Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash



Yüklə 103,06 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü103,06 Kb.
#192090
  1   2   3   4   5
Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash


CHINNI-FAYANS BUYUMLARINI SHLIKERLI MASSADAN QUYISH USULIDA SHAKLLASH
Reja:
1.Nafis keramika buyumlarining umumiy turkumlanishi.
2. Chinni va fayans materiallarining tarkibi, tuzilishi va xossalari.
1.Nafis keramika buyumlarining umumiy turkumlanishi.
Mayda donador tuzilishga ega bo‘lgan, zich pishgan va sirti shishasimon sirning yupqa qavati bilan qoplangan buyumlar nafis keramika buyumlari deb ataladi. Hozirgi zamonda keramika buyumlari asosan ishlab chiqarish sohalariga va tavsiyalanishiga ko‘ra turli guruhlarga turkumlanadilar.
Nafis keramika buyumlari materialning pishish darajasiga qarab 2 ta guruxga bo‘linadilar:
1) zich pishgan sopolga ega buyumlar.
2) g‘ovakli, qisman pishgan sopalga ega buyumlar.
Birinchi guruxga kirgan buyumlarning siniqlari chig‘anoqsimon yaltiroq bo‘lib, suyuqlik va gazlarni o‘tkazmaydilar, oq yoki barobar tarzda bo‘yalgan bo‘lib, chertilganda uzoq vaqt so‘nmay turadigan jarangdor tovush chiqaradilar. Ularning suv yutuvchanligi 5 % dan yuqori bo‘lmaydi. Ular sirlangan va sirlanmagan bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi guruxga kirgan buyumlar sinig‘i mayda donador tuzilishga ega bo‘lib, bo‘zargan ko‘rinishga ega bo‘ladi, hamda suyuqlik va gazlarni o‘tkazib yuboradi. Ularning suv yutuvchanligi 5% dan ortiq bo‘ladi. Bunday buyumlarni chertganda tezda so‘nuvchi past tovush chiqadi. Buyumlar yupqa qavatda shaffof bo‘lmaydi, ular oq yoki bir tekis bo‘yalgan xolda bo‘lishi mumkin.
Zich pishgan buyumlar tarkibiga chinni, nafis tosh buyumlari va issiqlikka bardosh buyumlar kiradi.
G‘ovakli qisman pishgan buyumlar qatoriga yarim chinni, fayans va sopol kiradi.
Tavsiyalanishi bo‘yicha nafis keramika buyumlari xo‘jalikda ishlatiladigan va texnika uchun tavsiyalanadigan buyumlarga bo‘linadi (1-rasm).

1- rasm. Nafis keramika buyumlarining turkumlanishi



Nafis keramika buyumlari

Xo‘jalik uchun nafis keramika
Buyumlari

Texnika uchun tavsiyalanadigan nafis keramika buyumlari

Zich

g‘ovakli

Elektrotexnika buyumlari
(izolyatorlar, radiodetallar va boshqalar), radioelektronika uchun buyumlar

Chinni, nafis tosh buyumlari

Yarim chinni,
fayans, sopol




Uy ro‘zg‘or buyumlari




Umumiy ovqatlanishuchun buyumlar
Badiiy bezak buyumlari
Ichi bo‘sh buyumlar
Yassi buyumlar
Mayda buyumlar
Yirik buyumlar





Yüklə 103,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin