Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar 
– egasiga daromad olish 
huquqi (qoʻyilgan kapitalga qatʼiy foiz tariqasida belgilangandan yuqori 
qoʻshimcha dividendlar olish) va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini 
(aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli 
aksiyalar oddiy aksiyalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik 
kapitalda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi. 
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar 
– korporatsiyalar qayta chaqirib 
olinadigan imtiyozli aksiyalarni emissiya qilganda, ularni nominalga nisbatan 
ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida qoldiradi.
Qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar ularni muomalaga chiqargan 
korporatsiya faoliyat yuritayotgan muddatgacha soʻndirilmaydi. Shu bilan, qayta 
chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar oʻz navbatida shakllangan kapital tarkibini 
belgilangan bir muddatga muzlatib qoʻyadi. 
Qayta chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarga xos xarakterli belgilari 
quyidagilar: 

aksiya egasi prefaksiyani qayta sotib olish holatida yuzaga keladigan 
noqulayliklar uchun oʻzgacha qoplama sifatida boʻlgan aniq premiyaning 
mavjudligi (odatda, katta boʻlmaydi). Odatda, qayta chaqirib olish toʻgʻrisida 
emitent 30 kun oldin ogohlantiradi (misol uchun, kumulyativ qayta chaqirib 
olinadigan preferensial aksiyalar ularni chiqargan kompaniya hohishiga koʻra 
ogohlantirgandan keyin 30 kundan oshmagan muddat ichida istagan vaqtda qisman 
toʻlab boriladi). Toʻlanish tartibi toʻlov, yaʼni qoplash sanasida aksiya qiymatiga 
aniq belgilangan premiya va qoplanmagan barcha preferensial dividendlar 
summasi qoʻshiladi va toʻlanadi; 

koʻpgina qayta chaqirib olinadigan aksiyalarni qayta chaqirib olish 
sharti – qayta sotib olish uchun yoki maxsus jamgʻarilgan fond mavjudligidir. 
Bunday jamgʻarilgan fond mavjudligi kompaniya aksiyalarni qayta sotib olish 
uchun bozorda bunday aksiyalarning aniq belgilangan sonini kelishilgan 


41 
narxdasotib olish yoʻli orqali yillik toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼminot 
manbai boʻladi; 

qayta chaqirib olinadigan preferensial aksiyalar boʻyicha toʻlovlarni 
amalga oshirish kafolat taʼminoti. Bunday taʼminot retrektiv prefaksiyalarni 
muomalaga chiqarish yoʻli orqali erishiladi. 
Shunday qilib, aksiyani xarid qilish yoʻli orqali qimmatli qogʻozni qayta 
chaqirib olish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi – nominalga 
nisbatan yuqori bahoda sotib olish (yoki premiya bilan); ikkinchi – qayta sotib 
olish uchun shakllantirilgan maxsus jamgʻarilgan fond orqali; uchinchi – retrektiv 
prefaksiyalarni muomalaga chiqarish. 
Aksiyalarni qaytarib sotib olish maqsadida maxsus jamgʻariladigan fond 
tashkil etilishi mumkin. Qayta sotib olish fondini shakllantirishdan maqsad – bu 
fond narxlar pasayishi holatida amortizator rolini bajaradi, misol uchun, aksiyalar 
muomalaga chiqarilganda tasdiqlangan narxning pasayib ketgan holat. Bunday 
oldindan shakllangan fond yordamida kompaniya ushbu aksiyalarni toʻliq yoki 
qisman sotib olish mumkin. Qayta sotib olish fondi mavjud boʻlgan aksiyalarni 
sotib olishning ijobiy tomoni shundaki, u aksiyalarni har yili qisman qoplash 
(qayta sotib olish) yoʻli orqali qimmatli qogʻozlar bozori stabil.koʻmaklashadi. 
Imtiyozli aksiyalar ikkilamchi bozorda oldindan kelishilgan bahoda sotib olinadi. 
Qayta sotib olish fondi funksiyasiga xos vazifani 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin