86
4. Ipoteka bozori modellari keltirilgan qatorni aniqlang.
A. anʼanaviy model, ikki bosqichli model, ssuda-jamgʻarma modeli;
B.anʼanaviy model, uch bosqichli model, ssuda-jamgʻarma modeli;
C. anʼanaviy model, ssuda-jamgʻarma modeli;
D. anʼanaviy model, ikki bosqichli model.
5. Ipoteka bozorida bankning taʼminlangan obligatsiya tipidagi qimmatli qogʻozlarni mustaqil
chiqarishi va shu asosda garovga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkni kreditga berishi bilan
tavsiflanuvchi model nima deb ataladi.
A. yevropa modeli;
B.amerika modeli;
C. ssuda jamgʻarma modeli;
D.
aralash yoki gibrid model;
6. Yevropada ipotekaga asoslangan eng yirik obligatsiya bozorini aniqlang.
A. Germaniya bozori;
B.Fransiya bozori;
C. Italiya bozori;
D. Angliya bozori.
7. Agarda ipoteka krediti boʻyicha defolt (qaytarmaslik) holati yuzaga keladigan boʻlsa, zarar
kimning zimmasiga tushadi?
A. ipoteka agenti;
B.mulkdor;
C. investor;
D. kreditor.
8. Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga ipoteka
krediti olish uchun uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida necha foiz miqdoridagi
oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak?
A. 25 foiz;
B.35 foiz;
C. 50 foizda
D. 15 foizda
9. Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti bilan taʼminlanadigan emissiyaviy
qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?
A. ipoteka obligatsiyalari;
B.garov qogʻozi (varaqasi, xati);
C. uy-joy sertifikati;
D. ishtirok etish ipoteka sertifikati
10. ATIB Ipotekabank korporativ obligatsiyalarini muomalaga chiqarish va soʻndirish
muddatlari mos ravishda keltirilgan javobni belgilang?
A. 2010, 2015 yillar;
B.2015, 2017 yillar;
C. 2001, 2006 yillar;
D. 2008, 2010 yillar.
Dostları ilə paylaş: