7
Ularning barchasi alohida operatsiyalarni bajarish orqali kapital egasi va kapitalga
ehtiyojmand shaxslarning oʻzaro birlashishiga koʻmaklashadi (1.2-rasm).
1.2-rasm.
Moliya bozorida vositachilar tiplari
Moliya bozoriga moliyaviy instumentlar bozori sifatida yondashiladi.
Moliyaviy instrument – qarz majburiyati yoki ulush munosabatini yuzaga
keltiruvchi moliyaviy aktivdir. Moliyaviy instrumentlar bozor ishtirokchilari
oʻrtasidagi bitim natijasida shakllangan. Bunda bitimning bir ishtirokchisi
moliyaviy aktivni qoʻlga kiritganda ikkinchi tomonda moliyaviy majburiyat
yuzaga keladi. Shunday qilib, moliyaviy aktiv moliyaviy majburiyatlar boʻyicha
toʻlovlarni talab qilish huquqini beradi, tashkilot yoki fuqarolarga tegishli mulkiy
huquqlarni oʻzida jamlaydi.
Har qanday bozor oʻz segmentlariga ega boʻlgani kabi moliya bozori
maʼlum bir xususiyatlariga koʻra tarkibiy qismlarga ega. Moliya bozori tarkibi
odatda unda muomalada boʻladigan aktivlarga koʻra ajratiladi (1.3-rasm).
1.3-rasm.
Dostları ilə paylaş: