Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishi



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishi
33
ga 
toʻxtalib oʻtamiz. 
Erkin bozorda har qanday aktiv va mahsulotning narxining 
belgilanishi kabi valyutalar boʻyicha ayriboshlash kurslari ham talab va taklifdan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. Ayriboshlash kurslarining belgilanilishi boʻyicha 
bir qator nazariyalar mavjud. Birinchi nazariya 
yagona narx
nazariyasi 
hisoblanadi. Unga koʻra agarda ikkita mamlakat bir xil turdagi mahsulot ishlab 
chiqarsa va mahsulotni yetkazib berish (transportirovka) xarajatlari kam boʻlsa 
hamda savdo toʻsiqlari mavjud boʻlmasa, ushbu mahsulot qaysi mamlakatda ishlab 
chiqazilganidan qatʼiy nazar barcha mamlakatlarda narxi bir xil boʻladi. Tasavvur 
qilamiz Amerikada ishlab chiqarilgan bir tonna poʻlatning narxi $100, shunga 
oʻxshash Yaponiyada ishlab chiqarilgan poʻlatning bir tonnasining narxi 10 000 
iyen (Yaponiya pul birligi) deb baholanmoqda. Yagona narx qonuniga amal 
qiladigan boʻlsak, dollar va iyen oʻrtasidagi ayriboshlash kursi 100iyen=$1 
($0.01=1iyen) boʻlishi kerak. Bundan kelib chiqadigan boʻlsak, Yaponiyada bir 
tonna amerika poʻlati 10 000 iyendan sotilsa, AQSHda bir tonna yapon poʻlati 
$100 dan sotilishi lozim. Agarda ushbu valyutalar orasidagi ayriboshlash kursi 
200iyen=$1 boʻlsa, Yaponiya poʻlatining bir tonnasi AQSHda $50 dan sotiladi 
yaʼni ushbu narx AQSH poʻlatidan ikki barobar arzon boʻladi, shu bilan bir qatorda 
AQSHda ishlab chiqarilgan poʻlatning bir tonnasi Yaponiyada 20 000 iyen yaʼni 
Yaponiya poʻlatidan ikki barobar qimmatga sotiladi. Natijada, narxi yuqori 
boʻlganligi uchun AQSHda ishlab chiqarilgan poʻlatga boʻlgan talab keskin 
ravishda pasayib ketadi va bu holat faqatgina $0.01=1yen boʻlgandagina 
barqarorlashadi yaʼni yaʼni ikkala mamlakatda ham ushbu mahsulot bir xil narxda 
sotiladi.
Valyutalar ayriboshlash kurslarining belgilanishi boʻyicha keyingi nazariya 
bu 
xarid qila olish pariteti nazariyasi
hisoblanadi. Ushbu nazariya yagona narx 
nazariyasiga oʻxshash boʻlib, bunda bir davlatda narxlarining ikkinchi 
mamlakatdagi narxlarga nisbatan oshishi uning valyutasining ikkinchi davlat 
33
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 348 


91 
valyutasiga nisbatan devolivatsiya yaʼni qadrining pasayishiga (ikkinchi mamlakat 
valyutasining birinchisining valyutasiga nisbatan qadrining oshishiga) olib keladi. 
Birinchi misolga qaytadigan boʻlsak, Yaponiyada narxlarning AQSHdagiga 
nisbatan 10 foizga oshishi, AQSH dollarining Yapon iyeniga nisbatan 10 foizga 
oshishi (Yapon iyenining AQSH dollariga nisbatan 10 foizga pasayishi)ga olib 
keladi.
Yuqori taʼkidlanganidek, foreksda valyutalar ayriboshlash orqali foyda 
koʻriladi, yaʼni ularning ayriboshlash kurslari orasidagi farqni toʻgʻri taxmin qila 
oladigan investorlar bu vaziyatda yetarlicha foyda koʻrishlari mumkin (1-jadval). 
1-jadval 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin