O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Vijdon erkinligi 

 
fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik 
huquqidir. Vijdon erkinligi
 
huquqi BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1981 yil 25 noyabrda qabul 
qilingan 36-55-son Rezolyusiyasida belgilangan insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 31-moddasida: “Hamma uchun vijdon erkinligi
 
kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga 
e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi”, deb qayd etilgan. 
Vijdon erkinligi
 
demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismidir; u fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i 
nazar, teng huquqligi, barcha diniy konfessiyalarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka 
nisbatan hech qanday majburiyat yo‘qligi, diniy idora ishlariga davlatning aralashmasligi, dindan siyosiy 
maqsadlarda foydalanish mumkin emasligini ifoda etadi. Vijdon erkinligi
 
dindorlarning diniy his-tuyg‘ularini 
haqoratlamagan holda diniy mutaassiblik, jaholatparastlik, da’vat va nizoga, ekstremizmga, qonuniy davlatga 
qarshi diniy partiya, jamoa, uyushma, harakat va jamg‘armalar tuzilishiga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini 
olib borish erkinligini ham kafolatlaydi. Mazkur qonunning 1- va 4-moddalari fuqarolar o‘zlarining dinga 
bo‘lgan munosabatini erkin belgilash, marosim va udumlarni bajarish hamda qonun oldida barchaning dinga 
bo‘lgan munosabatlaridan qati nazar tengligiga kafolat beradi. O‘zbekistonda din va diniy tashkilotlar davlatdan 
ajratilgan, shuningdek, kuch ishlatishni targ‘ibot qilish, millatlar va diniy tashkilotlar orasiga nizo solish uchun 
dindan foydalanish va konstitutsiyaviy tuzum asoslariga qaratilgan harakatlar man etiladi. Rasmiy (qonuniy) 
maqomga ega diniy tashkilotlarning dinni targ‘ib etishda OAV va matbuotdan foydalanish erkinligi ham qonun 
doirasida kafolatlanadi. Masalan, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi o‘z gazeta va jurnallariga, nashriyot va 
kutubxonasiga ega bo‘lib, ularni tarqatishda aloqa muassasalaridan bemalol foydalanmoqda. Hozirgi davrda 
mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya – uyushma mavjud bo‘lib, bularning eng yiriklari islom, pravoslav va 
yahudiylikdir. Ular ixtiyorida masjidlar,madrasalar, sinagogalar, cherkovlar, jurnal va gazetalar bor.
Bugun O‘zbekiston musulmonlaridanminglab fuqarolar haj ziyoratiga,umra safariga bemalol borib 
kelmoqdalar. Barcha fuqarolar uchun Vijdon erkinligi

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin