204
Jahon tajribasi millatlararo totuvlikni ta’minlashga bir yoklama, yuzaki
yondashuv jiddiy muammolar
keltirib chiqarishini ko‘rsatdi. Xususan, davlatga o‘z nomini bergan (titul) millat bilan o‘sha joyda yashaydigan
boshqa millat va elat vakillari orasidagi munosabatlar jiddiy e’tiborni talab qiladi. Aks holda, jamiyat hayotidagi
tinchlik va barqarorlik izdan chiqishi mumkin. Bu masala bizning mamlakatimiz uchun ham juda muhim.
O‘zbekiston hududida kadimdan ko‘plab millat va elat vakillari bahamjihat istiqomat qilib kelgan. Ular o‘rtasida
asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagani xalkimizning azaliy bag‘rikengligini ko‘rsatadi. Millatlararo
munosabatlarda uyg‘unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko‘p millatlilik jamiyatning siyosiy-iqtisodiy
rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida, «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar,
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi»,– deb ta’kidlanishi, «Fuqarolar
saylov huquqdarining
kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda esa barcha fuqarolarga ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei,
irqiyva milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i
nazar, teng saylov huquqining berilishi belgilab qo‘yilganligi ana shu bag‘rikenglikning
zamonaviy siyosiy-
huquqiy ifodasidir.
«O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari
va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi». Konstitutsiyamizda
belgilab qo‘yilgan ushbu qoida ham hayotda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Respublikamizda milliy-
madaniy ehtiyojlarni qondirishning muhim mexanizmiga aylangan 120 ga yaqin milliy-madaniy markaz faoliyat
ko‘rsatayotgani fikrimizning dalilidir. Bundan buyon ham qo‘lga kiritilgan yutuklarni yanada mustahkamlash,
mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash milliy istiqlol mafkurasining
asosiy maqsadlaridan biridir.
Jamiyatda millatlararo totuvlik barqaror bo‘lishini ta’minlash yo‘lidagi amaliy ishlar ma’naviy-ruhiy
jarayonlarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu jarayonga xos xususiyatlarga to‘xtalishdan oldin metodologik
ahamiyatga ega bir masalaga diqqatni qaratish lozim. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalarida ham,
ilmiy
adabiyotlarda ham boshqa mamlakatlarda yashovchi turli millat va elat vakillarining o‘z milliy davlatlariga
bo‘lgan munosabatlarini ifodalash uchun aksariyat hollarda «etnik vatan» yoki «tarixiy vatan» tushunchalari
ishlatib kelinmoqda. Bu tushunchalarning to‘g‘riligini inkor etmagan holda, ularni o‘rinsiz qo‘llash hollari ham
mavjudligini ta’kidlash zarur. Masalan, yurtimizda istiqomat qiluvchi tojiklar uchun Tojikiston, qirgizlar uchun
Qirgiziston, qozoqlar uchun Qozog‘iston, turkmanlar uchun Turkmaniston hech qachon etnik yoki tarixiy Vatan
bo‘la olmaydi. Bizningcha, «etnik vatan» va «tarixiy Vatan» tushunchalari deyarli bir xil mazmunga ega bo‘lib,
xalqning tarixan etnik birlik sifatida shakllangan hududini anglatadi. Nomlari zikr qilingan millatlarning bir qismi
esa tarixan hozirgi O‘zbekiston hududida yashab kelgan va bugungi kunda qo‘shni davlatlarga nom berib siyosiy
jihatdan uyushgan qismi bilan bog‘liq holda yagona etnos sifatida rivoj topgan. Demak, ular tarixan shu hududda
yashab, etnosning bir kismi sifatida shakllanganlar.
SHunday ekan, yuqoridagiga o‘xshash kabi holatlarni
ifodalash uchun «etnosiyosiy vatan» tushunchasini ishlatish o‘rinlidir. Zero, diaspora vakillarining u yoki bu
mamlakatga bo‘lgan kiziqish va intilishlari ushbu hududda etnosning katta yoki asosiy qismi yashayotgani bilan
emas, balki ularning muayyan davlat birligiga uyushgani bilan belgilanadi. Kishilarning etnik (tarixiy) Vataniga
intilishlari ham aksariyat hollarda aynan milliy davlatchilikning mavjudligi
va shundan kelib chiqadigan
imkoniyatlarning kengligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa, etnik(tarixiy) Vatani qaerda bo‘lishidan qat’i nazar,
fuqarolarimizda «O‘zbekiston – yagona Vatan» degan tuyg‘u qaror topganini bugungi kunda kechayotgan
ma’naviy-ruhiy jarayonlarning asosiy xususiyati sifatida qayd etish lozim.
Dostları ilə paylaş: