O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169
Fuqarolik jamiyati

2.
 
Siyosiy modernizatsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning etakchi 
manbai sifatida 
 
Mamlakatimizning siyosiy taraqqiyot strategiyasida demokratik mezonlar asosida izchillik 
bilan modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirib borish muhim o‘rin egallaydi. Demokratik 
fuqarolik jamiyatini bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat ulug‘vor maqsadlar yurtimiz 
siyosiy-ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini modernizatsiya qilishning etakchi maqsadi 
hisoblanadi.
Jamiyatimizda yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining konseptual asoslari 
Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning asarlarida har tomonlama chuqur asoslab berildi. Ularda 
mamlakatimizni izchil modernizatsiya qilishning manbalari, yondashuvlari maqsadlari va 
vazifalari chuqur ilmiy zaminlarda belgilab berilgandir.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik 
vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va 
bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni 
mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir. 
143
Даль Р. О демократии. – М.: Аспект-Пресс, 2000. –С. 163. 
144
Ильин М.В. Идеальная модель политической модернизации и пределы ее применимости. –М.: 2000. –С. 146. 


135 
Mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlashni 
istardimki, “boshqariladigan iqtisod” yoki “boshqariladigan demokratiya” deb atalmish modellar 
bizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. 
Albatta, biz, avvalgidek, davlat va jamiyatni isloh etish hamda modernizatsiya qilishda 
“O‘zbek modeli”ning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan 
buyon ham qat’iy amal qilamiz”
145

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlari o‘z mohiyatiga 
ko‘ra tamomila yurtimizda xalqimiz uchun ozod va obod erkin va farovon hayotni yaratishning 
kafolatli yo‘nalishi bo‘lgan, zamonaviy fuqarolik jamiyatini qaror toptirishga qaratildi. Barcha 
turdagi islohotlar mazmunan yangilanish va zamonaviylashtirish siyosatining manfaatlariga 
moslashtirildi.
Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, jamiyatimiz 
hayotining barcha sohalarini demokratlashtirish va yangilash modernizatsiya jarayonlarining 
asosiy o‘zagini tashkil etdi.
Siyosiy modernizatsiya jarayonlarining dastlabki birinchi bosqichida mamlakatimizda 
davlat boshqaruvi tizimini zamonaviy demokratiya talablari asosida isloh qilish va uning 
samarali ishlashini yanada kuchaytirish borasidagi muhim siyosiy huquqiy chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. Ushbu jarayonlar doirasida jamiyatimizda demokratlashtirish jarayonlarini 
chuqurlashtirish uchun institutsional asoslarni takomillashtirish, tashkil topgan siyosiy tuzilmalar 
faoliyatini shunga mos mazmun mohiyat bilan to‘ldirish masalalariga etakchi ahamiyat qaratildi. 
Eski ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berildi. Hokimiyatlarning taqsimlanishi asosida 
milliy davlatchilik negizi qurildi. Bunda davlat modernizatsiya jarayonlarining bosh 
tashabbuskori rolini bajarib keldi. 
Bu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Davlatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan 2005 yilning 
yanvar oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzada 
mamlakatimizda modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirishning eng muhim strategik 
yo‘nalishlari har tomonlama mukammal darajada ko‘rsatib berildi.
Xususan, mazkur ma’ruzada jamiyatimizda siyosiy modernizatsiyani tashkil qilish, shu 
asosda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning siyosiy, institutsional, huquqiy asoslarini yangilash 
va hayotga joriy qilishning nazariy hamda amaliy asoslari batafsil ravishda bayon qilib berildi. 
Ushbu g‘oyalar Birinchi Prezidentimiz tomonidan asoslangan beshta strategik yo‘nalishda 
o‘zining ifodasini topdi. 
Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Davlat qurilishi va 
boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo‘lmish mamlakat 
Parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatining qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari 
o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat. 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur ulug‘vor g‘oyalar asosida 
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning etakchi siyosiy asosi bo‘lgan 
145
Каримов И.А. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва 
ислоҳ этишдир. –Т.: Ўзбекистон, 2005. –Б. 34. 


136 
qonunchilik hokimiyati parlamentining huquqiy-institutsional asoslari va faoliyat tartibini 
yanada liberallashtirish jarayonlari sobitqadamlik bilan amalga oshirila boshlandi.
Ma’lumki, mamlakatimizda parlament islohotlarining dastlabki bosqichlari uch davrni o‘z 
ichiga oladi. Birichi davr: 1991-1994 yillar, ikkinchi davr: 1995-2004 yillar va uchinchi davr: 
2005 yildan hozirgi paytgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrlar davomida amalga 
oshirilgan parlament islohotlari yurtimizda ro‘y berayotgan siyosiy modernizatsiya 
jarayonlarining etakchi yo‘nalishini tashkil qildi. 
Birinchi davr bo‘lgan 1991-1994 yillar davomida Oliy Kengash davlat boshqaruvining 
mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini 
mustahkamlashga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi. 
Ikkinchi davr bo‘lgan 1995-2004 yillar davomida Oliy kengash o‘rniga O‘zbekiston 
Respublikasining bir palatali parlamenti – Oliy majlis shakllantirildi, Birinchi chaqiriq (1995-
1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan 69 
nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 47, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan 14 va 
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning 
qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi. 
Uchinchi davrda: Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo‘shma majlisidan boshlanib, bunda 
yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o‘z ishlariga kirishdilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mamlakatni isloh etish va 
modernizatsiya qilishning davlatimiz boshlig‘i tomonidan olg‘a surilgan ustuvor yo‘nalishlari 
hamda aniq maqsadli vazifalari asosida ishlab chiqilgan – 2005-2009 yillarga mo‘ljallangan 
qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi. 
Ikki palatali parlament tashkil etilgach, O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi 
hokimiyat o‘z taraqqiyotida yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Eng asosiysi, garchi qonunchilik 
jarayoni ancha murakkablashgan bo‘lsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada 
oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini 
partiyalarning fraksiyalarida oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida 
huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti 
shakllandi
146

Bu davr mobaynida demokratik parlamentarizm madaniyatini bundan buyon ham 
rivojlantirish uchun sharoitlar yaratildi, professional deputatlar, parlamentda xizmat qiluvchi 
146
Назаров Қ. Жумаев Р. Жўраев С. ва бошқалар. Ўзбекистонда сиёсий ислоҳотлар жараёни. –Т.: Академия, 2011. –Б. 74-
79.


137 
yuksak malakali xodimlar etishib chiqdi, qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo‘nalishiga 
aylandi
147

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida Birinchi 
Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan davlat qurilishi va boshqaruvini erkinlashtirish g‘oyasi 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu g‘oya zaminida amalga oshirilgan siyosiy-ijtimoiy 
islohotlar natijasida demokratiya va fuqarolik jamiyati institutlari rivojining fundamental asoslari 
mustahkamlanib bordi. Xususan, fuqarolik jamiyatini shakllanishining muhim kafolati va manbai 
bo‘lgan, boshqaruv tizimida demokratik davlatlar tajribasi sanalgan qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasida barqaror muvozanat, bir-birining faoliyati ustidan nazorat 
qilish va o‘zaro chegaralab turishni ta’minlovchi mexnizmlar shakllantirildi. Ushbu mexanizmlar 
mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab borildi. Mazkur jarayonlar 
doirasida parlament islohotlarini chuqurlashtirishga etakchi e’tibor qaratildi. Ta’kidlash joizki, 
aynan mana shu yo‘nalishdagi islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy 
modernizatsiyaning etakchi mohiyatini tashkil qildi.
SHu bois ham, O‘zbekistonda ikki palatali parlamentni shakllantirish borasida amalga 
oshirilayotgan islohotlarni jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish siyosatining 
mantiqiy davomi va demokratik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida baholash maqsadga 
muvofiqdir. 
SHu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi. Nima uchun parlament islohotlari mamlakatimizda 
siyosiy islohotlarning asosiy bo‘g‘iniga aylandi? Birinchidan, parlamentning qonunchilik 
vazifasi shaxs, jamiyat va davlat faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish imkonini beradi. 
Ikkinchidan, parlament davlat hokimiyati institutlari tizimida saylab qo‘yiladigan asosiy vakillik 
organi sanaladi. Bu esa uning fuqarolar uchun ochiq va demokratik tabiatini belgilab beradi. 
Uchinchidan, parlament o‘zining ta’siri, vakolatlari nuqtai nazaridan hokimiyat shoxobchalari 
orasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda 
demokratik 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirishga 
qaratilgan 
modernizatsiyalashuv jarayonlarining nazariy va amaliy asoslari rivojida Davlatimiz rahbari 
I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident 
Devonining 2007 yil 30 avgust kuni bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston mustaqilligining o‘n olti yilligiga 
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ilgari surilgan g‘oyalar muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Ma’ruzada, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning muhim bosqichlari, 
unda erishilgan natijalar chuqur tahlil etilib, kelgusida amalga oshiriladigan taraqqiyot va 
yangilanish strategiyasining zaminlari ko‘rsatib berildi. 
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bugun 16 yil mobaynida boshimizdan kechirgan 
kunlar, haftalar, oylarni ana shu nuqtai nazardan baholar ekanmiz, qat’iy ishonch bilan aytish 
mumkinki, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi 
galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar 
mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri, tom ma’noda tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘ldi. 
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol 
demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni 
147
Назиров М. Ўзбекистонда парламент институти шаклланиши ва ривожланишининг тарихий босқичлари – муҳим 
сиёсий жараён сифатида // Шарқ машъали. -2015. -№2. –Б. 10-11. 


138 
barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar 
sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.”
148
Mamlakatimizning o‘n olti yillik mustaqil taraqqiyot davomida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy 
va boshqa sohalarda erishilgan natijalar asosida demokratik va huquqiy davlat hamda fuqarolik 
jamiyatini eng zamonaviy talablar asosida rivojlantirishning asoslari bunyod etildi. 
Jamiyatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirishning yangi bosqichini 
boshlanishi uchun zarur bo‘lgan zaminlar tayyorlandi.
Erishilgan ushbu natijalar asosida siyosiy modernizatsiya bo‘yicha avval boshlangan 
ishlarni izchil davom ettirish jumladan, davlat qurilishi va boshqaruvini liberallashtirish va 
zamonaviylashtirishning etakchi yo‘nalishi bo‘lgan parlament islohotlarini eng zamonaviy 
demokratik mezonlarga tayangan holda rivojlantirish imkoniyatlari ochildi. 
Bunday ulkan samaralar tufayli Respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy 
modernizatsiya jarayonlari doirasidagi parlament islohotlarining 2010 yillardan keyingi davrida 
mamlakatni modernizatsiyalash va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish vazifalari ustuvorlik 
qildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2010 yilning 27 yanvarida yangi saylangan Oliy 
Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida “Mamlakatimizni modernizatsiya 
qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzasida 
qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatini demokratik takomillashtirish va rivojlantirish vazifalari, 
davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini 
kengaytirishning dolzarb masalalari bo‘yicha yangi g‘oyalar asoslab berildi. Jumladan, 
qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi borasidagi faoliyatini yanada yuksaltirish, deputatlik 
so‘rovi va parlament nazorati institutlarini yanada rivojlantirish partiya nashrlarini jonlantirish, 
parlamentning mamlakat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashdagi ma’sulyatini oshirish 
masalalariga shuningdek, yurtimizda amalda bo‘lgan siyosiy partiyalarning parlament hayotida 
va eng muhimi jamiyatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va modernizatsiya 
jarayonlaridagi rolini yanada oshirish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Barchamizga yaxshi ma’lumki, biz 
o‘z vaqtida shu borada muhim qarorlar, xususan, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilgan edik. 
SHuningdek, siyosiy partiyalarning saylovlarda qatnashib, o‘zining nimalarga qodir 
ekanini isbotlashga, amalda bu partiyalarni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan chuqur 
o‘zgarishlarning hal qiluvchi kuchiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, 
joriy etilganidan ham xabardorsiz. 
Bo‘lib o‘tgan saylovlardan biz chiqarishimiz kerak bo‘lgan yana bir o‘ta muhim xulosa 
shundan iboratki, bu saylovlar o‘z vaqtida qabul qilingan ana shu qarorlarning naqadar to‘g‘ri va 
samarali ekanini ko‘rsatdi”
149
.
148
Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. 16-ж. -Т.: 
Ўзбекистон, 2008. –Б. 5. 
149
Каримов И.А. Жаҳон инқирозининг оқибатларини енгиш, мамлакатимизни модернизация қилиш ва тараққий топган 
давлатлар даражасига кўтарилиш сари. 18-ж. –Т.: Ўзбекистон, 2010. –Б. 124-125. 


139 
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil rivojlantirish hamda uning 
fuqarolik jamiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ta’sirini kuchaytirilishida siyosiy 
partiyalarining mamlakatimiz siyosiy tizimidagi rolini oshirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Zero, siyosiy partiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra fuqarolik jamiyatining etakchi institutlaridan biri 
hisoblanadi. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining siyosiy tizim bilan o‘zaro aloqalarining 
doimiyligini ta’minlaydi. SHu bois ham Respublikamizda davlat qurilishi va boshqaruvini 
erkinlashtirish va liberallashtirish vazifalari tizimida zamonaviy ko‘ppartiyaviylik tizimini 
vujudga keltirish hamda rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining qaror topishida 1996 yil 25 
dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun muhim 
o‘rin tutdi. Qonun 17 ta moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar 
asosida faoliyat yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar mezonlari talablariga xos bo‘lgan 
huquqiy asoslar yaratildi: Qonunning 5-moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari 
va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va 
vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”
150

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar 
harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, 
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Xalq demokratik partiyasi kabi siyosiy partiyalar 
jamiyatimiz siyosiy tizimida muhim rol o‘ynagani holda yangilanishlar jarayonida katta hissa 
qo‘shib, fuqarolik jamiyatini shakllantirilishining bosh omillari bo‘lib xizmat qilmoqdalar. 
Jamiyatimiz siyosiy sohasini erkinlashtirilishida, siyosiy modernizatsiya jarayonlarini faol 
amalga oshirilishida Respublikamizda mustahkam qaror topgan ko‘ppartiyaviylik tizimi katta 
muhim o‘rinni egallamoqda.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ro‘y berayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlari 
izchillik bilan taraqqiyotning “O‘zbek modeli” asosiga tayangan holda fuqarolik jamiyatining 
barqaror zaminlarini shakllantirilishiga xizmat qilmoqda. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin