O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Giyohvadlik.
Giyohvadlik masalasini hal etish muammolari bilan BMT o‗zining 
tashkil etilgan paytlaridanoq shug‗ullanmoqda: 

1946 yilda, uning tarkibiga aylanma asosda 53 mamlakat kiradigan Giyoxvand 
vositalar bo‗yicha komissiya tuzilgan; 

BMTning giyohvand moddalarga qarshi kurash bilan shug‗ullanadigan 
bo‗linmasi 1990 yilda BMTning giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‗yicha 
xalqaro dasturi (YUNDSP) bilan birlashdi; 

Dastur 1999 yilda Xalqaro jinoyatchilikdan ogohlantirish bo‗yicha Markaz 
bilan birlashtirildi va Giyohvand moddalarni nazorat qilish va jinoyatchilikdan 
ogohlantirish boshqarmasi tashkil etildi. Boshqarmaning qarorgohi Vena shahrida 
joylashgan. 
Giyohvadlik jiddiy muammolar keltirib chiqarish va bu masalaga jiddiy e‘tibor 
zarurligini anglab yetish oqibatida 1990 yilda Shanxayda ilk bor paydo bo‗lgan 
Opium kommissiyasining ishlari natijasi o‗laroq birinchi xalqaro cheklashlar 
o‗rnatildi. Shundan buyon meditsina maqsadlarida ishlatiladigan turli modddalarni 
sotish va ulardan foydalanishni cheklaydigan ko‗plab xalqaro bitimlar imzolandi.
Giyohvad vositalar to‗g‗risida yagona konvensiya (1961 yil) meditsinada 
foydalaniladigan turli moddalarni sotish va ulardan foydalanishni cheklaydigan xar 
xil shartnomalarni birlashtirdi. U 1972 yilda giyohvandlarni davolash va avf etish 
bo‗yicha xizmatlarning taqdim etilishi zarurligini ta‘kidlagan Protokol bilan 
to‗ldirildi. 


38 
Behush qiluvchi moddalar to‗g‗risidagi konvensiya (1971 yil) aqliy faoliyatiga 
ta‘sir etadigan farmatsevtika dori-darmonlarni va boshqa moddalar ro‗yxati bo‗yicha 
xalqaro nazorat tizimini o‗rnatdi. 
BMTning giyohvand va behush qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga 
qarshi bo‗yicha konvensiyasi (1988 yil) giyoo‗vand moddalar bilan noqonuniy savdo 
qilish masalalari bilan shug‗ullanadi va o‗z ichiga bundan daromad olish hamda 
noqonuniy giyohvand moddalar tayyorlash uchun foydalanilgan kimyoviy 
moddalarni asrab qolish maslalri bilan shug‗ullanadi.
BMT bu muammoni hal etilishida nafaqat unga kurashish, balki giyohvand va 
behush qiluvchi moddalarga bo‗lgan talabni ham qisqartirish yo‗llarini ishlab chiqdi.
Ekologik muammolar.
Atrof muhit muxofazasi borasidagi tashvish-xavotirlar 
butun tarixda bir qizil ip kabi bo‗lsada, ekologik tanazzul, turlar va ekotizimlarning 
yo‗qolib borayotgani to‗g‗risidagi chaqiriqlar xalqaro sa‘y-xarakatlarni faqatgina 
o‗tgan XX asrning 70 yillaridan boshlab jipslashishga olib keldi.
1972 yilda Stokgolm shahrida o‗tgan BMTning Atrof muhit borasidagi 
konferensiyasi BMTning Atrof muhit bo‗yicha dasturini (YUNEP) tuzish bilan 
yakunlandi. 1992 yilda esa Braziliyaning Rio-de Janeyrodagi BMTning atrof muhitni 
muhofaza qilish va taraqqiyot borasidagi konferensiyasida jahon rahbarlarining 
tarixda eng yirik uchrashuvi bo‗ldi.
―Yer sammiti‖da bitimlarning tarixiy paketi, jumladan, ikkita majburiy 
kelishuv: karbonad angidrid singari sanoat va boshqa parnik gazlari ajralib 
chiqishining kelgusidagi chegaralirini belgilab bergan Iqlim o‗zgarishlari 
to‗g‗risidagi konvensiya va biologik rangbaranglikni saqlab qolish va undan barqaror 
foydalanish bo‗yicha birinchi xalqaro bitim – Biologik rangbaranglik to‗g‗risidagi 
konvensiya imzolandi.
Konvensiya quydagi uchta asosiy maqsadni belgilab beradi: 

Biorangbaranglikni saqlash; 

Biorangbarangliknining tarkibiy qismlaridan barqaror foydalanish; 

Genetik resurslardan savdo-sotiq va boshqa sohalarda foydalanishdan paydo 
bo‗ladigan foydani adolatli va teng saqsimlash. 


39 
Konvensiya tarixda birinchi bo‗lib, biologik rangbaranglikni saqlab qolish 
―insoniyatning umumiy vazifasi‖ va taraqqiyot jarayonining tarkibiy qismi ekanini 
tan oladi. Globallashuv jarayonida Konvensiya biologik xavfsizlikka daxl qilgan 
holda kengayib borayotgan biotexnologiya soxasini tez qamrab olmoqda. 
Konvensiyada ko‗plab masalalar ko‗rib chiqiladi, jumladan: 

biologik rangbaranglikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish; 

genetik resurslardan tartibli xolda foydalanish; 

texnologiyalardan bahramand bo‗lish va ularni almashlash, jumladan, 
biotexnologiyalardan bahramand bo‗lish; 

texnik va ilmiy hamkorlik; 

ta‘sirning darajisini baholash; 

ta‘lim va jamoatchilik tushunchasini kengaytirish; 

moliyaviy resurslarni taqdim etish;

shartnoma bo‗yicha majburiyatni bajarilishi to‗g‗risidagi milliy hisobotni 
taqdim etish 
18

Xalqaro shartnoma hisoblangan Biologik rangbaranglik bo‗yicha konvensiya 
umumiy muammolarni belgilaydi, asosiy maqsadlarni va masalalarni, siyosatni va 
umumiy majburiyatlarni aniqlab beradi va texnik hamda moliyaviy hamkorlikni 
tashkil etadi. 
Konvensiyaga muvofiq hukumatlar biorangbaranglikni saqlab qolish bo‗yicha 
milliy strategiyani va harakat rejalarini ishlab chiqishlari lozim va ularga atrof muhit 
muxofazasi va taraqqiyotning yanada kengroq milliy rejalarini kiritishlari zarur. Bu 
ayniqsa, o‗rmonchilik, qishloq xo‗jaligi, baliqchilik, energetika, transport va 
shaharlarni rejalashtirish singari sektorlar uchun ayniqsa muhimdir. 
Shartnoma har qanday mamlakatni uning genetik resruslari ustidan 
suverenitetini tan oladi va ko‗rsatib beradiki, qimmatbaho biologik resurslardan 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin