jamgʻarilgan fond
bajaradi: har yili kompaniya sof tushumdan belgilangan foiz tariqasida aksiyalarni
qayta sotib olish uchun bir qancha yillar mobaynida mablagʻ jamgʻarib boradi.
Qayta sotib olish fondi singari jamgʻarilgan fond ham amortizator rolini bajaradi.
Ammo, qayta sotib olish fondidan farqli oʻlaroq, jamgʻarilgan fond faqatgina
narxlar pasayishi natijasida zararni qoplashdan tashqari, aksiyadorlarga aksiyalarni
oʻz nominal yoki haqiqiy bahosidan yuqori, dividend toʻlovlarni ham
mujassamlashtirgan narxda sotish uchun ragʻbatlantiradi.
Retrektiv prefaksiyalar.
Retrektiv tamoyili yoki qimmatli qogʻozlarni
qaytarib olish – qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish yoʻli orqali chiqarilgan
aksiyalarni sotib olish kafolatini imkoniyati mavjud boʻlmagan holatda
qoʻllaniladi. Retrektiv aksiyalar egalari oʻz imtiyozlaridan foydalanib, emitent–
kompaniyaga aksiyalarni qayta sotish muddatini oʻzi belgilashi mumkin va shu
muddat tugallanguncha aksiyalarni qoplash uchun qayta taqdim etadi. Bunday
qaytarib olish holati avtomat tarzda amalga oshadi. Aksiyani ushlab turuvchi shaxs
aksiyalarni qaytarish muddatini oʻz hohishiga koʻra belgilagan boʻlsada, bu haqda
kompaniyani oldindan ogohlantirishi lozim. 3–rasmda qayta chaqirib olinadigan
prefaksiyalarni muomalaga chiqarish tartibi koʻrsatilgan.
42
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni
muomalaga chiqarish
3-rasm. Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni muomalaga
chiqarish.
4.2. Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan
aksiyalar
egasining
nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va
imtiyozli boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʻi
nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mamlakatimiz qonunchiligiga
koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni
qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyilmaydi.
Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar
umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar
hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan
yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda
inflyatsiyadan yaxshigina himoyani taʻminlaydi.
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini diskontlashning
yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar qiymati va daromadliligini
aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha murakkab hisoblanadi:
- oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni oldindan
maʻlum emas;
- aksiyalar qoplash muddatiga ega emas.
Yuqorida taʻkidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan
dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi. Investitsiyalar
bitta davrli boʻlgan holatda aksiya qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanishi
mumkin:
Qayta sotib olish
uchun fondni
tashkil
etishAksiya uchun
premiyani
belgilash
Prefaksiyalarni yillik
chiqarish foizini
belgilash
Retrektiv
prefaksiyalarni
muomalaga
chiqarishQayta sotib
olish bahosi
chegarasini
belgilashMuddatida
n oldin chiqarish
kafolati
taʼminotiMuomalag
a chiqarish sanasini
tasdiqlash va
ogohlantirish
43
𝑉 =
𝐷𝐼𝑉
1
1 + 𝑟
+
𝑃
1
1 + 𝑟
bu erda
Dostları ilə paylaş: |