Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar
boʻyicha toʻlanmagan dividendlarni 
jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati nokumulyativ imtiyozli 
aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech 
qanday kompensatsiya (aksiya uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar 
imtiyozli aksiyalar aniq bir 
turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda 
imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga 
almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan 
imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu 
aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga 
(kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq 
belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlanadigan imtiyozli aksiyalar 
joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi 
mumkin emas. 


40 
Agar 
konvertatsiyalanuvchi 
imtiyozli 
aksiyalar 
oddiy 
aksiyalarga 
almashtirilsa, jamiyat ustavida ushbu aksiyalar boʻyicha ovoz berish huquqi nazara 
koʻrilishi mumkin. Bunday imtiyozli aksiya egasining ovoz berish huquqi, unga 
tegishli aksiyalarning oddiy aksiyalarga almashtirganda soni miqdorida oddiy 
aksiyalar ovoz berish huquqi soniga teng boʻladi. 
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalarni obligatsiyalar va boshqa 
qimmatli qogʻozlarga almashtirish mumkin emas, aksiyalar bundan mustasno. 
Qaytarib olish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – bunday aksiyalar 
emitentga aksiyani egasini oldindan ogohlantirmasdanqayta sotib olish huquqini 
beradi. Aksiyalarni qayta sotib olish aksiyadorlik jamiyatlari uchun qulay
investorlar uchun esa noqulay. Bunday aksiyalarni sotish maqsadida emitent 
investorlarni odatda, ushbu aksiyalarga asosiy kapitaldagi premiya miqdoridan 
yuqori premiya taklif qilish orqali jalb qiladi. Premiya – oʻz navbatida, aksiyalarni 
qayta sotib olish imkoniyati uchun mukofot sifatida qaraladi. Odatda, qayta sotib 
olish uchun emitent 30 kun oldin ogohlantiradi. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin