O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   169
Fuqarolik jamiyati

 


205 
2.
 
Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni 
 
Diniy bag‘rikenglik
bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning 
alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, 
samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy 
jihatdan muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy hamkorlik 
qilib kelgani erli xalqning diniy va madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan va o‘ziga xos turmush tarzini 
shakllantirishda muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Millati va diniy qarashlaridan qat’iy nazar, insonni 
ardoqlash va o‘zgalarni qadrlash, kattalarga hurmat va boshqalarni izzat qilish kabi tuyg‘ular xalqimizning 
nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, balki diniy bag‘rikengligining ma’naviy asosini tashkil qiladi. 
Bugun ham O‘zbekiston diniy bag‘rikenglik va dinlararo muloqot borasida butun dunyoga namuna 
bo‘lmoqda. Bu haqda Moskva va Butun rus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton, AQSHning 
sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya Qirolligi SHahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari 
vaqtida ta’kidlab o‘tishgan. Turli dinlarning yonma-yon yashashi, fuqarolarda diniy bag‘rikenglik his-
tuyg‘ularinig shakllanishi muhimligini ajdodlarimiz yaxshi anglaganlar. O‘zbekiston hududida islomgacha 
zardushtiylik bilan birga buddaviylik, xristianlik, yaxudolik, moniylik, otashparastlik, sehrgarlik, havoriylik kabi 
dinlarga e’tiqod qiluvchilar murosayu madora bilan yashab kelganlar. Markaziy Osiyo mintaqasida diniy e’tiqod 
egalarining to‘qnashuvi, urushi bo‘lmagani tasodifiy emas. Islom diniga e’tiqod mustahkamlangan sharoitlarda 
ham taraqqiyparvar ulamolar, siyosatchilar, davlat arboblari diniy zaminda janjallar chiqishiga yo‘l qo‘ymaganlar. 
Qur’oni Karim “Baqara” surasining 276-oyatidagi “dinda zo‘rlik yo‘q” degan qoida ular uchun dasturulamal 
bo‘lgan. CHor Rossiyasi hukumati XVI asr oxiridan qadimiy udumchilarni quvg‘in qilganda, ularning ko‘pi 
O‘zbekistonga qochib kelib yashagan. XIX asrning 40 yillarida mennonitlar – nemislar chorizm ta’qibidan 
qochib, Xivaga joylashganlar. Markaziy Osiyoda diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalangan bobokolonimiz Amir 
Temur barcha mamlakatlarda diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilib qolmasdan, balki uni amalda namoyon bo‘lish 
ishiga bosh-qosh bo‘lgan.
Bobur va Boburiylar ham Hindistonda vijdon erkinligini amalda namoyon qildilar va shu siyosatni 
yurgizdilar. Diniy e’tiqod tufayli fuqarolar o‘rtasida janjallar chiqishi mumkin emasligi, bu barcha dinlarning 
muqaddas kitoblari mazmun-mohiyatidan kelib chiqishini mafkuraning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib 
belgiladilar.
XVIII asrda fransuz ma’rifatparvarlari vijdon erkinligi tushunchasiga falsafiy ma’no berib, uni fuqarolar 
erkinligining tarkibiy qismi ekanini isbotladilar. SHundan so‘ng, bu g‘oya G‘arbiy Ovro‘pa mamlakatlariga 
yoyilib, asta-sekin davlatlar Konstitutsiyalarida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi, demokratik davlatlar dinga 
munosabatining huquqiy sohasiga aylandi. Demak, vijdon erkinligi aslida inson huquqlarini va erkinligining 
tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyatga molikdir. U har bir jamiyatda yashaydigan turli millat, elat va e’tiqod 
egalarining hamnafas bo‘lib yashashi uchun huquqiy kafolatdir. Vijdon erkinligi dunyoqarash bilan uzviy bog‘liq 
holda namoyon bo‘ladigan turli yo‘nalishdagi imon-e’tiqod egalari o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosi 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida vijdon erkinligiga doir moddalar hamda “Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatinihar bir fuqaro, ayniqsa, boshqaruv tizimida 
ishlayotgan barcha kishilar hamda ruhoniylar bilib olishlari, unga qat’iy amal qilishlari ijtimoiy zaruratdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir 
inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni 
majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” deyilgan. Demak, fuqarolar o‘z vijdoni amr qilgan xohlagan dinga 
e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmasliklari mumkin. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar 


206 
to‘g‘risidagi qonunga binoan, hozir O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiya, jumladan islom, xristian, yahudiylik va 
boshqa dinlar vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab, o‘zlarining diniy e’tiqod amallarini erkin ado etib 
kelmoqdalar. Respublikada 2250 dan ortiq diniy tashkilot, shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, rus 
pravoslav cherkovi, Toshkent va O‘rta Osiyo, Evangel xristian baptistlar cherkovlari ittifoqi, Rim katolik 
cherkovi, to‘liq injil xristianlar markazi, O‘zbekiston bibliya jamiyati, 2000 ga yaqin masjid, 163 ta xristian 
cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta baxoiylar jamoasi, 2 ta krishnani anglash jamiyati va 13 diniy o‘quv yurti, 
(1 ta islom ma’xadi, 10 madrasa va 1 provaslav va 1 ta to‘liq injil xristian seminariyasi) davlat ro‘yxatidan o‘tgan.
O‘zbekiston o‘zining mustaqil taraqqiyoti davomida barcha sohalarda erishgan yutuqlarini butun dunyoga 
namoyon qila olmoqda. Buni dunyo hamjamiyati vakillarining e’tirofidan ham bilsa bo‘ladi. 
O‘zbekistonni xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi 2007 yilda Islom Konferensiyasi 
tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasi (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Toshkent 
shahrini islom madaniyati poytaxti deb elon qilinishida ayniqsa yaqqolroq namoyon bo‘ldi. 
SHu munosabat bilan 2007 yil 14-15 avgustda O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok 
etgan xorijlik mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar borasida muhim fikrlarni bildirganlar. 
Jumladan, Tunisdagi Zaytuna universiteti rektori Salim Buvahiy fikriga ko‘ra “O‘zbek zaminida etishib chiqqan 
ulamolar islom madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo‘shganini butun islom olami e’tirof etadi. Imom al-
Buxoriy, Abu Lays Samarqandiy, Imom at-Termiziy kabi ko‘plab buyuk mutafakkirlarning boy merosidan butun 
dunyo ahli asrlar osha bahramand bo‘lib kelmoqda”.
Pokistonning Islomobod arab tilidagi qo‘lyozmalar markazi direktori Ahmad Xon O‘zbekistonga nisbatan 
shunday iliq so‘zlarni izhor etadi: “Istiqlol yillarida mamlakatingiz rahbari tomonidan ajdodlaringiz qoldirgan 
ilmiy-ma’naviy, noyob va boy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va targ‘ib qilish hamda kelgusi avlodlarga 
etkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga havas qilsa arziydi. Toshkent konferensiyasida Imom al-
Buxoriy ijodi va faoliyati, u qoldirgan boy merosni Pokistonda o‘rganish va targ‘ib qilishga oid mavzudagi 
ma’ruza bilan ishtirok etish niyatidaman”. 
Birlashgan Arab Amirliklari appelyasiya sudi sudyasi Hasan Abdulg‘affor al-Homidiy ilk taassurotlarini 
shunday bayon qildi: 

ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon 
qilinishi xalqaro miqyosdagi juda katta adolatli ish bo‘ldi. Zero, poytaxtingizning, butun O‘zbekistonning islom 
sivilizasiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Bu muqaddas zaminda islom madaniyati taraqqiyotiga ulkan 
hissa qo‘shgan ko‘plab buyuk siymolar etishib chiqqan. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhonuddin 
Marg‘inoniy, Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ mutafakkirlar qoldirgan bebaho meros asrlar osha insoniyat 
tafakkurining rivojiga xizmat qilib kelmoqda. O‘zbekiston qadimiy yodgorliklar, muqaddas ziyoratgohlar va 
tarixiy obidalarga juda boyligi bilan ham dunyoga mashhur”. 
Quvayt xalqaro xayriya jamg‘armasi va Osiyo musulmonlari qo‘mitasi ijrochi direktori Abdurahmon 
Avoziy quyidagi fikrlarni bildiradi: “O‘zbekistonga ilk bor kelgan bo‘lsam-da, mamlakatingiz tarixi va 
madaniyatiga oid ko‘plab kitoblarni o‘qiganman. YUrtingizda din, madaniyat, ilm-fan va ta’lim kabi ko‘plab 
sohalar istiqlol yillarida izchil ravnaq topayotganidan boxabarman. ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda 
islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi biz, quvaytliklarni ham nihoyatda quvontirdi. Bosh kentingiz 
bunday sharafli unvonga munosibdir.
Toshkent konferensiyasiga tashrif buyurganimizdan asosiy maqsad dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan 
bu anjumanga keladigan islomshunos olimlar bilan yaqindan tanishish, ular bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga 
qo‘yishdan iborat. Islom dini tinchlik, ezgulik, salomatlik, o‘zaro mehr-oqibat dinidir. SHu bois mamlakatingizda 
Prezident Islom Karimov rahnamoligida diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini 
alohida ta’kidlamoqchiman. O‘zbekiston bilan Quvayt o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanmoqda. Quvaytda 
O‘zbekiston madaniyatiga va tarixiga qiziqish juda katta. Quvaytliklar o‘zbek zaminida tug‘ilib o‘sgan Imom al-
Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhonuddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalarning hayoti va ijodini, asarlarini 
katta qiziqish bilan o‘rganadilar.” 
“Al-Alamiya” gazetasi bosh muharriri Saloh G‘adr Sajid Sulton fikriga ko‘ra “O‘zbekistonga joriy yilning 
iyun oyidagi tashrifim chog‘ida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi go‘zal shaharlardagi ko‘plab 
me’moriy obidalarni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo‘lgan edim. YUrtingizda Prezident Islom Karimov 
rahnamoligida ajdodlaringizning boy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish, madaniy yodgorliklarni ta’mirlash va 


207 
asrab-avaylash, ta’lim, fan va madaniyat kabi sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli islohotlar o‘z samaralarini berayotgani tahsinga loyiq.
O‘zbekistondan, ayniqsa, ta’lim sohasida o‘rnak olsa arzigulik jihatlar juda ko‘p. YUrtingizga avvalgi 
tashrifim chog‘ida Hazrati Usmon (r.a.)dan yodgor – Qur’oni Karimning noyob qo‘lyozma nusxasi – “Usmon 
Mushafi”ni ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘lgan edim. SHuni ta’kidlamoqchimanki, “Al-Alamiya” 
gazetasida O‘zbekiston haqida ko‘plab maqolalar chop etganman va bundan keyin ham ushbu go‘zal diyordan 
olgan taassurotlarimni arab ahliga matbuot orqali etkazishini o‘z burchim, deb bilaman. Go‘zal Toshkent azaldan 
islom madaniyati poytaxti bo‘lib kelgan va doim shunday bo‘lib qolishiga aminman”. 
YAponiyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari instituti ijrochi direktori Tetsuji Tanaka: “SHunday 
yirik xalqaro anjumanda ishtirok etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘zbekistonda Prezident Islom 
Karimov rahnamoligida qadimiy obida va me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, tiklash va ta’mirlash 
borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xayrli ishlar tahsinga loyiqdir. Ikki oy avval yurtingizga 
kelganimda “Hazrati Imom” majmuini ziyorat qilgan edim. Qisqa fursat ichida yangidan bunyod etilgan ushbu 
majmua menda nihoyatda katta taassurot qoldirdi. ISESCO tomonidan Toshkentning 2007 yilda islom 
madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi mamlakatingizda istiqlol yillarida milliy-madaniy qadriyatlarni tiklash 
borasida qilingan betimsol ishlarning, islom madaniyati rivojiga ajdodlaringiz qo‘shgan ulkan hissaning xalqaro 
e’tirofidir.
Tokio jamg‘armasining katta tadqiqotchisi, YAqin SHarq va islom masalalari bo‘yicha mutaxassis 
YOshiaki Sasaki: “O‘zbekiston jahon ilm-fani va islom madaniyati taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan Imom 
al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Burhonuddin Marg‘inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi buyuk siymolari, 
qadimiy me’moriy yodgorliklari, tarixiy obidalari bilan dunyoga mashhur. YAponiyada islom diniga e’tiqod 
qiluvchilar Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarni katta qiziqish bilan o‘qib-o‘rganadilar.
YAponiya Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada 
kengaytirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Kelgusida o‘zaro aloqalarimiz barcha sohada 
yanada ravnaq topishiga ishonaman”. 
O‘zbekiston mustaqillik davrida jamiyat hayotining barcha sohalarida erishgan yutuqlarning xorijlik 
mutaxassislar tomonidan e’tirofiga doir misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Lekin buning uchun bitta kitob 
sahifasi etarli emas. 
Mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab yurtimizda dinlararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash 
bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
qonun qabul qilinib, diniy bag‘rikenglik fuqarolar totuvligining muhim omillaridan biriga aylandi. Mustaqillik 
yillarida din mavzuida qator simpoziumlar, chunonchi, muhim sanalar, butun dunyoga mashhur mutafakkir 
allomalarimizning yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi. 
Islom dinining boy merosini chuqur o‘rganish maqsadida 1995 yil Toshkentda Islom tadqiqotlari xalqaro 
markazi tashkil etildi. 1999 yil aprelida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Toshkent islom universitetini 
tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 2007 yilda ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi xalqaro Aysesko 
tashkiloti tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti, degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. Toshkent 
shahridagi Xazrati imom majmuasi, Toshkent islom universitetida qisqa vaqt davomida amalga oshirilganishlar 
yana bir karra o‘zbek xalqining bunyodkorlik salohiyatini butun dunyoga namoyon etdi. 
Ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzotning yuksak ideallar, haq va 
haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida 
mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz 
qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, miliy ma’naviyatimiz va turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, 
urf-odat va an’analarimiz, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat 
singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlarni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib 
kelmoqda. 


208 
Mustaqillik yillarida respublikamizda Qur’on (uch marta), Qadimgi Ahdning 16 kitobi va YAngi Ahd 
to‘laligicha o‘zbek tiliga o‘girilib, nashr etildi. 
2004 yil 21 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Respublika Ko‘rlar jamiyati bilan 
hamkorlikda tayyorlangan Brayl yozuvidagi Qur’oni karim kitobi taqdimot marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston 
mazkur xayrli amaliyotni amalga oshirgan jahonning uchinchi mamlakati bo‘ldi. Bugungi kunda 
mamlakatimizda 24 mingga yaqin ko‘zi ojizlar istiqomat qilmoqda. Endilikda maxsus maktab-internatlar
kutubxonalar hamda barcha istak bildirganlar mazkur Qur’ondan foydalanishlari mumkin. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin