Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

AAAAAAAA 
Valyutalar juftligi 
Sotish narxi
 
Sotib olish narxi
 
Ular orasidagi 
farq
 
EUR/USD 
1.3350 
1.3354 
0.030% 
USD/EUR 
0.7487 
0.7489 
0.027% 
USD/JPY 
99.16 
99.19 
0.030% 
JPY/USD 
0.0101 
0.0101 
0.000% 
USD/GBP 
0.6289 
0.6289 
0.000% 
GBP/USD 
1.5904 
1.5906 
0.013% 
7.2. Valyuta bozorida savdoni amalga oshirish tartibi 
Ayriboshlash kurslarini qay tartibda belgilanishini yoki oʻzgarishini biror bir 
belgilangan joyga borib kuzatishning imkoni yoʻq. Sababi valyutalarni 
ayriboshlash Nyu York, Tokyo va shu kabi boshqa birjalarda amalga oshirilmaydi. 
Aksincha, xalqaro valyuta bozori birjadan tashqari tartibga solingan bozor(over-
the-counter) hisoblanadi. Ushbu bozorda yuzlab dillerlar (asosan banklar) xorijiy 
valyutadagi depozitlarni sotish va sotib olishga tayyor turishadi. Ushbu dillerlar 
asosan kelishuvlarni telefon va kompyuterda amalga oshirishadi. Ushbu bozorning 
funksiyalari markazlashgan bozor funksiyalaridan farq qilmaydi. Eʼtibor qaratilishi 
lozim boʻlgan holat, banklar, kompaniyalar va hukumatning xalqaro valyuta 
32
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 345 


90 
bozorida valyutalarni sotib olishi hamda sotishi haqida soʻz yuritilganda bu yerda 
ularning valyutani oʻzini sotib olishi nazarda tutilmaydi. Yaʼni bank dollar sotib 
oldi deyilganda bankning 
dollarda shakllantirilgan depozit
ni sotib olganligi 
nazarda tutiladi.
Odatda xalqaro valyuta bozoridagi tranzaksiyalarning miqdori $1 milliondan 
oshadi. Xalqaro valyuta bozorida belgilanadigan ayriboshlash kurslari bilan 
banklar valyuta ayriboshlash shahobchalardagi ayriboshlash kurslarining oʻrtasida 
farq mavjud. Yaʼni banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan 
balandroq boʻladi. Sababi bank oʻzidagi ayribooʻlash kurslarini oʻzining 
siyosatidan kelib chiqqan holda ham belgilashi mumkin. Misol sifatida 
Oʻzbekiston tijorat banklaridagi ayriboshlash kurslari orasida farqni koʻrsatishimiz 
mumkin. Foreksda esa asosan yirik hajmdagi tranzatsiyalar amalga oshirilganligi 
sababli, ayriboshlash kurslari tijorat banklaridagi kursga nisbatan biroz past 
boʻladi. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin