O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Millatlararo totuvlik – milliy bosh g‘oyamizning asosiy tamoyili



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Millatlararo totuvlik – milliy bosh g‘oyamizning asosiy tamoyili. 
Millatlararo totuvlik g‘oyasi-milliy 
istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik 
248
Мусаев О. Мустақил ўзбекистонда миллатлараро муносабатлар. – Т.: “Ижод дунёси”, 2004. 11-18 б. 
249
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 69-70 б.


200 
vakillari bilan, avvalambor, o‘zbek millati va shu bilan birga o‘zlarining o‘rtasida ko‘p yillarga mo‘ljallangan 
ezgulik, ishonchlilik, do‘stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, 
murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini 
ifodalaydi. Bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub 
bo‘lgan kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik kabi munosabatlarning mavjudligini va shunday 
munosabatlarni qaror toptirish, mustahkamlashga qaratilgan fikr – millatlararo totuvlik g‘oyasining mazmun-
mohiyatining muhim jihatini tashkil qiladi. Bu g‘oya bo‘yicha, milliy g‘oyaviy va amaliy hamjihatlik ijtimoiy 
taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Diyorimizda asrlar davomida istiqomat qilib kelgan millat va elat 
vakillari o‘rtasida milliy adovat kuzatilmaganligi, bu g‘oyaning bir muhim tarixiy ildizidir.
Bu g‘oya jamiyatimizda to‘la-to‘kis amal qilishi uchun, u zarur bo‘lgan huquqiy qonunlar bilan 
ta’minlangan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan beri yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning tarixi 
mufassal ko‘rib chiqilsagina, millatlararo totuvlik g‘oyasining naqadar chuqur va baquvvat tomirlari 
mavjudligiga amin bo‘lishimiz mumkin bo‘ladi. Vaqti kelib, bu tomirlar to‘g‘risida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib 
boriladi va qanchadan-qancha badiiy asarlar yoziladi.
Millatlararo totuvlik g‘oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va 
ahamiyatini to‘g‘ri anglash uchun, Markaziy Osiyo xalqlarining kamida uch ming yillik madaniy va ma’naviy 
tarixini yaxshi bilishimiz talab qilinadi. SHuni yaxshi anglashimiz kerakki, hozir bu g‘oya jamiyatimizning 
barcha jabha va sohalarida uzul-kesil amal qilib kelishi tasodifiy bir hol emas, balki u zaruriy hodisa sifatida 
xalqimizning ongi va qalbida etishib, shakllanib, uning hayotida ming bor marta sinovlardan o‘tib, duri-
gavhardek baholanib va ma’qullanib kelgan. 
Quyidagi fikrlarda biz bu o‘zlikning ayrim muhim jihatlarini yoki boshqacha aytganda, millatlararo 
totuvlik g‘oyasining tarixiy ildizlarini qisqa ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni: 
a) Markaziy Osiyo hududida azaldan istiqomat qilib kelayotgan barcha millat va elatlar bir necha ming 
yillar davomida asosan bitta davlat miqyosida yonma-yon turib va birgalikda hayot uchun kurashib kelgan; 
b) ularni faqat uzoq yo‘llar va yo‘l azoblari ajratib turgan bo‘lsada, biroq ularning iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy-ma’naviy aloqalari va bir-biriga bo‘lgan turli xildagi o‘zaro ijobiy ta’sirlari tinimsiz davom etgan; 
v) bu xalqlar ming-ming yillar davomida umumiy bosqinchilar tomonidan ularga o‘tkazilgan sitam va 
azob-uqubatlarni birgalikda baham ko‘rgan, birgalikda kurashib ozodlikka erishishga muvaffaq bo‘lganlar; 
g) Markaziy Osiyoda joylashgan respublikalarning har biridagi ko‘pdan-ko‘p yoki deyarli barcha qishloq 
va shaharlarida turli millat va elat vakillari bir-birlari bilan yon qo‘shni va jon qo‘shni, bir jon va bir tan bo‘lib 
qudo-anda, tog‘ali-jiyan, yoru birodar va boshqa turdagi yaqinliklar o‘rnatilgani holda yashab kelganlar. 
Qadimdan beri Markaziy Osiyo hududida yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning madaniy-
ma’naviy birligi nihoyatda mustahkam va uning tarixiy tomirlari o‘ta chuqurdir. Bu birlik shu qadar boy 
mazmunga egaki, uni to‘laligicha ko‘rsatish uchun, bir nechta kitoblar yozishga to‘g‘ri keladi. Biz bu birlikning 
eng umumiy va muhim tomonlariga e’tibor beramiz.
YUqorida ko‘rsatilgan millat va elatlarning birligi quyidagilarda o‘z ifodasini topgan, ya’ni: 
-bir qismi qon-qarindosh bo‘lib ketganligida; 
-tillari bir-biri hisobiga boyib borib juda ham yaqinlashib borganligida; 


201 
-urf-odatlari, udumlari, marosimlari, taomillari, yurish-turishlari, hayot tarzi va boshqalari ham juda 
o‘xshash bo‘lib ketganligida. SHu tufayli aytish mumkinki, ular uchun O‘zbekiston nafaqat hududiy, iqtisodiy va 
siyosiy ma’nodagi Vatan, balki ularning umumiy urf-odatlari, an’analari, marosim va udumlari vatani hamdir 
(bu-etno-ma’naviy va mafkuraviy birliklardir); 
-doimo asosan bir xil diniy e’tiqodga ega bo‘lganligida; 
-turli xildagi yaqinliklari - qo‘ni-qo‘shnichiligi, quda-andaligi, bir joyda faoliyat kechirishi, bir-birlarining 
tillarini o‘zlashtirib olganligi va tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi hamda boshqalar, so‘z bilan ifodalab 
bo‘lmaydigan ko‘p millatli ijtimoiy go‘zallik va yuksak insoniylik muhiti shakllanganligida.
Sobiq Sovetlar davlati davrida millatlararo totuvlik g‘oyasi internatsionalizm tushunchasi bilan 
almashtirilib, millatlararo munosabatlar sovet va marksistik ideologiyasi nuqtai nazaridan, hukmron millat 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tushuntirilar edi. Bu davlatdagi barcha millat va elatlarning birligi va totuvligi 
«sovet xalqi» degan nom bilan nomlanib, uning mazmunida hech qanday milliy ma’no, o‘zlik mavjud 
bo‘lmagan.
Faxr bilan ta’kidlashimiz kerakki, hozir diyorimizda millatlararo totuvlik g‘oyasi milliy istiqlol g‘oyasining 
asosiy g‘oyalaridan biri sifatida davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ijtimoiy hayotimizning barcha 
jabhalarida to‘laqonli amal qilishi uchun kerakli bo‘lgan qonun-qoidalar qabul qilinmoqda va hokazo. 
SHuni ham esdan chiqarmasligimiz lozimki, jahon miqyosida mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashib
tahdidlar kuchayib borayotgan bir davrda Vatanimizda bu g‘oyaning uzul-kesil amal qilib borishi barchaga ham 
ma’qul bo‘lmoqda, deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir g‘animlarimiz, millatlararo totuvlik g‘oyasi Vatanimiz ravnaq 
topishining eng muhim omillaridan biri ekanligini juda yaxshi biladi va shuning uchun ham ular qanday 
bo‘lmasin, jamiyatimizdagi millatlararo munosabatlarni buzishga va ularning o‘rtasiga rahna solishga ming bor 
urinmoqdalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning fikriga ko‘ra «…g‘animlarimizning asosiy niyati – 
O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz 
barpo etayotgan faravon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan 
yo‘limizdan qaytarishdir»
250
. Islom Karimov o‘zining asarlarida «O‘zbekiston – yagona Vatan» g‘oyasini 
«O‘zbekiston – muqaddas Vatan», «Turkiston – umumiy uyimiz», «Vatan – yagonadir, Vatan - bittadir», 
«O‘zbekiston mening yagona va betakror Vatanim» kabi fikrlari bilan ham boyitdi. 
Hozirgi kunda yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning o‘rtasidagi mustahkam va sobit 
do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik, ahillik va xayrixohlik kabi boshqa ezgu munosabatlarning amal qilishi – 
jamiyatimiz taraqqiyotining eng muhim omillaridan biriga aylanib borayotganini iftixor bilan ta’kidlashimiz 
joizdir.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz o‘rinliki, millatlararo totuvlik g‘oyasi sho‘rolar tuzumi davrida aytilgan 
quruq balandparvoz gapdek bo‘lmasdan, balki bugungi kunda xalqimizni, yurtimizda istiqomat qilayotgan 
barcha millat va elatlarni yagona maqsad sari yanada birlashtiruvchi va jipslashtiruvchi, jamiyatning tinchligi va 
osoyishtaligini mustahkamlovchi, barchaning faoliyatiga onglilik va maqsadga muvofiqlik kirituvchi moddiy va 
ma’naviy kuchga aylanib bormoqda.

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin