Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash



Yüklə 103,06 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü103,06 Kb.
#192090
1   2   3   4   5
Chinni-fayans buyumlarini shlikerli massadan quyish usulida shakllash

Sirkoniyli chinni – mastsa tarkibiga sirkon yoki sirkonatlar va ishqoriy yer metallarining sirkonosilikatlari qo‘shiladi. Bunday chinnining mustahkamligi juda yuqori bo‘lib, u elektr izolyatsiyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Litiyli chinni - chinni pishirish temperaturasini va termik kengayish koeffitsientini pasaytirish maqsadida massa tarkibiga litiy birikmalari, jumladan spodumen (Li2O•Al2O3•4SiO2), petalit (Li2O•Al2O3•8SiO2), lepidolit (LiKF2•Al2O3•SiO2) qo‘shiladi.
Berelliyli chinni – berilliyli chinni yadro reaktorlarida, vakuum zich izolyatorlar sifatida, termopara g‘iloflarida, uran, toriylarni suyuqlantirish uchun ishlatiladigan tigellarda qo‘laniladi.
Fayansning turkumlanishi va turlari. Fayans deb, oq va oqish rangdagi, mayda donador tuzilishga ega bo‘lgan va sirlanmagan holda suyuqlik va gazlarni o‘zidan o‘tkazib yuboradigan materialga aytiladi. Fayansli xo‘jalik buyumlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash va ularni suv o‘tkazmasligini ta’minlash maqsadida ular sirtiga sir tortiladi. Xo‘jalik fayansidan tashqari fayansli k oshinlar, sanitariya-qurilish buyumlari va boshqa buyumlar ham ishlab chiqariladi.
Fayans massalarining turiga qarab fayans 3 turga bo‘linadi:
1) tuproqli qadimgi fayans, u asosan tuproqdan va maydalangan kuydirilgan holdagi kremen yoki kvartsdan olinadi;
2) ohaktoshli yoki yumshoq fayans (o‘rta asr fayansi), u tuproq, kuydirilgan kremen yoki kvarts va mergeldan, hamda bo‘rdan tayyorlanadi.
3) dala shpatili yoki qattiq fayans, u tuproq, kremen yoki kvarts va dala shpatidan hosil qilinadi. Ushbu fayans birinchi bor XVIII asr boshida Germaniyada ishlab chiqarilgan.
Birinchi 2 turga kirgan fayans materiallari yumshoq hisoblanib, ularning g‘ovakligi anchagina, suv yutuvchanligi 19-22% ga teng. Qattiq fayansning esa g‘ovakligi kamroq bo‘lib, suv yutuvchanligi 9-12% ni tashkil etadi. Fayans chinnidan o‘z massa tarkibida tuproqning miqdori ko‘pligi bilan farqlanadi.
Xo‘jalik chinni-fayans buyumlarining turkumlanishi. Xo‘jalik chinni-fayans buyumlari quyidagi belgilariga qarab turkumlanadilar: material tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra, tavsiya etilishiga ko‘ra, shakli va o‘lchamlariga ko‘ra.
Material tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra buyumlar chinni, yarim chinni, suyakli chinni, fayans va sopol buyumlar kabi turlarga bo‘linadilar.
Tavsiya etilishga ko‘ra buyumlar oshxona, choy ichish, kofe ichish buyumlariga va badiiy bezak buyumlariga (guldonlar, vazalar, xaykallar va boshqalar) bo‘linadilar. Buyumlar shakliga ko‘ra ichi bo‘sh va yassi buyumlarga bo‘linadi.
O‘lchamlariga ko‘ra buyumlar mayda (diametri yoki uzunligi 175 mm gacha va sig‘imi 500 sm3 gacha), yirik (diametri yoki uzunligi 175 mm dan 250 mm gacha va sig‘imi 500 sm3 dan 1000 sm3 gacha), hamda alohida yirik(diametri yoki uzunligi 259 mm dan katta va sig‘imi 1000 sm3 dan yuqori) turlarga bo‘linadilar. 

Yüklə 103,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin