Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 
 


23 
III bob. OBLIGATSIYALAR BOZORI 
 
3.1. Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari
Qimmatli qogʻozlar bozorining, umuman moliya bozorining muhim 
instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi.
 Obligatsiya 
– uni chiqargan shaxs 
va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir. 
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga 
koʻra: 
obligatsiya 
– obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini 
yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada 
nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd 
etilgan foizni olishga boʻlgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini 
tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Obligatsiya uning egasiga 
obligatsiyaning nominal qiymatidan qatʼiy belgilangan foiz boʻyicha daromadni 
olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya boʻyicha daromad foiz yoki diskontda 
ifodalanadi. 
Shunday qilib, obligatsiya – oʻz ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni 
mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir: 
- emitent obligatsiya titulida koʻrsatilgan summani muddati kelganda uning 
egasiga qaytarishi; 
- emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan 
kelib chiqqan holda qatʼiy belgilangan foiz toʻlovlarini amalga oshirishi. 
Aksiya va obligatsiya oʻrtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini 
anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon boʻladi. Bunda 
aksiyani sotib olgan investor kompaniya–emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan 
kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya-
emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli oʻlaroq, 
obligatsiyaning muomalad boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati kelganda 
soʻndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega boʻlib, bu afzallik 
kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari, 
soʻngra aksiya boʻyicha devidendlar toʻlanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya 
yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning 
barcha majburiyatlari shu jumladan, obligatsiyalar boʻyicha qarz majburiyatlarini 
soʻndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obligatsiya qarz 
instrumenti boʻlganligi sabali kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish 
huquqini bermaydi. 
Obligatsiyalar davlat hukumati, turli davlat organlari va munitsipalitetlar 
mablagʻlarni jamgʻarish instrumenti sifatida namoyon boʻladi. Korxonalar ham 
qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarga zarurati yuzaga kelganda korporativ 
obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va joylashtirishlari mumkin. 
Obligatsiyalarni chiqarish kompaniya-emitent uchun bir qator jozibador 
ahamiyatga ega: obligatsiya emissiyasi orqali kompaniya zarur mablagʻlarni 
kreditorlarning kompaniya moliyaviy hoʻjalik faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi 
mumkin. Ammo, obligatsiya zayomlari orqali jalb qilingan mablagʻlarni 
kompaniya xuddi bank kreditlariga qoʻshimcha mablagʻlar sifatida koʻrib chiqishi 


24 
zarur. Hatto fond bozori yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham emissiya qilingan 
obligatsiyalar korxonalarning mablagʻlarga boʻlgan yalpi ehtiyojlarini 
qoplamaydi.Obligatsiyalar oʻz mohiyatiga koʻra qarz munosabatini bildirganligi 
sababli bank krediti tamoyillari ularga ham xosdir. Shuning uchun obligatsiyalar 
emissiyasini amalga oshirish huquqi faqat kredit layoqatiga javob beruvchi 
korxonalarga beriladi. 
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan obligatsiyalarni 
emissiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Qimmatli qogʻozlar 
bozori toʻgʻrisida” Qonunlariga asosan belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan 
aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal 
qilishi zarur: 
- jamiyat qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq korporativ 
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga 
haqli; 

qimmatli qogʻozlarni, shuningdek, korporativ va infratuzilma 
obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi; 
- emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarori qabul 
qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitali 
miqdori doirasida; 
- keyingi uch yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik 
va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy 
koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin. 
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu: 
- emitentning qarz majburiyati; 
- byudjet daromadlaridan oshgan harajatlar qismini moliyalashtirish manbai; 
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai; 
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai. 
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari va sifati 
boʻyicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning keng tasnifini 
keltirish uchun respublikamiz obligatsiya bozoridagi obligatsiyalardan tashqari 
jahon moliya bozori va transmilliy korporatsiyalar amaliyotida keng qoʻllaniluvchi 
obligatsiyalar turlaridan ham foydalanamiz (3.1-jadval).
3.1-jadval 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin