101
Yaponiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya va Gollandiyadagi 50 ta kompaniya
asosida hisoblanadi.
1998 yil martdan AQSH fond bozorida savdo qilinadigan amerika depozitar
tilxatlarining birinchi indeksi sifatida Bank of New York (Nyu-York banki)
indeksi hisoblana boshlandi. Bu indeks real vaqt rejimida umumiy kapitallashuvi
3,1 trillion AQSH dollaridan ortiq boʻlgan 36 ta mamlakatdan 431 ta kompaniya
maʼlumotlari asosida hisoblanadi.
Aksiyalarni xalqaro fond bozorlarida joylashtirishda depozitar tilxatlar
qoʻllanilishini yuqorida ham taʼkidlagan edik. Depozitar tilxatlar – ikkilamchi
qimmatli qogʻozlar boʻlib, nominal qiymatga ega boʻlmagan qimmatli qogʻoz
boʻlib, u taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlarning muayyan soniga boʻlgan mulk
huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qogʻoz emitentidan
depozitar tilxat oʻrniga taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlarning tegishli sonini
olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlar bilan mustahkamlangan
huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bogʻliq
xizmatlar koʻrsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi.
Xalqaro aksiyalar bozorida qoʻllaniladigan depozitar tilxatlarning asosiy
turlari quyidagilar:
- amerika depozitar tilxatlari (ADR);
- yevropa depozitar tilxatlari (YEDR);
- global depozitar tilxatlari (GDR).
Amerika depozitar tilxatlari – maʼlum bir miqdordagi amerika depozitar
aksiyalariga egalikni tasdiqlovchi sertifikatdir. Yevropa depozitar tilxatlari
Yevropa banklari tomonidan Yevropa ittifoqi mamlakatlaridan tashqarida
joylashtirilgan kompaniyalar aksiyalariga egalik qilishni tasdiqlovchi qimmatli
qogʻozdir. Global depozitar tilxatlar esa AQSH fond bozorlarida, shuningdek
boshqa davlatlar fond bozorlarida taklif qilinadi va joylashtiriladi. Umumiy holda
amerika depozitar tilxatlari va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish
bosqichlari quyidagilar (8.3-jadval):
8.3-jadval
Dostları ilə paylaş: