19
nominaliga teng boʻlgan summani qaytarib oladi.
Shundan kelib chiqib, ularning
daromadlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi.
7
𝑖
discount
=
F−P
F
х
360
n
(1)
Bunda:
𝑖
discount
– yillik diskont stavka;
𝐹
–
qimmatli qogʻozning nominal bahosi;
𝑃
–
sotish bahosi;
n–
muddati (kunda);
Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) XII asrdan boshlab qoʻllanila
boshlagan. Aniqrogʻi shu turdagi operatsiyalar amalga oshirilishining ilk
bosqichlari oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Ushbu qimmatli qogʻoz sotuvchidan
xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Tasavvur qilamiz, ABC kompaniyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan
buldozer
sotib olmoqchi, ammo XYZ kompaniyasi pulni qoʻlga kiritishdan oldin
buldozerni yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli
maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qabul qilishdan
avval pulni oʻtkazib berish niyatida emas. Ushbu vaziyatda bank Bankerʻs
acceptanceni emissiya qilish orqali eksport qiluvchi tomon nomidan import
qiluvchi tomonga kafolat beradi. Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30
kundan 180 kungacha boʻlib, ikkilamchi bozorda ushbu
muddat tugaguniga qadar
sotilishi ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq
oladi.
Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini inobatga
olgan holda aksariyat shartnomalar dunyo boʻyicha AQSH dollarida amalga
oshiriladi. Shu sababdan koʻplab kompaniyalar va davlatlar dollarda zaxira
saqlashni afzal koʻradi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar
xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy
filiallarida dollarda
shakllantirilgan depozitlar hisoblanadi.
Pul bozori instrumentlarini taqqoslaydigan boʻlsak, ularning foiz stavkalari
orasida deyarli tavofut yoʻq. Ularning barchasi diskontlash amaliyotini qoʻllash
orqali soʻndirilishini inobatga oladigan boʻlsak, diskont stavkalarining yuqori yoki
past boʻlishi faqatgina ushbu qimmatli qogʻozlarning muddatiga bogʻliq
hisoblanadi.
Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan boʻlsak, davlat qisqa muddatli
qimmatli qogʻozlarining likvidlilik darajasi tijorat qogʻozlarinikiga nisbatan
yuqoriroq hisoblanadi, sababi, tijorat qogʻozlarini sotishning aksariyat hollarda
imkoni yoʻq, shu sababli investorlar ushbu qimmatli qogʻozni soʻndirilish
muddatini kutadi.
Tijorat banklari tomonidan
taqdim etiladigan overdraft, overnayt kreditlari
ham
pul bozorida keng qoʻllaniladigan amaliyotlardan
hisoblanadi.
7
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 261
20
Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan overdraft kreditlari keng doirada
qoʻllanila boshlanganligini ham shu oʻrinda qayd etib oʻtish zarur.
Dostları ilə paylaş: