2.3 O’zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari
XULOSA
Xalqaro savdo - bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan va o'zaro iqtisodiy bog'liqligini bildiruvchi turli mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi aloqa shaklidir.
Xalqaro savdo - bu xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan va o'zaro iqtisodiy bog'liqligini bildiruvchi turli mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi aloqa shaklidir.
Xalqaro savdo deganda, dunyoning barcha mamlakatlari o'rtasidagi pullik yalpi savdo tushuniladi. Biroq, xalqaro savdo tushunchasi tor ma'noda ham qo'llaniladi. Bu, masalan, rivojlangan mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi, rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi, qit'a, mintaqa mamlakatlarining, masalan, Sharqiy Yevropa mamlakatlarining umumiy tovar aylanmasi va boshqalarni anglatadi.
Tashqi savdo - bir mamlakatning dunyoning boshqa mamlakatlari bilan tovarlar va xizmatlar eksporti va importidan iborat bo'lgan savdosi. Bu asosan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha tuzilgan tijorat operatsiyalari orqali amalga oshiriladi.