 
deviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
YUqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jamoatchilik nazorati ijtimoiy tizimning 
o‘zini o‘zi tartibga solish usulidir. Mazkur usul huquqiy me’yorlar yordamida hamda mazkur 
tizimning tarkibiy qismlari orqali tartib va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. 
Jamoatchilik nazoratining xarakteri, mazmuni, yo‘naltirilganligi mazkur ijtimoiy tizimning 
xarakteri, mohiyati va tipi bilan belgilanadi. Jamoatchilik nazorati ibtidoiy, arxaik jamiyatlarda 
hozirgi rivojlangan industrial jamiyatlardagiga nisbatan mutlaqo o‘zgacha xususiyatga ega 
bo‘ladi. Arxaik jamiyatlarda u sodda tuzilmaga ega bo‘lsa, industrial jamiyatlarda murakkab 
tizim sifatida namoyon bo‘ladi.
Sanksiyalar ― jamoatchilik nazoratining elementi. Alohida shaxslar va ijtimoiy 
guruhlarning xatti-harakatiga tezkor munosabat bildirish maqsadida jamiyat ijtimoiy sanksiyalar 
tizimini yaratgan. Sanksiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, alohida shaxs va ijtimoiy guruhlar
muassasa va tashkilotlarning xatti-harakatiga munosabatdir. Ijtimoiy sanksiyalar tizimining 
vujudga kelishi tasodifiy hol emas. Me’yorlar jamiyat qadriyatlarini himoya qilish maqsadida 
yaratilgan bo‘lsa, sanksiyalar ijtimoiy me’yorlar tizimini himoya qilish va mustahkamlash uchun 
xizmat qiladi. Me’yor sanksiya yordamida himoya qilinmasa, unga odamlar amal qilmay 
qo‘yadi.
Sanksiyalar moddiy va ma’naviy bo‘lishi mumkin. Moddiy sanksiyalar vazifasini jarima, 
mol-mulkni musodara qilish kabilar bajaradi. Ma’naviy sanksiyalar esa tanqidiy fikr, xayfsan, 
kesatiq, piching, izza qilish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Fuqarolik jamiyati institutlari 
ma’muriy va huquqiy sanksiyalarni qo‘llash vakolatiga ega emas. Ular faqat ma’naviy 
sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Lekin o‘rinli va to‘g‘ri qo‘llangan ma’naviy sanksiyalarning 
kuchi huquqiy sanksiyalar kuchidan kam bo‘lmasligi mumkin. 
YUqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, me’yorlar va sanksiyalar bir 
butunlikni tashkil qiladi. Birorta me’yor tegishli sanksiyalarga ega bo‘lmasa, u odamlar va 
ijtimoiy guruhlarning xulq-atvoriga ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bunday me’yor shior, chaqiriq 
bo‘lishi mumkin. Lekin, u jamoatchilik nazoratining tarkibiy qismi bo‘la olmaydi. 
Alohida shaxs yoki ijtimoiy guruh ijtimoiy me’yorlarga bo‘yinsunishni istamasa yoki 
ularni chetlab o‘tishga harakat qilsa, jamiyat majburlash choralarini qo‘llaydi. Hozirgi 
jamiyatlarda majburlash orqali nazorat qilishning qat’iy ishlab chiqilgan qoida va tizimlari 
mavjud. Mazkur tizimlar me’yorlardan og‘ishning tiplari va darajasiga ko‘ra, mutanosib ravishda 
qo‘llanadigan sanksiyalar yig‘indisidan iborat.
5.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin