70
III. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xususiy tadbirkorlik, shu jumladan
oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga aylantirish.
Konsepsiya ijrosi yuzasidan 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari
saylovi to‘g‘risida”gi Qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
YAngi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda
fuqarolar yig‘inlariga tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va
qonuniy manfatlariga rioya etilishi hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan
kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutildi.
SHuningdek, yangi tahrirdagi Qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalari
yanada chuqurlashtirilib, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
markazlari bilan birgalikda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj kam ta’minlangan oilalar,
yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni aniqlash, fuqarolarning bandligiga ko‘maklashishi
haqidagi normalar kiritildi.
Mazkur Qonunning 18-moddasida fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
bo‘yicha 8 ta komissiyalar tuzilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini
tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham
tuzilishi mumkin.
Ushbu komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish orqali
mahallannig jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi274-sonli qarori bilan yuqoridagi komissiyalarning
namunaviy Nizomlari tasdiqlab berildi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda qadimiy va noyob boshqaruv
shakli bo‘lgan mahalla institutini har tomonlama rivojlantirishga, uning vakolatlarini yanada
kengaytirishga hamda qonunchilik tizimida belgilab berilgan vakolatlardan yanada samarali
foydalanishga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan amaliy tadbirlar natijasida fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: