Turli konfessiyalarning teng xuquqligi. O‘zbekiston ko‘pkonfessiyali mamlakat hisoblanadi. 130 dan
ortiq millatga mansub 31 milliondan ziyod aholi 16 ta diniy konfessiyaga e’tiqod qiladi. Istiqlolning ilk
kunlaridan boshlab, respublikamizda e’tiqod erkinligi qonun an kafolatlandi, diniy an’ana va qadriyatlar
rivojlanishi uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratila boshlandi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda 2200
dan ziyod diniy tashkilot rasman faoliyat yuritadi. Yildan-yilga aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida milliy o‘zlikni
anglash, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy kamolotga intilish hissi muntazam o‘sib bormoqda.
Odatda, jamiyatda tinchlik-osoyishtaliq barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlashda turli dinlarga mansub aholi
o‘rtasidagi totuvlik, hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda respublikamiz ijtimoiy-siyosiy
barqarorliq dinlararo va millatlararo totuvlik buyicha dunyodagi 230 ga yaqin mamlakat ichida etakchi o‘rinda
turadi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. SHunday ekan, «yurtimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari
o‘rtasida totuvlikni, fuqarolararo ahillikni ko‘z qorachiqiday asrash, yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan
hamkorlik va hamjihatlikda yashash, jamiyatimizda mehr-oqibat, sahovat va bag‘rikenglik muhitini yanada
kuchaytirish har birimizning muhim vazifamiz bo‘lib qolishi zarur»
257
.
Mamlakatimizda diniy bag‘rikengliq konfessiyalararo do‘stlikni, fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i
nazar qonunoldida tengligini ta’minlash, ular o‘rtasida nizo yoki kelishmovchilik kelib chiqishining oldini olish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va
din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat hukm surgan sharoitdagina umumiy xonadonimiz, umumiy kelajagimiz va
farzandlarimiz kelajagini qurish mumkinligini ko‘rsatib turibdi»
258
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi