48
Rasm 3.4. Industrial jamiyatning sotsial strukturasi
Ana shu tasniflash asosida oliy sinfnitahlil etishga misol
tariqasida AQSH jamiyatini
keltirish mumkin: o‘tgan o‘n yillikllardayuqori qatlamning tezlik bilan boyib borganligi
kuzatildi. 200 mingdan 400 mingacha odamni tashkil etgan (AQSH aholisining 0,1-0,2 %) 10
mln. dollardan kam bo‘lmagan mulkka ega bo‘lib, yiliga bir necha mln. dollar daromad oladi.
Taxminan 200 mingta yuqori sinf vakillari 5 dan 10 mln. dollargacha, yana 300 mingtasi esa 2
mln.dan 5 mln. dollargacha yillik daromadga ega bo‘ladi.
AQSHda taxminan 1,5 mln.ga yaqin NNT faoliyat yuritadi. NNT jamiyatning hamma
sohalarini o‘ziga qamrab olgan bo‘lib, ular tashqi siyosat, saylovlar, atrof-muhitni himoya qilish,
sog‘liqni saqlash, ayollar huquqi, iqtisodiy rivojlanish, yoshlar va qariyalarni ijtimoiy himoya
qilish kabi yo‘nalishlarda aholining manfaatlari va ehtiyojlarini ifoda etadi va himoya qiladi.
SHuningdek, NNT siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan, masalan,
diniy tashkilotlar, kasaba
uyushmalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlari – qashshoqlar, ruhiy kasallar,
yoshlar kabilarga yordam berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. AQSHdagi NNT faoliyati xususiy
shaxslar, xususiy sektordagi tijorat kompaniyalari, xayriya jamg‘armalari, a’zolik badallari yoki
federal va mahalliy hokimiyat organlari (grantlar) kabilar tomonidan moliyalashtiriladi.
46
Fuqarolik jamiyatiga nisbatan amerikancha yondashuv bu sohadagi eng mashhur va keng
tanilgan – Merilend shtatidagi Baltimor shahriga joylashgan Jon Xopkins universitetining «The
Comparative Nonprofit Sector Project» loyihasida yaqqol ko‘ga tashlanadi. Bu loyihadan kelib
chiqib NNTning faoliyat turlari 12 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilandi: 1) madaniyat va dam olish;
2)ta’lim va
tadqiqot; 3)sog‘liqni saqlash; 4)sotsial xizmatlar; 5) atrof-muhitni himoya qilish; 6)
lokal hamjamiyatlarni rivojlantirish; 7) inson huquqlarini himoya qilish; 8) filantroplar
47
uchun
vositachilik qilish; 9) xalqaro; 10) diniy; 11) kasbiy, uyushmalar biznes iva kasaba uyushmalari;
12) boshqa yo‘nalishlar.
Mazkur loyiha mezonlari doirasida 35 ta mamlakatda (16
ta rivojlangan, 14 ta
rivojlanayotgan, 5 o‘tish davri iqtisodiyotini o‘z boshidan kechirayotgan) NNTning strukturasi,
hajmi, ular faoliyatidagi muammolar va natijalarga doir tadqiqotlar olib borilib, ularning
yakunlari natijasi o‘laroq quyidagilar aniqlandi: Bu mamlakatlarda YAIMdagi uchinchi sektor
hissasi 1,3 trl. yoki YAIMlar yig‘indisini 5,5 % ini tashkil etgan. NNTda deyarli 40 mln. odam
(shundan 20 mln. kishi ish haqi olib ishlagan) faoliyat yuritib, bu ko‘rsatkich 35 ta mamlakatdagi
iqtisodiy faol aholining 4,5 foizini tashkil etgan.
48
Hozirgi davrga kelib yuqori sinf murakkab ichki strukturaga egaligi bilan tavsiflanadi: u
mulk tashkiliy shakllariga bog‘liq holda toifalashgan guruhlardan iborat ekanligi; qo‘shimcha
kapital o‘lchami
va sohasi; kasbiy faoliyatining (oliy darajali menejerlar, siyosatchilar,
46
История НКО в США Блог посольства США в Москве http://embassy-voices.livejournal.com/19048.html.
47
Филантроп [юнон. philanthropes] – филантропия билан шуғулланувчи, хайр-эҳсон қилувчи шахс.
48
Санович С. Исследования гражданского общества и НКО в Европе и США (краткий об зор).Материал подготовлен специально для
информационно-аналитического портала "Socpolitika.ru"// http://www. socpolitika. ru/rus/ngo/foreign_experience/document4692_print.shtml.
49
boshqaruvchilar) turi; turmush tarzining xususiyatlari; siyosiy maqsadi va yo‘nalishi; etnik,
hududiy, demgrafik va boshqa belgilari.
Postindustrial mamlakatlar yuqori sinfi sotsial tarkibidagi o‘zgarishlar quyidagilar bilan
birga sodir bo‘lmoqda:
-yirik mulkdorlarning jamiyatda tutgan o‘rni yanada mustahkamlashmoqla;
-bir tomondan,
yollanma xodim, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish vositalari egasi
sifatida faoliyat yuritayotgan oliy darajali xodimlar va menejerlar roliningjiddiy ravishda o‘sib
borishi;
-yuqori sinf vakillarining katta siyosatda faolligini o‘sib borayotganligi, ularning siyosiy
maqsadlar uchun moliyaviy xarajatlarini oshib borishi.
Bu sinfning miqdorini faqat taxminan chamalab aytish mumkin: bu ko‘rsatkich iqtisodiy
faol aholining taxminan 3-4 foizini tashkil etadi.
Mashhur tarixchi
Arnold Toyinbining fikricha, zamonaviy sivilizatsiya – bu o‘rta sinf
sivilizatsiyasi. Rivojlangan mamlakatlar jamiyati strukturasida o‘rta sinfning hissasi 60-70 foizni
tashkil etadi. Turli ilmiy maktablar o‘rta sinfni sotsial birlik sifatida ajratib ko‘rsatish uchun turli
mezonlardan foydalanadi. Ko‘pincha maqomning o‘zini o‘zi baholashi va daromad mezon
sifatida qo‘llaniladi. G‘arb jamiyatlarining uchdan ikki qismi o‘rta sinfga yaqin daromad oladi,
kambag‘allar va boylar unchalik ko‘p emas, deb hisoblashlar keng tarqaldi. YAna aksariyat
tahlilchilar hozirgi o‘rta sinf ishlab chiqarish vositalariga mayda mulkiy egalik qiluvchilardan
iborat degan fikrni bildiradi.Bu kabi mayda ishbilarmonlar – “eski o‘rta sinf” deb ataluvchi
AQSH fermerlari va Buyuk Britaniya savdo-sotiq korchalonlari 10-15 foizni tashkil etadi.
Rivojlangan mamlakatlardagi “yangi o‘rta sinf” yoki “menejerlar va mutaxassislar sinfi” deb
ataluvchi sotsial birlik 20-25
foizni tashkil etib, ularning aksariyat qismi oliy ma’lumotli
mutaxassislar, aqliy mehnat xodimlari, erkin kasblar vakillaridan iboratdir. Agar asosiy mezon
mehnatning turi sifatida qo‘llanilsa, u holda o‘rta sinfga “oq yoqaliklar”, ya’ni oliy ma’lumotga
ega bo‘lmagan (“pastki o‘rta sinf”) xodimlar ham mansub bo‘ladi. SHuningdek, o‘rta qatlamlarni
bozor munosabatlari va mehnat turidan kelib chiqib aniqlashdan tashqari madaniy va qadriyatli
yo‘nalganligi asosida aniqlash usuli ham keng qo‘llaniladi (3.4.-rasm g‘arbiy Evropadagi
umumiy holatni ifrdalaydi).
O‘rta qatlamlar jamiyatning farovon yashashi uchun zarur bo‘lgan barcha ehtiyojlarni
qondiradi: ishchi o‘rinlari, iste’mol mollari,
tibiiy yordam, ilmiy kashfiyotlar va boshq.
Jamiyatshunos olimlarning fikricha, o‘rta qatlamlar – sinflar-muholiflar o‘zaro ixtiloflarini
yumshatuvchi omil sifatida ham namoyon bo‘ladi. Sotsial-iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda,
o‘rta sinfga turli kasblar mehnati ichidagi, shahar bilan qishloq turmush tarlaridagi o‘zaro
ziddiyatlarni kamaytirish tamoyili xosdir. Oila munosabatlarida o‘rta sinf jamiyatning ayollar va
erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratishida, an’anaviy oilalar qadriyatlarini
yoyuvchi omil
sfatida namoyon bo‘ladi. Siyosiy jihatdan o‘rta qatlamlar an’analar, me’yorlar, bilimlarni
tashuvchi, yuksak fuqarolik va mustaqil shaxslikni namoyish qiluvchi markazga oid (sentrik)
harakatlarning ijtimoiy tayanchi hisoblanadi.
49
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturasida o‘rta qatlamning asosiy o‘rinni
egallashi, pastki qatlamlar o‘rtasida onda-sonda ijtimoiy-siyosiy tanglikning o‘sishiga
qaramasdan, jamiyatni barqaror ravishda yashashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bu kabi
tangliklar ko‘pchilikning (o‘rta sinfning) betaraf vaziyatda turishi natijasi o‘laroq yumshatiladi.
Eng muhimi – bu
Dostları ilə paylaş: