O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Diniy qadriyatlarni hurmatlash. 
Er kurrasida eng ko‘p tarqalgan, jahon xalqlarining asosiy qismi e’tiqod 
qiluvchi va jahon dinlari deb tan olingan dinlar: buddaviyliq xristianlik va islom dinidir. Din inson hayotida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi murakkab ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni ham bajaradi. Xususan, u 
aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilishga 
xizmat qiladi. Ayni paytda, har bir din turli urf-odat, marosim va bayramlar yordamida o‘z qavmi turmushini 
tartibga solish, nazorat kilishga ham xizmat qiladi. SHu bilan birga, dinda qabul qilingan urf-odatlarning unga 
e’tiqod qiluvchilar tomonidan o‘z vaqtida amal qilib borilishi ham shart qilib qo‘yilishini ta’kidlash zarur. Diniy 
bag‘rikenglik
 
(tolerantlik) – xilma-xil diniy e’tiqodida bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida 
hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya 
ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy 
bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir. 
Qadimdan diyorimizda buddaviyliq zardushtiyliq nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon 
yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharlarimizda masjid, cherkov, sinagogalar faoliyat 
ko‘rsatgan. Ularda turli millat, elat va dinga mansub xalqlar, qavmlar o‘z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. 
Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og‘ir davrlarida ham yurtimizdagi mavjud din vakillari orasida 
diniy asosda mojarolar bo‘lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag‘rikenglik borasida katta tajribaga ega 
bo‘lganidan dalolat beradi. 
Hozirda mamlakatimizda o‘n olti konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga 
o‘z diniy marosimlarini o‘tkazish va mamlakat hayotida faol ishtirok etish uchun zarur barcha shart-sharoitlar 
yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. 
Ma’lumki, dunyodagi dinlar asl mohiyatiga ko‘ra, ezgulik g‘oyasiga asoslanadi va tinchliq yaxshilik, 
do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni xalollik, poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka 
da’vat etadi. Inson hayotining asl maqsadi inson va tabiatga nisbatan odilona, oqilona munosabatda bo‘lish, 
doimo yaxshi, savobli ishlarni amalga oshirishdan iboratligini ta’kidlaydi. SHunday ekan, haqiqiy diniy qarashlar 
ortida diniy bag‘rikenglik yotadi. 
Butungi globallashuv tendensiyalari turli sohalarda tobora avj olayotgan, natijada u yoki bu hududda 
etakchi mavqega ega bo‘lish uchun goh yashirin va goh ochiqchasiga mafkuraviy, ayrim hududlarda geosiyosiy, 
geostrategik manfaatlar o‘zaro to‘qnashayotgan, bir-birlari bilan ziddiyatga kirishayotgan davrda diniy 
g‘oyalardan foydalanish ham ba’zi siyosiy «o‘yinchi»lar uchun asosiy omillardan biri deb qaralmoqda. Ayniqsa, 
ayrim mintaqalarda islom dinidan foydalanishga urinish keng avj olmokda. 
Bugun mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlari demokratok jamiyat qurish yo‘lidan jadal 
odimlab borishmoqda. Biroq buni istamayotgan xorijiy siyosiy kuchlar xalqlar o‘rtasiga nifoq solish, turli 
ekstremistik, buzg‘unchi g‘oyalarni bayroq qilib olib mintaqaviy birlik va hamjihatlikka putur etkazishga, islom 


210 
diniga azaliy xos bo‘lgan bag‘rikenglik, hamjihatlik, ezgulik kabi qadriyatlarga zid xatti-harakatlarni amalga 
oshirishga intilmoqdalar. Bu ijtimoiy taraqqiyot va demokratlashtirish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Diniy bag‘rikenglik, ya’ni nafaqat boshqa diniy konfessiya vakillariga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lish, 
balki diniy e’tiqod erkinligiga huquqiy jihatdan ega o‘z vatandoshlariga nisbatan ham bag‘rikeng, sabr-kanoatli 
bo‘lish demokratok jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Demokratok davlat aynan shunday tamoyilga 
tayanadi, diniy e’tiqod erkinligini kafolatlaydi. Diniy va milliy bag‘rikenglik demokratok davlat va jamiyatning 
muhim talabi ekanining yana bir muhim jihati shundaki, bag‘rikenglik fuqarolararo totuvlikni ta’minlaydi, 
jamiyatda tabiiy ravishda uchraydigan ijtimoiy farqlarning keskinlashuviga, ijtimoiy nizolarning yuzaga kelishiga 
yo‘l qo‘ymaydi. Birinchi Prezidenti Islom Karimov shu munosabat bilan milliy g‘oyamiz salohiyatidan to‘laroq 
foydalanish zarurligini ta’kidlar ekan: «Milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil 
inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini 
bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga 
qo‘yish, ularni yangi boskichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk 
dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat»
253
, — deb yozadi. 
Diniy bag‘rikenglik demokratik davlat qurish uchun, demokratik ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun 
ham nihoyatda zarur. Diniy bag‘rikenglik mazmun-mohiyatining o‘zi fuqarolar o‘rtasida o‘zaro tenglik, 
hamkorlik va hamjihatlik munosabatlari bo‘lishini taqozo etadi. Buni «diniy bag‘rikenglik» atamasiga berilgan 
ta’rifdan ham bilsa bo‘ladi. «Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati»da «diniy 
bag‘rikenglik»ka qo‘yidagicha ta’rif berilgan: «xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va 
niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini 
anglatadi»
254
. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini 
nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning 
muhim shartidir, deb baho beriladi. 
Bag‘rikenglik din uchun, diniy e’tiqod erkinligi uchun tabiatan xos xususiyat. Mamlakatimizda 
demokratizm tamoyili aynan shu paradigmaga asoslanadi. Bunga binoan, islom diniy e’tiqodi tabiatan va tarixan 
erkin e’tiqod. Ushbu holat islom dinining muqaddas manbai – Qur’oni karimda g‘oyaviy jihatdan 
mustahkamlangan. Xususan, «YUnus» surasining 99-oyatida shunday deyilgan: «Agar Rabbingiz xohlasa edi, 
Er (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo‘lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo‘min bo‘lishlariga 
majbur kilasizmi?!»
255
Ushbu oyat islom dinining asl moxiyagi tolerantliq ya’ni diniy bag‘rikenglikka 
asoslanishi, e’tiqod erkinligi islomda ustuvor ekanini isbotlaydi. Islomga majburan, jazo yo‘li bilan kiritish 
kat’iyan man kilinadi. Bunga «Nahl» surasining 125-oyati ham asos bo‘ladi: («Ey, Muhammad!) Rabbingizning 
yo‘li(dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat eting! Ular bilan eng go‘zal uslubda munozara qiling!»
4
Ushbu oyatlar mazmuni kishini diniy ekstremizmning islom diniga batamom zid bo‘lgan zo‘ravonlik 
mohiyatini anglashga, diniy bag‘rikengliq odamoxunlik, ya’ni insonparvarlik tomon yuz tutishiga olib keladi. 
Din haqida yuzaki tasavvur va bilimga ega bo‘lgan kishi esa, aksincha, jaholat botqog‘iga botadi, manfur siyosiy 
maqsadlarni ko‘zlab sodda kishilarni yo‘ldan uruvchi «da’vatchi» unsurlarga aldanadi. «G‘oyaga qarshi – g‘oya, 
jaholatga qarshi – ma’rifat» shiorining asl mazmuni kishilarga, jamiyatga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, uni ekstremizm 
yo‘lidagi fojialardan qutkarishdir. Islom dini shunday bag‘rikenglikni targ‘ib qiladiki, unga ko‘ra inson biron bir 
jonzotga zarar etkazmasligi darkor. Bu g‘oyani Qur’oni karimning «Moida» surasida uchratamiz. Ushbu 
253
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. Б.75. 
254
Қаранг: Миллий ғоя: тарғибот технологиялари ва атамалар луғати. – Т.: Академия, 2007. Б. 136. 
255
Қуръони карим маъноларининг таржима ва тафсири. Таржима ва тафсир муаллифи: Шайх Абдулазиз Мансур. – Т.: 
«Тошкент ислом университети, 2006. Б. 220. 


211 
suraning 32-oyatida: «Biror jonni o‘ldirmagan va yoki Erda (buzg‘unchilik va qarokchilik kabi) fasod ishlarini 
qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o‘limdan 
qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir»
256
, deyilgan. 
Bir so‘z bilan ifodalaganda, diniy ma’rifat va bag‘rikenglikni rivojlantirish demokratik, ochiq jamiyatni 
shakllantirish uchun g‘oyaviy asos bo‘ladi, hech qandayekstremizm va terrorizmga o‘rin qoldirmaydi. CHunki 
bunday sharoitda diniy ekstremizm va terrorizm uchun ma’naviy asos, baza yo‘qoladi, jamiyatda sog‘lom 
ma’naviy-g‘oyaviy muhit qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning katta ahamiyati bor. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin