O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169
Fuqarolik jamiyati

3.
 
Jamoatchilik nazoratining mohiyati 
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi. 
Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan yoki jamoatchilik nazorati etarli darajada kuchga ega 
bo‘lmagan mamlakatda fuqarolik jamiyati shakllanishini ham tasavvvur qilish qiyin. SHuning 
uchun mamlakatimiz Konstitutsiyasida jamoatchilik nazoratining mamlakatimiz fuqarolari davlat 
boshqaruvida ishtirok etishlarining muhim vositasi ekani e’tirof etilmoqda. Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilgan “Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi”da jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurligi alohida 
ta’kidlandi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro 
etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali 
huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan «
O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik 
nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni
qabul qilish fursati etdi.”
1
Jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalarini tahlil qilishdan avval “jamoatchilik 
nazorati” tushunchasining turdosh tushunchalar bilan umumiy jihatlari va tafovutlarini aniqlab 
olish lozim. Hozirgi kunda matbuotda va ilmiy adabiyotlarda “jamoatchilik nazorati”, “ijtimoiy 


213 
nazorat”, “fuqarolik nazorati” kabi atamalar ishlatilmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur 
atamalar ko‘pincha sinonim sifatida va ba’zan noo‘rin qo‘llanilmoqda. 
“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” tushunchalari bir-biriga juda yaqinday 
tuyuladi. Aslida ular o‘rtasida umumiyliklar bilan bir qatorda jiddiy tafovutlar ham mavjud. Ular 
o‘rtasidagi tafovutlar avvalo shundan iboratki,harbiy yuristlarning fikriga ko‘ra, fuqarolik 
nazorati armiya faoliyati ustidan jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazoratni anglatadi. 
Masalan, bizning mamlakatimizdaMudofaa vazirligi qoshida tuzilgan Jamoatchilik kengashi ana 
shunday nazoratni amalga oshiradi. SHu ma’noda fuqarolik nazorati noharbiy tashkilotlar 
tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining mamlakatimiz qonunlariga mosligi va maqsadga 
muvofiqligini nazorat qilishni bildiradi. Ikkinchidan, fuqarolik nazorati alohida shaxslar 
tomonidan Qurolli kuchlar faoliyatining Konstitutsiyaga, xalqaro shartnomalarga mosligi, 
shuningdek, Qurolli kuchlar tizimidagi ijtimoiy masalalarning huquqiy me’yorlarga mosligi 
ustidan o‘tkaziladigan nazoratni ham bildiradi.“Jamoatchilik nazorati” va “fuqarolik nazorati” 
tushunchalari o‘rtasidagi tafovut xuddi mana shu o‘rinda ko‘rinadi. Fuqarolik nazoratini hech bir 
jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lmagan fuqaro ham amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik 
nazoratini esa alohida fuqarolar emas, jamoat birlashmalari va ularning vakillari amalga oshiradi. 
“Jamoatchilik nazorati” va “ijtimoiy nazorat” tushunchalari o‘rtasidagi tafovut avvalo, 
shundaki, “ijtimoiy nazorat” tushunchasi mazmun doirasiga ko‘ra “jamoatchilik nazorati” 
tushunchasidan kengroq. Bu tushuncha tarkibiga “jamoatchilik nazorati” tushunchasidan tashqari 
davlat nazorati va fuqarolik nazorati ham kiradi. CHunki ular ham mohiyatan ijtimoiy 
nazoratning ko‘rinishlaridir.
Jamoatchilik nazoratiga turli-tumanta’riflar berilgan. Jamoatchilik nazoratining asosiy 
xususiyatlarini qamrab oladigan quyidagicha ta’rifdan foydalanish o‘rinliroq bo‘ladi: 
“Jamoatchilik nazorati ― jamoat birlashmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va baholash bo‘yicha yuritadigan 
faoliyat”.
Hozircha mamlakatimizda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinmagan 
bo‘lsa ham, shunday qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. 
Muhokama qilinayotgan Qonun loyihasida jamoatchiliknazoratining maqsadlari quyidagicha 
ta’riflanadi: “Jamoatchilik nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: 

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini 
ta’minlash; 

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash; 

jamiyat manfaatlarini himoya qilish”. 
Qonun 
loyihasida 
jamoatchilik 
nazoratiningvazifalari 
quyidagicha 
tavsiflanadi: 
“Jamoatchilik nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: 

davlat organlari va jamiyatning o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini 
ta’minlash; 

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunlarga, fuqarolarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning ta’minlanishi ahvoli 
to‘g‘risida fuqarolarni xabardor qilish; 

davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya qilmaslik 
holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni jamoatchilik yordamida 
bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; 

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida 
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining hamkorligi”. 
Fuqarolik jamiyati institutlari o‘z tashabbuslari bilan shakllanadigan va o‘zini o‘zi 
boshqaradigan institutlar hisoblanadi. Lekin ana shuo‘zini o‘zi boshqaradigan institutlar o‘ziga 


214 
o‘xshash boshqainstitutlar bilan mutanosib ravishda faoliyat yuritishlari uchun ular muayyan 
darajada rivojlangan bo‘lishlari kerak. SHuning uchun ham, fuqarolik jamiyati institutlari o‘sha 
muayyan darajaga etgunlaricha ularga davlatning madadi zarur bo‘ladi.
2014 
yilda 
Konstitutsiyamizga 
kiritilgan 
o‘zgarishlar jamoatchilik nazoratiga 
konstitutsiyaviy maqom berdi. Konstitutsiyamizning 32-moddasi endi quyidagi tahrirda bayon 
qilindi: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda 
bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini 
o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, 
shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va 
takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.”
2
Fuqarolarimizning jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarishda ishtirok etishlari davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishining Konstitutsiyada 
mustahkamlab qo‘yilishi jamoatchilik nazoratiga mamlakatimizda qanchalik katta ahamiyat 
berilayotganining belgisidir. 
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan 
bog‘liq tarzda rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati 
uchun kengroq imkoniyatlar va istiqbollar paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, jamoatchilik 
nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga olib keladi. 
Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilib 
bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. 
Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazorati rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishining 
sababi shundaki, tom ma’nodagi samarali, mustaqil va xolis jamoatchilik nazoratini iqtisodiy va 
siyosiy jihatdan erkin fuqarolar va ularning birlashmalarigina amalga oshirishi mumkin.
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
tub 
ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlar 
va 
modernizatsiyalash sharoitida jamoatchilik nazorati mazmunida ana shunday o‘zgarishlar o‘z 
ifodasini topadi. Bu esa faoliyat sub’ekti bo‘lgan har bir shaxs o‘z zimmasiga muayyan 
majburiyatlarni olish bilan birga, boshqalardan, davlat hokimiyati organlaridan ularning 
zimmasidagi majburiyatlarni, vazifalarni bajarishlarini talab qilishi mumkinligini anglatadi.
Mamlakatning barqaror rivojlanishida jamiyat va shaxsning munosabatlarini tartibga 
soluvchi asosiy mexanizmlardan biri bo‘lgan davlat nazorati muhim rol o‘ynaydi. Ayni paytda, 
jamiyat, undagi fuqarolik institutlari va barcha fuqarolar jamoatchilik nazorati orqali davlat va 
boshqaruv sub’ektlarining faoliyatini mavjud ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar, huquqiy andozalar 
yordamida nazorat qiladi.
Jamoat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari bilan birga nazorat ishlarini olib borishlari 
va zarur hollarda davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib 
borishlari ham mumkin. Bu ikki vaziyatbir-birini inkor qilmaydi.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining zarurligini buyuk 
allomalar va faylasuflar asoslab berishgan. Masalan, Aristotel o‘zining asarlarida xalqning 
mansabdor shaxslar va hukmdorlar ustidan nazoratini davlatning siyosiy baqarorligi hamda 
gullab-yashnashining eng muhim shartlaridan biri deb hisoblagan
3
.


215 
Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ham hukmdorlarning aholi oldida 
hisob berib turishlari va ularning qonunlarga so‘zsiz buysunishlari zarurligi alohida ta’kidlanadi.

SH.Monteske jamiyat hukumatsiz mavjud bo‘la olmasligi, lekin mavjud qonunlar 
fuqarolarga hukumat faoliyati ustidan nazorat olib borish imkoniyati berishini ta’kidlaydi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-
harakatlar davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning 
dolzarbligini yanada oshirib yuboradi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov davlat boshqaruvi 
organlarifaoliyatining mavjud qonunlarga qay darajada mos kelishi yoki kelmasligini nazorat 
qilish zarurligiga ko‘p marta e’tibor qaratadi. 
Prezidentning demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolar jamiyatini 
rivojlantirish konsepsiyasida ta’kidlanganidek,“Qonunda jamoatchilik nazoratining turlari, 
shakllari va subektlarini, nazorat predmetini, uni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini, 
shuningdek, mazkur sohada amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun mansabdor 
shaxslarning javobgarligi shartligini belgilab qo‘yish zarur.”
5
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligi jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish uchun qulay sharoit yaratadi. Xuddi shuni hisobga olib, jamoatchilik nazoratini 
kuchaytirish maqsadida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini 
ta’minlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Mazkur qarorni bajarish yuzasidan Samarqand va 
Buxoro viloyatlarida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha 
eksperiment o‘tkazildi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. 
Birinchidan, davlat o‘zining bosh boshqaruv sub’ekti maqomini saqlagan holda jamoat 
tashkilotlari bilan aloqalarni yangi asosga o‘tkazmoqda. Endi, davlat o‘zining muayyan 
funksiyalarini jamoat tashkilotlariga o‘tkazmoqda, bir qator vakolatlarini, huquq va resurslarni 
ularga bermoqda. SHu yo‘l bilan davlat jamoat tashkilotlarining o‘zini o‘zi boshqarish 
imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ikkinchi tomondan, jamiyat jamoat tashkilotlarini rivojlantirish 
orqali ularningulkan salohiyatlarini mamlakatni boshqarish yo‘nalishida faollashtirmoqda.
Prezident Konsepsiyasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish fuqarolik jamiyati 
institutlari jamoatchilik nazorati yordamida davlat organlariga xalaqit bermagan holda davlat 
boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korrupsiyaga qarshi salohiyatini oshirishga, 
fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko‘rsatadi.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda huquqiy me’yorlar poydevor vazifasini bajaradi. 
Huquqiy me’yorlarning asos vazifasini bajarishi jamoatchilik nazoratining har bir qadami 
mavjud qonunlar asosida qo‘yilishini taqozo etadi. 
Jamoatchilik nazoratining mohiyat jihatidan huquqiy nazorat ekani fuqarolik jamiyatining 
tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to‘la mos keladi. Ayni paytda fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish, huquqiy davlatni yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan jamoatchilik 
nazoratining o‘zi ham mavjud qonuniy me’yorlarga asoslanishi lozim. 
 
Davlat organi o‘zining nazorat funksiyalarini amalga oshirishda jamoatchilik nazorati 
sub’ektlaridan kelib tushadigan axborotdan foydalanadi, jamoatchilik nazorati esa, o‘zining 
funksiyalarini ko‘pincha tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali amalga oshiradi. Ana 


216 
shunday o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimizda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining ochiqligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida 
hamda mazkur qonun loyihasini hayotga tadbiq qilish bo‘yicha Buxoro va Samarqand 
viloyatlarida o‘tkazilgan eksperiment davomida o‘zining yorqin ifodasini topdi. 
NNTlarning vujudga kelishi ob’ektiv voqelikning in’ikosi bo‘lib, hatto eng rivojlangan 
demokratik mamlakatlarda ham davlat o‘zining fuqarolariga o‘z organlari va mansabdor 
shaxslarining suiiste’molliklardan xoli ekaniga to‘la kafolat berolmaydi.
Demokratiya fenomenining yirik tadqiqotchilaridan bo‘lgan Aleksis de Tokvil demokratik 
tuzumning mohiyati hukumatning hokimiyatini cheklashda, deb talqin qilgan edi. Insonning 
huquqini hukumat emas, birinchi navbatda, qonun, shaxsning o‘zi va jamiyat himoya qilishi 
kerak. Demokratik jamiyatda jamoat birlashmalarining vujudga kelishi jamiyatni boshqarish 
qonunlaridan biri bo‘libgina qolmay, mutlaq zaruriy qonun hamdir. De Tokvilning fikriga ko‘ra, 
“Dunyodagi mamlakatlar orasida eng demokratik mamlakat fuqarolari maqsadga etishishda 
o‘zaro maslahatlashish asosida ish ko‘radigan va mazkur jamoaviy harakat usulini boshqalardan 
ko‘ra ko‘proq qo‘llaydigan mamlakatdir”
6
. Huquqni himoya qilish bo‘yicha tuzilgan jamoat 
tashkilotlari barcha mamlakatlarni tezkor, samarali va kam sarf bilan inson huquqlari 
muammosini hal qilishga ko‘maklashadigan va hokimiyat organlari suiiste’molliklaridan himoya 
qiladigan tashkilotlarga bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi.
Demokratik mamlakatlarda tuzilayotgan NNTlar bir qator umumiy funksiyalarga ega. 
Fuqarolarning talablarini ifodalash; so‘z erkinligini ta’minlash; jamoatchilikni davlatni 
boshqarish va demokratik jarayonlarda ishtirok etishga safarbar qilish kabilar ana shunday 
funksiyalar jumlasiga kiradi..
XX asr oxiriga kelib bir qator muammolarni hal qilishda, xususan, inson huquqlarini 
himoya qilishda NNTlarning ishtirokini ta’minlash xalqaro-huquqiy jarayonning uzviy tarkibiy 
qismiga aylandi. BMT doirasida inson huquqlariga oid asosiy hujjatlarni tayyorlashni 
NNTlarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin.
Jamoatchilik nazorati quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
- u jamiyat va uning alohida institutlarini boshqarish, jamiyatning barcha a’zolari 
ehtiyojlari va manfaatlarini uyg‘unlashtirish shakli sifatida namoyon bo‘ladi; 
- mamlakatdagi turli ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishda va bu 
manfaatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqishining oldini olishda muhim vosita hisoblanadi. 
- jamiyatdagi tezkor hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarishda jamiyatning kuch-
g‘ayratini birlashtirish va muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. 
- jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy me’yorlarning bajarilishini kafolatlaydigan vosita 
hisoblanadi.
Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi 
institutlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- mamlakatdagi turli ijtimoiy-madaniy hamda kasbiy guruhlarning manfaatlarini himoya 
qiluvchi siyosiy partiyalar. Saylovchilar saylov jarayonida u yoki bu partiyaga ovoz berar 


217 
ekan,ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini bavosita nazorat qiladi. Ayni paytda, ular ovoz 
bermagan partiyalarning faoliyatiga ishonchsizlik bildirgan hisoblanadi;
- mehnatkashlarning manfaatlarini taqdim va himoya qilish maqsadida tuzilgan kasaba 
uyushmalari; 
- notijorat xarakterga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlari va uyushmalarining turli-tumanligi. 
Mazkur uyushma va tashkilotlar davlat hokimiyati organlari oldida fuqarolarninghuquq va 
manfaatlarini taqdim qilish va himoya qilish maqsadida tuziladi; 
- mamlakatda jamoat-davlat tuzilmalarining mavjudligi. Bunday tuzilmalar qatoriga turli 
vazirliklar va idoralar qoshida tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari va uyushmalarini kiritish 
mumkin; 
- mamlakat hududida jamoatchilik hokimiyatining quyi bo‘g‘ini hisoblanadigan o‘zini o‘zi 
boshqarish organlarining mavjudligi. O‘zbekistonda ana shunday organlardan hisoblanadigan 
mahalla institutining faoliyati aholini o‘zining ehtiyoj va manfaatlarini qondirish va himoya 
qilish maqsadida uyushtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi; 
Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlaridan biri shundaki, jamiyat o‘sib va rivojlanib 
borishi jarayonida oddiy xalq va hokimiyat o‘rtasidagi bevosita aloqalar murakkablashib boradi. 
Masalan, qishloq joylarda har bir fuqaro qishloq oqsoqoli bilan bevosita muloqot qilish 
imkoniyatiga ega. SHaharlarda, ayniqsa, katta shaharlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bunday 
imkoniyatga ega emas. Bunday shaharlarda har doim vositachilar paydo bo‘ladiki, ular bir 
tomondan, xalqning ehtiyoj va kayfiyatini yuqori idoralarga etkazib tursa, ikkinchi tomondan, 
hokimiyat faoliyati to‘g‘risida aholiga axborot etkazib turadi. Ana shunday vositachilar 
jumlasiga ommaviy axborot vositalari, reklama va piar agentliklarini kiritish mumkin.SHundan 
xulosa qilib aytish mumkinki, xalq va hokimiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ikki turli 
bo‘lishi mumkin:
1.
Unchalik katta bo‘lmagan ijtimoiy tizimlar uchun xos bo‘lgan bevosita o‘zaro ta’sir. 
2.
SHaharlar va umuman, katta ijtimoiy tizimlarda hokimiyat va aholi o‘rtasida bavosita o‘zaro 
ta’sir vujudga keladi. Bunda vositachilik vazifasini ommaviy axborot vositalari, PIAR va reklama 
agentliklari kabilar bajarishadi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin