Xalqaro valyuta fondi faoliyati



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə1/3
tarix16.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#98788
  1   2   3
Xalqaro valyuta fondi

Xalqaro valyuta fondi faoliyati.


Reja:
Jamg‘armaning boshqaruv organi
Fondning rasmiy maqsadlari
Xalqaro volyuta fondi so‘nggi yillarda eng katta yordam ko‘rsatgan davlatlar

Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi (qisqartmasi: XVJ; ingl. International Monetary Fund, IMF) xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butunjahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi. Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. )


XVJ ni tashkil etishga oid qaror 1944-yil 22-iyulda BMTning Bretton-Vuds pul va moliya masalalari bo‘yicha konferensiyasida qabul qilingan. (Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan.) Buning uchun 1945-yil 27-dekabrda dastlabki 29 ta davlat tomonidan imzolangan bitimning asoslari ishlab chiqildi (XVF Nizomi). Ushbu sana bugun Xalqaro valyuta jamg‘armasi tashkil topganining rasmiy kuni hisoblanadi.
Jamg‘armaning boshqaruv organi – XVFning rahbari — Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshqaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2 marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3 marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. XVF kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi. Kundalik ishlarni 24 kishilik Ijroiya kengashi boshqaradi. Xalqaro valyuta fondining tarkibi 133 mamlakatdan 2500 ga yaqin xodimni qamrab oladi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin