A shula darsi. Ashula darsini gigiyenik talablar asosida olib
borilishi kerak. Ashula darsi olib boriladigan sinf havosi toza,
iliq, yetarlicha nam bo'lishi lozim.
Ashula aytilganda o'quvchilar ovozini asta-sekin kuchay-
tirib borishlari talab etiladi.
O'quvchilar dam olm asdan bor yo'g'i 4 —5 minut m obay
nida ashula aytishi m umkin.
Ashulani yaxshisi tik turib aytgan m a ’qul. O'tirib aytiladi-
gan bo'Isa ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'idagi organlar bosilib
qoladi, bu esa nafas olish va chiqarishni qiyinlashtiradi.
U zoq m uddat tik turib ashula aytish ham tavsiya etilmay-
di. Shuning uchun, tik turib 15—20 m inut ashula aytilgandan
so'ng bolalarga 5—6 m inut tanaffus berilib, o'tqazib qo'yiladi.
7—12 yoshli bolalarni sovuq havoda uzoq muddat ashula aytishi
q a t’iyan m an etiladi, chunki bolaning bu yoshida ovoz parda-
lari boylamlari juda nozik bo'lib rivojlanishda bo'ladi.
F iz k u l t u r a m i n u t la r i Har bir darsda fizkultura minutlari o'tkazilishi lozim. Bu
o'quvchilaming aqliy charchashini oldini oladi. Fizkultura minutida
fortochkalarni ochib qo'yish kerak. Fizkultura minuti 2—3 minut
bajariladi, Mashqlarni barcha o ’quvchilar bajarishi shart.
Fizkultura minutlari uchun gavdaning orqa tom onidagi
muskullar, q ad-qom atini k o ‘tarib turadigan va nafas aktida
ishtirok etadigan muskullarning mustahkamlanishiga yordam
beradigan mashqlar talab etiladi.
Bu mashqlarda orqa, q o i panjasi muskullarini ham mashq
qildirish bolalarning charchashining oldini oladi.
Fizkultura minutlarmi o ‘tkazishdan maqsad, muskul va qon
aylanish organlarini bir vaziyatda tutib, zo 'r berib aqliy ish
bajarayotgan o ‘quvchilarni aktiv faoliyatga ko'chirishdir.
Jismoniy tarbiya darsi.Jismoniy tarbiya darsi 4 m 2 b o ‘lgan,
maxsus xonada o ‘tkazilishi kerak. Bu xonada havo harorati sinf
xonalariga qaraganda 1-1,5°C pastroq boMishi kerak.
Bu darslarda ishlatiladigan asbob-uskunalar bolalarning bo’yi
va jismoniy rivojlanishi darajasiga to'g'ri kelishi lozim.
Jismoniy tarbiya darslarida bolaning yoshi, jinsi va salo-
matiigining holati e'tiborga olinishi kerak.
Salomatligi yaxshi bo’lmagan nimjon o ‘quvchilarga kam-
roq nagruzka berilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini im ko-
m boricha ochiq havoda oikazilishi talab etiladi.