partiya faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etdi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish,
ko‘ppartiyaviylik tizimini takomillashtirishda 1996 yilning 29-30 avgustida bo‘lib o‘tgan Oliy
Majlisning VI sessiyasi yangi bir davrni boshlab berdi, deyish mumkin. Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimovning "Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim
vazifalari to‘g‘risida"gi ma’ruzasi jamiyatga yangicha demokratik ruh bag‘ishladi. Ma’ruzada
haqiqiy demokratiyaning zarur va qonuniy belgisi bo‘lgan tub ma’nodagi ko‘ppartiyaviylikni
shakllantirish uchun jamiyat siyosiy tizimini yangilashning nazariy asoslari belgilab berildi.
67
Mamlakatda bozor iqtisodining rivojlanishi, moliyaviy infrastruktura tizimining qaror
topishi, ishlab chiqarishning takomillashuvi, xususiy mulkdorlar qatlamining o‘sishi natijasida
jamiyatda yangi siyosiy qatlam vujudga keldi. Bu qatlam jamiyat rivojini modernizatsiya
qilishga qodir bo‘lgan ishbilarmonlar va tadbirkorlar edi. Ular innavatsion g‘oyalarni
umumlashtiradigan, o‘z maqsadlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtiradigan siyosiy
birlashmaning vujudga kelishiga zamin yaratadi. SHunday qilib, 2003 yil 15 noyabrda
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Lebiral Demokratik partiyasiga asos
solinadi.
Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi siyosatining oqibatida atrof-muhitga bepisand
munosabatda bo‘lish, tabiiy resurslardan vahshiyona foydalanish oqibatida o‘simlik va hayvonot
dunyosining genofondiga salbiy ta’siri, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi
sanoat va boshqa tur chiqindilarning hosil bo‘lishi, cho‘llanish, er va suv resurslarining
degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda echilishi zarur bo‘lgan
ekologik muammolar o‘z echimini kutib yotgan edi. Aynan shu kabi muammolarni hal etishga
qaratilgan siyosiy kuch sifatida 2008 yilning 2 avgustida O‘zbekiston ekologik harakati tashkil
etiladi. Ta’kidlash lozimki, tashkil topgan har bir siyosiy tashkilot va mazkur Harakat davr va
ijtimoiy sharoit taqozosi va jamiyat talablari asosida vujudga kelganligini kuzatamiz. YA’ni,
unda o‘zib ham, ortda qolib ketmaslik - bu evolyusion yo‘lning sharti.
Mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlashda saylov
instituti va uni huquqiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar alohida o‘rin tutadi.
1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar
to‘g‘risida", 1994 yil 5 mayda qabul qilingan "Viloyat, tuman, va shahar xalq deputatlari
kengashiga saylovlar to‘g‘risida"gi va "Fuqarolarning saylov huquqi kafolatlari to‘g‘risida”gi
qonunlar negizida Oliy Majlisga demokratik va ko‘ppartiviylikka asoslangan ilk saylovlar 1994
yil 25 dekabrda o‘tkazilishi o‘zbek parlamentarizmi tarixida yangi davrni ochib berdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishi va siyosiy partiyalar
takomillashuvida 1996 yil 25 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar
to‘g‘risida”gi qonun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, unda
siyosiy partiyalarning demokratik qonunlar asosida faoliyat yuritishlari uchun etakchi va ilg‘or
mamlakatlar mezonlari talablaridarajasidagi huquqiy asoslar kiritildi. Masalan, qonunning 12-
moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonun
siyosiy partiyalarni tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, partiyaga a’zolik, partiya faoliyatining
kafolatlari, uning ustavini ro‘yxatga olish, partiyalarning mulkiy munosabatlariga doir barcha
huquqiy maqomlarining mujassamlashgani O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror
toptirishda muhim o‘rin tutdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining tadrijiy rivoji shundan dalolat bermoqdaki,
mustaqillik yillarida mamlakatda demokratik saylovlarning huquqiy asoslari yaratildi va
saylovlar to‘g‘risidagi qonunlar hayotda o‘z ifodasini topmokda. SHu bilan birga, saylov
kampaniyalari davri siyosiy partiyalar uchun siyosiy kengliklar sifatida fuqarolarning siyosiy va
huquqiy madaniyatlari yuksalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga amal qilgan holda 2002 yil 27 yanvarida
o‘tkazilgan referendumga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ikki palatali parlament tizimiga
o‘tkazildi. Bunday o‘zgarish to‘g‘risidagi qaror mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida yangi
68
sahifani ochib berdi. Uning natijalariga binoan Oliy Majlisning VIII sessiyasida «Referendum
yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konsti-
tutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis
palatalarining maqomini, ularni shakllantirish tartibini, vakolatlarini, o‘zaro hamda boshqa
hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini aniqlab berdi. Amalga oshirilgan
islohotlar natijasida hokimiyatlar o‘rtasidagi muvozanatning tashkil etilishi ta’minlandi. Qonun
chiqaruvchi vakillarning nafaqat mas’uliyati, balki professional darajasi oshdi. Hududiy
manfaatlar va ularning aniq himoyachilari vujudga keldi. Hokimiyatning monopol va ma’muriy
usulidan o‘zaro teng hamkorlik mexanizmlari yaratildi. Ijro hokimiyati ustidan deputat nazorati
qonunga muvofiq o‘rnatildi. Senator va deputatni chaqirib olish, ayni paytda, uning maqomi
to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi.
2006 yil 9 noyabrda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bu yo‘lda tashlangan dastlabki qadamlarning
tabora kengayishiga sharoit yaratdi. Unga muvofiq Xalq deputatlari viloyat, shahar
kengashlaridagi siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari bilan maslahatlashib, viloyat va
Toshkent shahar hokimi nomzodlari Prezident tomonidan xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash
uchun taqdim etiladi. Bunda hokim faoliyatini nazorat qilish va qoniqarsiz deb topilgan hollarda
vazifasidan ozod qilish bo‘yicha tavsiya kiritish huquqlari beriladi. Mazkur konsepsiya
konstitutsion qonunning uzviy davomi, uni rivojlantiruvchi keyingi bosqich sifatida
takomillashib kelayotganligini kuzatamiz. Bu o‘z o‘rnida O‘zbekistonda davlat hokimiyatini
shakllantirishda siyosiy partiyalarning bevosita ishtirokining oshishiga olib keldi.
YUrtboshimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida davlatimizning yaqin va uzoq istiqboliga mo‘ljallangan evolyu-
sion rivojlanishning mantiqiy davomi bo‘lib, bu yangi bir davrni boshlab berdi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng
miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif
etilishi demokratik islohotlar yo‘lidagi harakatlarimizning izchilligini yana bir bora tasdiqlaydi.
Bunda siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun kurashish va ularni shakllantirish borasidagi
faoliyatlari uchun jamiyatda real siyosiy maydonning huquqiy asoslari yaratiladi. Ayni paytda,
siyosiy partiyalar o‘z dasturiy vazifalarini amalga oshirishda partiyalararo raqobat muhitining
yanada kuchayishiga, sog‘lom siyosiy muxolifatlarning vujudga kelishiga hamda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlatirishga xizmat qiladi.
Mazkur Konsepsiyaning 5-bo‘limi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va
rivojlantirishga bag‘ishlandi.
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu
makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi,
aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada
ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari
69
kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. YA’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida
amal qiladi”
62
.
Dostları ilə paylaş: |