Epidermofitiya — bu kasallikni epidermiyasining shox qavati-
da parazitlik qilib yashaydigan va junga t a ’sir qilmaydigan har
xil turdagi zam burug‘lar keltirib chiqaradi.
Asosan, oyoq panjasi gumbazlari, barm oq aro burmalar,
chov burm alar terisi va boshqa joylarning terisi shikastlanadi.
Kasallik qichishish bilan davom etadi.
Terlash kuchayib shoh qavati uvalanib turadi. Buning nati-
ja s id a kasallik q o ‘z g ‘a tu v c h i l a r n in g chuqurroq kirishi va
kolpayishiga qulay sharoit tug‘iladi.
Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to'lib,
bir-biriga qo‘shilib ketishga moil b o ‘ladigan yaltiroq pufakchalar
yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta ero-
ziyalar qoldiradi, bu eroziyalar oqargan k o ‘rinishda b o la d i.
Teri shox qatlami po‘stchalari bilan o ‘ralib turadi.
Epidermofitiya asorat berib ekzemaga aylanishi mumkin.
Kasallikning oldini olish shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya
qilishdan iborat, oyoqlarni yuvgandan keyin barmoqlar oralarini
obdon artish, b a ’zan yod eritmasi yoki atir surtish kerak. Bi-
rovning paypoqlari va boshqa buyumlaridan, poyabzali, mo-
chalkasi, sochiqlaridan foydalanish yaramaydi.
H am m om lar, dush qurulmalari, suzish basseynlari ustidan
sanitariya nazoratini kuchaytirish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sodiqov K.S. “O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi” T. O`qituvchi 1992 yil.
Galperin S.N. “Bolalarning fiziologik hususiyatlari” M. Prosveshenie.
Temkin B.N. “Maktab gigiyenasi” T. O`qituvchi 1972 yil.
Sharipova D.J., Vohidova R.G. “O`quvchular toliqishini oldini olish” T. Medisina 1986 yil.
Matyushonok I.T. “Boshlang`ich maktab o`quvchilarining anatomiya – fiziologiya va gigienasi” T.O`qituvchi 1972 yil.
Qodirov U.Z. “Odam fiziologiyasi” Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti T. 1996 yil.
Aminov B., Tilavov T. “Odam va uning salomatligi” T. O`qituvchi 1993 yil.
Turaqulov Yo. X. “Hozigi zamon biologiyasi va irsiyat masalalari” T. Fan 1969 yil.
Sharipova D.J., Semyonova L. “O`quvchilarga gigiyenik ta`lim va tarbiya berish” T. O`qituvchi 1983 yil.
Majidov V.M. “Yuqumli kasalliklar” T. Ibn Sino nashriyoti 1993 yil.
Mahmudov I., Alimov B., Qurbonov Sh. “O`smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi” T. O`qituvchi 1984 yil.