O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t
36
IV bob. AKSIYALAR BOZORI 4.1. Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisidagi
qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining
bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda
ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga
boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi
yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga
boʻlinadi.
Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi
bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda
mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz.
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyador yoki uningvakolatchisi ishtirok etishi
mumkin.
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega:
–
ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda ishtirok
etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishlarida va
korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etish
huquqini beradi;
–
korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar olish
huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi boʻlib, aksiyalar
soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar
barcha soliqlar, kreditorlik majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli
aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi;
–
yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif etishdan
oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi yangi emissiya
qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar oldida ularning ulushini himoya
qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari
uchun muhimdir. Ushbu huquqdan foydalangan holda aksiyadorlar oʻzlarining
kompaniyadagi ulushi miqdorida aksiyalarni sotib olishlari mumkin. Huquq
afzalligi yana yangi aksiyalar ochiq bozorga chiqmasidan oldin nominal yoki bozor
bahosidan arzon narxda aksiyador tomonidan xarid qilinishi mumkin. Buning
natijasida bunday afzaliy huquq oldi sotdi obyekti boʻlishi mumkin;
–
korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish huquqi.
Kompaniyaning tugatilishi – bu komaniya oʻz faoliyatini toʻxtatishi, barcha
kreditorlar bilan qarzdorliklarni hisob kitob qilishi, qolgan mulkni aksiyadorlar
oʻrtasida taqsimlashi va boshqalar.
Ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun muhim xususiyat. Ammo xorijiy
kompaniya oddiy aksiyalarini sotib olayotganda shunga eʼtibor berish lozimki,
oddiy aksiyalarni chiqarayotganda kompaniyalar investorlarning ovoz huquqini
cheklovchi yoki umuman rad etuvchi aksiyalarni ham emissiya qilishi mumkin.
Aksincha, bunga qarshi koʻp ovozli, yaʼni bitta aksiya egasiga bir nechta ovoz
37
huquqini beruvchi aksiyalar ham chiqarilishi mumkin (ayniqsa, chet el kapitali
ishtirokidagi kompaniyalarda).
Umumiy holda aksiyadorlar huquqlariga quyidagilarni kiritish mumkin (4.1-
rasm).
4.1-rasm.