198
salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etishga doir amaliy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish hamda
takomillashtirib borish zaruriyati ortib bormoqda. Bunda respublikamizdagi etnik guruhlarning samarali faoliyatiga keng
imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, mazkur jarayonga globallashuvning ta’sirini ham e’tibordan soqit qilmaslik lozim.
Zero, bugungi kunda nafaqat global tarmoqlarda balki xorijiy OAVda ham Markaziy Osiyo
mintaqasidagi millatlararo
munosabatlarni o‘zgacha talqin qilish holatlari ham uchrab turibdi. Bu axborot xurujining asosan tashqi siyosiy kuchlarning
buyurtmasi bilan amalga oshirilayotgani hamda mintaqadagi millatlararo munosabatlarni keskinlashtirishga
yo‘naltirilayotgani mazkur masalaga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. CHunki Markaziy Osiyo mintaqasida yashab
kelayotgan xalqlar o‘rtasida hech qachon o‘zlariga tegishli hududning jo‘g‘rofiy o‘rni borasida norozilik kayfiyati
tug‘ilmagan. Mahalliy xalqlarning asosiy qismini tarixan o‘zlariga tegishli hududlarda yashab kelgan bo‘lsa, ularning ma’lum
qismi chegaralash natijasida tarixiy vatanlarining ma’muriy chegarasidan tashqarida qolib ketgan. O‘zbekiston atrofidagi
deyarli barcha chegara xududlarida turli millatga mansub mahalliy xalqlar birgalikda istiqomat qilib kelmoqda.
Bugun millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bir davlat hududida kechadigan hodisalar emas, ular xalqaro,
ayniqsa mintaqaviy ahamiyat kasb etadi.
SHu nuqtai nazardan qaraganda, etnosiyosat milliy davlatlar tomonidan ishlab
chiqilsa va amalga oshirilsa-da, u mudom xalqaro yoki mintaqaviy rezonans beradigan hodisaga aylanib bormoqda.
Millatlararo munosabatlar fuqarolik jamiyatini harakatga keltiradigan, unda inson huquq va erkinliklari amal qilishini
ta’minlaydigan institutlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Har bir institut faoliyati yoki hukumat qabul qiladigan qarorlar
o‘zidan-o‘zi reallikka aylanmaydi. Agar jamiyat polietnik xususiyatlarga ega bo‘lsa, undagi institutlar faoliyati qabul
qilinadigan qarorlar millatlar va elatlar vakillarining diqqatini tortmay qolmaydi.
Demokratik jamiyat - bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. CHinakam demokratiyaning oliy mazmuni-shaxslararo,
millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat
hokimiyati tinch-totuv yashaydi.
Fuqarolik jamiyati shakllanib borayotgan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash va
rivojlantirishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim.
Birinchidan, millatlararo munosabatlarni ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan hal etish jahon xalqlarining, ayniqsa
polietnik davlatlarning global muammolardan biridir. Angliyada Olster, Fransiyada Korsika, Ispaniyada Kataloniya, Italiyada
Janubiy Tiroliya, Belgiyada Flamandiya, Xitoyda Uyg‘ur avtonom tumani va Tibet, Bolgariyada turklar, Turkiyada kurdlar,
Ukrainada Donetsk hamda Lugansk milliy nizolarga, ijtimoiy etnik to‘qnashuvlarga sabab bo‘lib keladi. Sobiq SSSR va
sotsialistik lagerning tarqalishi bilan uning o‘rnida paydo bo‘lgan mustaqil davlatlarda, ayniqsa YUgoslaviya, Ruminiya,
Vengriya, CHexoslovakiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Gruziyada millatlararo to‘qnashuvlar avj oldi. Hattoki, eng rivojlangan
AQSHdek davlatda ham milliy-etnik muammolar mutlaq hal etilmagan. O‘z navbatida bugungi kunda global o‘zgarishlar
sharotida yuzaga kelayotgan imkoniyatlardan foydalanishda turli davlatlar o‘rtasida keskin tafovutlar ham uchrab turibdi.
Mazkur jarayon, avvalo, qudratli davlatlarga o‘z geosiyosiy manfaatlarini qondirishda ulkan afzalliklarni yuzaga keltirmoqda.
Bunday geosiyosiy manfaatlar esa iqtisodiy tafovutlarning kuchayishiga, nisbatan kam rivojlangan davlatlarning iqtisodiy
jihatdan qudratli mamlakatlar tamonidan iqtisodiy asoratga solishiga omil bo‘lmoqda. Oqibatda
mazkur tendensiyadan
norozilik kayfiyati millatlararo munosabatlar sovuqlashishiga ham olib kelmoqda. O‘z navbatida iqtisodiy jihatdan qudratli
millatlarning iqtisodiy dastaklar hamda OAV yordamida o‘z qadriyatlar tizimini o‘zga millatlar turmush tarziga singdirishga
urinayotganligi, tabiiy ravishda, norozilik kayfiyatlarining, mazkur millat vakillariga nisbatan salbiy munosabatning
shakllanishiga zamin yaratib bermoqda.
Ikkinchidan, bugungi global taraqqiyot migratsion jarayonlarni kuchayishiga ham olib kelmoqda. Natijada, dunyo
davlatlari tobora ko‘pmillatli xarakter kasb etib bormoqda. Mazkur tendensiya, o‘z navbatida,
jamiyatdagi ijtimoiy
munosabatlar tizimi murakkablashuviga, milliy munosabatlarda yangidan yangi muammolarning yuzaga chiqishiga olib
kelmoqda. SHuningdek, muayyan mamlakatlarda chet elliklarning haddan tashqari ko‘payib ketishiga qarshi titul millatlarda
o‘z ustunligini saqlab qolish uchun favqulodda choralar qo‘llash da’vatlari, millatchilik kayfiyatlarini kuchayishi
kuzatilmoqda. YA’ni, global etnik munosabatlar tizimidagi uyg‘unlashuv «bir xil odatlar, umumiy prinsiplar bo‘yicha
yashash, umumiy qadriyatlarga asoslanish, bir xil an’analarga va axloq normalariga bo‘ysunish, qoidalarni birxillashtirishga
intilish»
247
muayyan millatlarning milliy turmush tarzi, milliy ma’naviyatlarining emirilishiga olib kelmoqda.
Ushbu
vaziyatda milliy o‘zlikni saqlash instinkti, ko‘p hollarda, milliy mahdudlikka, o‘zga qadriyatlar tizimini yoppasiga, ko‘r-
ko‘rona inkor etilishiga yoki milliy nigilizm kuchayishiga ham sabab bo‘lmoqda.
247
Қобилов Ш. Глобаллашув ва хавфсизлик. –Тошкент: Ўзбекистон Республикаси ИИБ
Академияси, 2006. – Б.12.
199
Uchinchidan, millatlararo munosabatlarda o‘zaro totuvlik va barqarorlikni mustahkamlash
mamlakatimizning
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqiyotiga xizmat qiladigan g‘oyat muhim omildir. Zero, jamiyat tomonidan uning
parchalanishi va beqarorlashuvi uchun kuchli omil sifatida yuzaga keladigan millatlararo manfaatlarning to‘qnashuviga olib
keladi. Millatlararo munosabatlardagi o‘zaro tenglik, samimiylikka asoslangan totuvlik va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi
bag‘rikenglik taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligi xalqimiz ongi va qarashlarida shakllangan hamda
hayotimizning real amaliyotiga aylanayotgan bir sharoitda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan
samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, XX asr oxirlarida sobiq Sovet tuzuminingmilliy masalabo‘yicha olib borgan siyosatidagi xatolar, milliy
manfaatlar borasidagi nohaqliklar oqibatida yuzaga kelgan parokandalik, turli Respublikalar singari mamlakatimizda ham
sodir bo‘layotgan edi. Lekin, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov boshchiligidagi hukumatrahbariyati
olib borgan oqilona siyosat oqibatida tog‘li Qorabog‘, Gruziya singarihududlarda sodir bo‘lgan voqealar O‘zbekistonda
bo‘lib o‘tmadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular esa birgalikda O‘zbekiston
xalqini tashkil etadi. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida borayotgan ekanmiz,
millatlar orasida
totuvlikni maqsadli yo‘lga qo‘yishimiz darkor.
Beshinchidan, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashovchi xalqlar, millatlar va elatlarda o‘zligini anglash, o‘zining
etnomadaniyatini rivojlantirish, jahon xalqlari bilan integratsiyaga kirishib yashash imkoniyati paydo bo‘ldi.
248
O‘zbekistonda milliy davlatchilikni rivojlantirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasida
chuqur ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatda millatlararo munosabatlarni
mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirish uchun sog‘lom siyosiy muhit shakllandi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, ko‘pmillatli demokratik jamiyatda ko‘pincha millatlararo munosabatlar
davlat siyosatining asosiy komponenti sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy etnik jarayonlarning qulay rivoji jamiyat
taraqqiyotining asosini tashkil etar ekan, har qanday mavjud tizimdagi rasmiy siyosat etnik barqarorlikning
ta’minlanishi uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. CHunki etnik barqarorlik siyosiy muvozanatning saqlanishida
muhim o‘rin tutsa, siyosiy barqarorlik esa iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning kafolatidir.
Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, «Ko‘p millatli va ko‘p tilli mamlakatlarda o‘z davlatlariga
nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi etnik ozchilik o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo‘lib qolmoqda».
249
Inson huquqlari va uning qadr-qimmati etakchi o‘rinda turgan demokratik davlatda millatlararo munosabatlar
barqaror rivojlanadi. Millatlararo munosabatlar negizida esa har bir millatning o‘zaro aloqalari jamiyatning etnik
rivojini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlar rivojini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor qaratish
lozim: Birinchidan, millatlararo munosabatlar jamiyatning siyosiy-huquqiy barqarorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq
bo‘lib, u o‘z navbatida etnik muvozanatni va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydi. Ikkinchidan, jamiyatda har bir
millatning
urf-odat, an’ana, qadriyatlari singari o‘ziga xos xususiyatlari mavjudki, bu narsalar boshqalardan
hurmat va e’tiborni talab etadi. Uchinchidan, jamiyatda ma’aviy dunyoqarashning pastligi ya’ni boshqa millatga
nisbatan o‘z millatini ustun qo‘yish, o‘zga urf-odat, madaniyat va an’analarni mensimastlik ham millatlararo
munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyatining istiqbolini ta’minlash uchun milliy
madaniy markazlar va milliy tipdagi tashkilotlar faoliyatini umumdavlat va umumxalq manfaatlariga
muvofiqlashtirish hamda ularni milliy biqiqlikdan umumtaraqqiyot tomon yo‘naltirish lozim. Beshinchidan,
demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlarda muvozanatni ta’minlashda har bir millatga xos
etnopsixologiyani inobatga olish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: