35
grammatikada) qoida, tartibdir (“chuqur struktura” - Levi-Stross ta’biricha). Ingliz otsiolog olimi Giddens
uchun “struktura” tushunchasi sotsial tizimlarni qaytarilishi va takrorlanishida saqlanadigan “qoidalar va
imkoniyatlar”ga taalluklidir.
29
Giddens jamiyatning sotsial strukturasi tushunchasini o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish
barobarida, uni funksionalizm tarafdorlari talqinidagi noaniqliklar va engil-elpi ta’riflashlarni keskin tanqid
qilib quyidagi fikrlarni ilgari surdi: “Strukturatsiya nazariyasini o‘zagini tashkil etgan muhim tushunchalarni
ko‘rib chiqamiz: «struktura», «tizim» va «strukturaning dualligi (ikki taraflamaligi)». Hech shubhasiz aytish
mumkinki, ularning ichida birinchisi – struktura (yoki «sotsial struktura») – funksionalizm oqimi
tarafdorlari ichida juda ham ommaviylashib ketdi va ular o‘z nomidan kelib chiqib ham «strukturalizm»
an’analari oldida o‘z burchini bajarishga urindi. Lekin, barcha nazariyalar ham bu tushunchaga sotsial-ilmiy
nazariyalarning talablari darajasida ta’rif bera olmadi. Funksionalizm tarafdorlari va ularning tanqidchilari
o‘zlarining asosiy diqqat-e’tiborini faqat «funksiya» tushunchasiga qaratib, «struktura»ga oid tasavvurlarga
muhim e’tibor bermadi; shu tariqa, bu tushunchaning ahamiyati eski holidan nariga o‘tmadi.
SHu bilan birga, biz funksionalizm tarafdorlari «struktura» deganda nimani tushunishini yaxshi
bilamiz. Lekin, darhaqiqat,jamiyatshunos-tahlilchilar bu tushunchani sotsial munosabatlar va hodisalarni
o‘ziga xos «modellashtirish» deb tushunadi. Ko‘pincha struktura tushunchasi skelet yoki organizm tuzilishi,
yoki bino sinchi (qobirg‘asi) kabi ko‘zga ilinmas tasavvurlar shaklida talqin etildi. Bu yondashuv va unga
tegishli tushuncha sub’ekt va sotsial ob’ektning ikki taraflamaligi (dualligi) bilan mustahkam ravishda
o‘zaro bog‘liqlikda talqin etildi: bunda «struktura» insoniy faoliyatga nisbatan qandaydir «tashqi» holatni
ifodalab, mustaqil sub’ektning erkin tashabbuslarini chegaralashni keltirib chiqaruvchi manba ma’nosini
bera boshladi. Strukturalizm doirasida paydo bo‘lgan strukturaga doir tasavvurlar bizga qiziqarli bo‘lib
tuyuladi. Bunda, struktura haqida so‘zlaganda, biz u yoki bu sotsial munosabatlar va hodisalarning
modellarini emas, balki mavjudlik va mavjud emaslikning (yo‘qlikning)o‘zaro kesishgan nuqtasini nazarda
tutamiz; shu tarzda, yuzaki namoyon bo‘lishdan kelib chiqqan holda uning poydevori - asos solinadigan
prinsiplari chiqarib tashlanadi”.
30
Giddens “sotsial struktura” va “tizim” tushunchalaridagi farqlanish va bir-birini to‘ldirish
xususiyatlarini ochib beradi, shuningdek ularga doir izlanishlarni yanada chuqurlashtirishning istiqboldagi
vazifalariga to‘xtaladi: “Dastlabki qarashda strukturaga doir yuqorida keltirilgan tasavvurlar umumiylikka
hech qanday daxli yo‘qdek ko‘rinadi. Lekin, aslida ularning har biri sotsial munosabatlarni
strukturalashning muhim jihatlariga tegishlidir. Bu jihatlar strukturalashtirish (strukturatsiya) nazariyasida
«struktura» va «tizim» tushunchalariga differensiyaviy (bir butunni bo‘laklarga va farqlanuvchi jihatlariga
qarab o‘rganish) yondashuv vositasida anglab etiladi. Sotsial munosabatlarni tahlil qilar ekanmiz, biz
mummmoning, bir tomondan, sintagmatik
31
jihatlari – sotsial munosabatlarni vaziyatli amaliyotini takror
yaratishni o‘z ichiga olgan holda makonda va zamonda modellashtirish, ikkinchi tomondan, shu kabi takror
yaratish jarayonida muttasil ravishda ishtirok etuvchi «strukturalashning usullari»ni ma’lum sharoitlarda
tartibga solishni nazarda tutishga qaratilgan paradigmaviy
32
«o‘lchash»ni e’tiborga olishimiz zarur
bo‘ladi”.
33
Dostları ilə paylaş: