5
I bob. MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari, tarkibiy
qismlari
Biznes samaradorligi (rentabelligi)ni oshirish masalasi bugungi iqtisodiy
sharoitda eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Biznes samaradorligining oshib
borishi oʻz navbatida davlat moliyaviy barqaroligi taʼminlanishi bilan birga keskin
raqobat sharoitida jahon bozorida mustahkam oʻrin egallashda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Bunda arzon kapital jalb qilish va boshqa tomondan kapitalni
samarali joylashtirish muhim omillardan biridir. Qoʻyilgan har ikkala vazifani
ijobiy hal qilishda moliya bozorining amal qilish mexanizmi yordamga keladi.
Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida amal
qilishi zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning bozordan chiqib ketishiga sabab
boʻladi, kapital isteʼmolchisining oʻz faoliyatini toʻgʻri
tashkil etishga majbur
qiladi, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish imkonini beruvchi texnologik
innovatsiyalarni doimiy qoʻllab-quvvatlaydi, investitsiya loyihalaridan eng
samaralisini tanlashni shart qilib qoʻyadi.
Moliya bozorida pul, kredit, qimmatli qogʻozlar, valyutalar, sugʻurta
polislari, pensiya jamgʻarmalari,
qimmatbaho metallar, hosilaviy moliyaviy
instrumentlar va boshqalar maxsus tovar sifatida muomalada boʻladi. Bunda tijorat
banklari, birjalar, jamgʻarma institutlari, jamoaviy investitsiyalash kompaniyalari
va boshqalar asosiy vositachilar sifatida koʻzga tashlanadi.
Moliya bozorida
kapitalga boʻlgan talab va taklif asosida vositachilar yordamida kapitalni kreditor
va qarz oluvchi oʻrtasida qayta taqsimlash mexanizmi amal qiladi. Shundan kelib
chiqqan holda amaliyotda pul mablagʻlari oqimini haqiqiy egasidan qarz oluvchiga
va aksincha yoʻnaltiruvchi moliya-kredit institutlari faoliyati tashkil etiladi. Moliya
bozorining asosiy funksiyasi boʻsh pul mablagʻlarini ssuda kapitaliga aylantirishda
ham namoyon boʻladi. Tashkiliy nuqtai nazardan moliya bozoriga moliyaviy
instrumentlar emissiyasi, xaridi va savdosini amalga oshiruvchi iqtisodiy
subyektlar, moliya institutlari jamlanmasi sifatida ham qaralishi mumkin. Har bir
moliya instituti moliyaviy instrumentlarning aniq bir toʻplami
bilan u yoki bu
operatsiyani amalga oshirish boʻyicha aniq vakolatga egaligini alohida taʼkidlash
lozim.
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning yakuniy
isteʼmolchilari oʻrtasida jamgʻarmani samarali taqsimlashni taʼminlash masalasi
qoʻyiladi. Bu masalani hal qilish ham obyektiv, ham subyektiv sabablarga koʻra
murakkablik kasb etadi. Chunki moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga
qarama-qarshiligi, moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha risklarning
yuqoriligi va boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi.
Moliya bozori aholi jamgʻarmalarini investitsiyalarga
aylantirishning asosiy
mexanizmi hisoblanadi, u investor va jamgʻaruvchi manfaatlarining oʻzaro
muvofiqligini taʼminlaydi. Yuqoridagilar asosida moliya bozori mohiyatiga
toʻxtalib oʻtamiz.
6
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini
jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasi
sifatida
keltiriladi
1
. Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul
mablagʻlarini pul mablagʻlari yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat
qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi
2
. Keltirilayotgan taʼriflar asosida
taʼkidlash
mumkinki,
moliya bozori –
moliyaviy instrumentlardan foydananish
asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta
taqsimlash yuza beradigan bozordir.
Moliya bozorisiz yirik kapitalni jalb qilish va yirik loyihalarga
investitsiyalash murakkab masaladir. Sotuvchi va xaridorlar sonining koʻpligi
natijasida shakllangan raqobat mexanizmi orqali bozorda moliyaviy aktivga
nisbatan yagona bozor bahosi shakllanadi va axborot shaffofligiga erishiladi.
Bugungi yuqori texnologik imkoniyatlar sharoitida
maxsus vositachilik
tuzilmalaridagi koʻp sonli operatsiyalar hisobiga pul va boshqa aktivlar muomalasi
xarajatlari pasaytirilishi, risklar sugʻurtalanishi, sotiladigan aktivlar turlari
kengayishi yuz bermoqda.
Moliya bozorining rolini chuqurroq anglash uchun uning funksiyalarini
bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Robert
Merton moliya bozorining quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsatadi:
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash;
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish;
- toʻlov-hisob-kitob;
- risklarni boshqarish;
- axborot;
- axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish.
Moliya bozorining ishtirokchilari sifatida kapital jalb qiluvchilar, investorlar,
vositachilarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bunda oʻz-oʻzidan
ayonki kapital jalb
qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida namoyon boʻladi. Investorlar esa oʻz
kapitallarini vositachilar orqali joylashtiradilar (1.1-rasm).
1.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: