O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
12.1-rasm. Fond birja tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasidagi fond birja boʻlib, “Toshkent” Respublika fond
birjasi hisoblanadi va ushbu birja Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya
qilish va tadbirkorliknirivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” № 745-sonli
farmoniga koʻra 8 aprel 1994 yilda shakllangan. Uning faoliyati respublikada olib
borilayotgan islohotlar bilan va aksionerlik jamiyatlar ochish siyosatibilan
yaqindan bogʻliq.
Bugungi kunda RFB “Toshkent” — bu 100 ortiq brokerlik tashkilotlar va
eng yangi uskunalarga ega boʻlgan birjadir.
Fond birja – tijorat tashkilot boʻlib, uning asosiy maqsadi moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatidan foyda olishdir. Fond birja asosiy maqsadiga erishish uchun faoliyat va
xizmat koʻrsatishning quyidagi turlarini amalga oshirishi mumkin: oldindan
tayinlangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida ommaviy va
oshkora birja savdolarini tashkil etish va oʻtkazish; t
alab va taklifning haqiqiy
nisbatini aniqlash asosida qimmatli qogʻozlarning narxini shakllantirish orqali
qimmatli qogʻozlar bozorini yaratish hamda ular toʻgʻrisidagi axborotlarni
belgilangan tartibda oshkor qilish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarning erkin
muomalasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni taʼminlash, birja aʼzolariga birja
bitimlarida va birja faoliyatida ishtirok etish huquqini beruvchi birja joyi (brokerlik
oʻrni) berish, birja savdolarida teng huquqlilik asosida ishtirok etishi uchun savdo
tizimiga masofadan ulanish imkoniyatini yaratish; qimmatli qogʻozlar bozorida
ochiqlik va oshkoralikni hamda raqobat sharoitini taʼminlash uchun birja aʼzolariga
savdo natijalari haqidagi axborotlarni yetkazish, investitsiya vositachisi faoliyatini
professional
tarzda
amalga
oshirish
uchun
zarur
shart-sharoitlarni
yaratish;qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni
elektron shaklda amalga oshirish; birja savdolarini tashkil qilish va oʻtkazishga
zamonaviy texnologiya va uslublarni tadbiq qilish;birja listingiga kiritilgan
qimmatli qogʻozlarning kotirovkalanishini birja savdosi qoidalarida belgilangan
tartibda amalga oshirish; birja aʼzolari, birja savdolari ishtirokchilari va ularning
mijozlari oʻrtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan