66
adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi,
shuningdek,
harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat
birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi" deb ularning mas’uliyati hamda javobgarligi
ko‘rsatildi.
Dastlabki islohotlar rivoji va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi bilan1991 yil 1
noyabrda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga asos soladi. O‘zbekistonda ayrim
mamlakatlardagi "demokratiya"dan farqli o‘laroq, o‘z fuqarolarini yangi demokratik jamiyat
qurish yo‘liga safarbar qilishi mumkin bo‘lgan siyosiy tashkilot mohiyatan butunlay boshqa
tuzilmaga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurish borasidagi islohotlar, mulkchilik
munosabatlarining chuqurlashuvi jamiyatda bu jarayonlar ifodachisi
va bunday manfaatlarni
uyg‘unlashtiruvchi harakatga bo‘lgan ehtiyojni taqozo eta boshladi. SHu tariqa, 1994 yil 24
mayda "Vatan taraqqiyoti" partiyasi vujudga kelib, u o‘z dasturida asosan ishbilarmon, tadbir-
korlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirib, mamlakatimiz imkoniyatlarini to‘la
yuzaga
chiqarish va shu yo‘l bilan O‘zbekiston xalqining farovon turmushga erishmog‘ini ta’minlash,
erkin bozor munosabatlari asosida mamlakatni jahonning rivojlangan davlatlaridan biriga
aylantirish kabi g‘oyalarni ilgari surdi. "Vatan taraqqiyoti" partiyasi 2000 yilga kelib o‘z
maqsadi va vazifalari bilan yaqin bo‘lgan, 1998 yil 28 dekabrda tashkil topgan O‘zbekiston
Fidokorlar Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda
ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojlanishida o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Fidokorlar partiyasining
vujudga kelishi jamiyatdagi siyosiy taraqqiyot natijasi bo‘lib, islohotchilik g‘oyalarini ro‘yobga
chiqarishda jamiyatning shijoatkor, tadbirkor va yosh qatlam kuchlarini ifodalashga bo‘lgan
intilish sifatida namoyon bo‘ldi.
Odamlar hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangi turmush tarzi, ba’zan
uning
murakkab ijtimoiy munosabatlari vatanparvarlik, bag‘rikenglik, yurt tinchligi, sotsial adolat,
fikrlar xilma-xilligi kabi masalalarni tobora ustuvor vazifaga aylantirdi. Bu o‘zgarishlar
O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining (1995 yil 17 fevralda) tashkil topishiga
ijtimoiy sharoit yaratadi. Partiya nizomiga muvofiq mustaqillikni mustahkamlashning bosh
masalasi sifatida insonning ozod bo‘lishi, uning imkoniyatlarini yo‘naltirish, fuqarolarning
huquqlarini, erkinliklarini, burchlarini ta’minlash, barcha millatlar va xalqlarni, jamoat
tashkilotlarini birlashtiradigan etakchi kuch – huquqiy demokratik davlat g‘oyalarini ilgari surish
uning bosh maqsadi etib belgilandi. SHu g‘oyalarga hamohang O‘zbekiston “Milliy tiklanish”
demokratik partiyasi 1995 yilning 3 iyunida tashkil topib, dasturiy maqsadlari millatning
ma’naviy birligi, Vatan –
yagona oila, kuchli demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-
texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya, zamon kishisi, milliy istiqbol kabi g‘oyalar
Dostları ilə paylaş: