O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Fuqaroviylikni insonga huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy jihatdan layoqatli ekanligini his 
etishni ta’minlovchi jamlovchi tushuncha sifatida ham talqin etish mumkin.
V.Dalning qayd etishiga qaraganda, 
“fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun 
jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir”
51
.
Ko‘rinib turganidek, 
fuqaroviylik nafaqat insonning huquqiy maqomi, balki uning bilimi va 
jamiyatning holatini anglashi, ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga 
bog‘liq.
Bu erda fuqarolar tomonidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshiriladigan birdamlik, 
o‘zaro hamkorlik singari ixtiyoriy faoliyat ham nazarda tutiladi. Bunday holatda fuqaroviylikda 
huquqqa nisbatan ma’naviyatning ustuvorligi namoyon bo‘lmoqda. Aslida ko‘pgina an’anaviy 
jamiyatlarda hamisha fuqaroviylik huquqiy mazmunda emas, balki ko‘proq ma’naviy axloqiy 
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
SHo‘ro davrida fuqaroviylik albatta vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-
da, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda fuqaroviylik 
vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan. Aslida esa vatanparvarlik fuqaroviylikning bir 
ko‘rinishi xolos. Fuqarolik jamiyati fuqarolarning oddiygina yig‘indisi bo‘lmagani singari 
fuqaroviylik ham individual ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa emas. Fuqaroviylik bir mamlakat 
hududida yashovchi fuqarolarning o‘z vatanlariga sodiqligi, qonunlarni hurmat qilish, ularga 
bo‘ysunishi, shuningdek vatannni himoya qilish va umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
masalalarda faollikni nazarda tutadi. Fuqaroviylikka nisbatan berilgan fikrlarni umumlashtirgan 
holda un quyidagicha ta’riflash mumkin: 
Fuqaroviylik bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi 
tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori darajadagi 
birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. 
Quyidagilar fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatoriga kiradi:
-
fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi;
-
boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish;
-
fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi;
-
davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash;
-
fuqarolarning tengligi;
-
yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan ob’ektiv va 
tanqidiy yondashuv;
-
hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish 
qobiliyati;
-
bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga 
mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash va hokazolar.
Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga ham ajratish mumkin:
-
fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada, ya’ni fuqaroviy xususiyatlarga 
ega bo‘lgan shaxslar qatoriga kiritish mumkin;
-
agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati 
51
Даль В.И. Толковый словарь живого великорусского языка (современное написание слов). Изд. “Цитадель”, г. Москва, 
1998 г 


52 
shakllangan bo‘lsa uni fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tirof etish mumkin;
-
agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko‘nikmasi 
mavjud bo‘lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini quyidagi mezonlar vositasida talqin qilish 
mumkin:
1.
Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-huquqlari 
uchunkurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo‘ladi. 
2.
Fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va 
qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning o‘rta darajasi namoyon bo‘ladi.
3.
Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq shakllangan, 
o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa uni yuqori 
darajada fuqaroviylik sifatida talqin etish mumkin.
Fuqaroviylik jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo‘naltirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik 
tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini 
shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Fuqaroviylik jamiyat oldida ma’lum bir 
maqsadning shakllanishiga xizmat qiladi. Albatta jamiyatda fuqaroviylikning rivojlanishi uchun 
tegishli tarbiyaviy chora-tadbirlar, qulay ijtimoiy muhit muhim ahamiyatga ega.
Fuqaroviylik shaxsning siyosiy jihatdan komillikka erishishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunday 
darajaga etgan kishi siyosiy jarayonlar va hodisalarga qiziqish bilan qaraydi, ro‘y berayotgan 
voqelikni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aynan ana shunday qobiliyatga ega bo‘lgan 
fuqaro kezi kelganda o‘z vatani taqdiri uchun amaliy harakat qilish uchun zarur bo‘lgan qarorga 
kelish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vatanparvarlik ruhiga, mas’uliyat, siyosiy madaniyat va taraqqiy 
topgan siyosiy ongga ega bo‘lgan jamiyat a’zosini fuqaroviylikka ega bo‘lgan shaxs sifatida 
e’tirof etish mumkin. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin