3
KIRISH
Bugungi kun iqtisodiyotida real sektor singari moliyaviy sektor ham alohida
dolzarblik
kasb
etadi.
Rivojlangan
mamlakatlarning
moliyaviy-iqtisodiy
taraqqiyotida va bugungi darajaga erishishlarida moliya
bozori shak-shubhasiz
muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real sektorni moliyaviy taʼminlash, boʻsh pul
mablagʻlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish, yangi sohalarni oʻzlashtirish, davlat
byudjeti defitsitini noinflyatsion yoʻllar bilan mablagʻ jalb qilish orqali qoplash,
aholi daromadlarini moliyaviy aktivlar orqali oshirish kabilar alohida ahamiyat
kasb etadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham moliya bozorini
rivojlantirish masalasiga
alohida eʼtibor qaratilganligi ham yuqoridagilar bilan bevosita bogʻliq.
Shuningdek, ehtiyojlarning keskin oʻsib borishi sharoitida real sektor va xizmat
koʻrsatish subyektlarining oʻz faoliyatlarini kengaytirib borish maqsadida nafaqat
mahalliy, balki xalqaro bozorlardan ham kapital jalb qilish masalasiga alohida
eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda mamlakatimizda ham moliya bozorini
rivojlantirish maqsadida sohani chuqur oʻrganish, bu borada xorijiy ilgʻor
tajribalarni amaliyotga joriy etishda “Moliya bozori” fani muhim hisoblanadi.
“Moliya bozori” fanini oʻrganish orqali talabalar moliya bozorining iqtisodiy
mohiyati,
vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va modellari, pul bozori
xususiyatlari va moliya bozori shakllanishidagi ahamiyati, aksiyalar bozorining
oʻziga xos xususiyatlari va amal qilish mexanizmi, obligatsiyalar bozorining oʻziga
xos xususiyatlari
va savdo mexanizmi, davlat qimmatli qogʻozlar bozori amal
qilish shart-sharoitlari, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozorining
moliya bozori
boshqa sektorlari bilan bogʻliqligi, ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori muomalasi
tartibi, xorijiy valyutalar bozorining moliya
bozoridagi tashkiliy jihatlari,
kriptovayutalarlar bozorining ishlash mexanizmi, qimmatbaho metallar va toshlar
bozori xususiyatlari, moliya bozorining indikatorlari va indekslari, moliya bozori
risklari va ularni baholash, fond birjalari va fond bozori ishtirokchilari faoliyat
4
mexanizmi, markaziy bank va uning moliya bozoridagi faoliyati, moliya bozorida
tijorat banklari va nobank kredit
institutlarining ishtiroki, investitsiya va pay
fondlarining moliyaviy operatsiyalardagi ahamiyati, moliya bozorida sugʻurta
tashkilotlari va nodavlat pensiya fondlarining faoliyat mexanizmi, moliya bozorini
tartibga solishning iqtisodiy va huquqiy jihatlari bilan yaqindan tanishadilar.
Darslikda bu jihatlarga eʼtibor qaratilganligiga guvoh boʻlish mumkin.
Darslikda mavzularning nazariy jihatlari atroflicha yoritilishi bilan birga,
amaliy mashgʻulotlar boʻyicha nazorat savollari, talabalarni
fikrlashga undovchi
alohida topshiriqlar, test savollari, masalalar ham dasturda keltirilgan. Bunda
asosiy eʼtibor talabaning mustaqil ishlashiga qaratilgan.
Mavzular yoritilishida moliya bozorining milliy amaliyoti bilan birga,
rivojlangan davlatlar tajribalariga ham alohida eʼtibor
qaratilganligini qayd etib
oʻtish lozim. Shuningdek mustaqil tahlimni samarali tashkil etishga alohida eʼtibor
qaratilgan.
Darslik “Moliya”, “Kasbiy taʼlim (Moliya)”, “Bank ishi”, “Kasbiy taʼlim
(Bank ishi)”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi va audit”,
“Sugʻurta ishi”, “Pensiya ishi”, “Baholash ishi”, “Davlat byudjeti gʻazna ijrosi”,
“Korporativ moliya” yoʻnalishlari uchun moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta
maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliya bozori” fani oʻquv dasturi
asosida yozilgan.
Dostları ilə paylaş: