O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Ko„ngilli eksport cheklashlari (KECh)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

Ko„ngilli eksport cheklashlari (KECh)
- tashqi savdo hamkori tomonidan 
ikkinchi biri bilan kelishilgan holda eksport operatsiyalari hajmini chegaralash. 
Lizing
- mashina, qurilmalar, texnologiya va ko‗chmas mulkni ishlab chiqarish 
jarayonida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berish. 
Litsenziyalash
- davlat tomonidan huquqiy va jismoniy shaxslarga tashqi 
iqtisodiy operatsiyalar olib borishga ruxsat berish .
Marja 
- valyuta xaridori va sotuvchisi kurslari o‗rtasidagi farq.
Marjinal (qo„shilgan) foyda
- sotish narxi va o‗zgaruvchan xarajatlar 
yig‗indilari orasidagi farq. 
Maastrixt shartnomasi
- shartnoma 1993 yilning 1 fevralida imzolangan 
bo‗lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a‘zo bo‗lgan 12 davlat o‗rtasidagi kelishuv. 
“Marshall plani”
- AQSHning davlat kotibi J.X.Marshall tomonidan 1947 
yilning 5 iyunida ilgari surildi, AQSH tomonidan Ikkinchi jahon urushida vayron 
bo‗lgan evropa mamlakatlari xo‗jaligini tiklash va rivojlantirish uchun berilgan 
iqtisodiy yordamdir. Yevropaning 17 davlati (sobiq SSSR va sotsialistik yo‗lni 
tanlagan Sharqiy Yevropaning barcha davlatlaridan tashqari) a‘zo bo‗lgan edi. 
Marshall rejasiga ko‗ra 4 yil ichida 14 mlrd. doll. yordam uyushtirildi. Ko‗rsatilgan 
yordamning 60 %dan ko‗prog‗i Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va G‗arbiy 
Germaniyaga to‗g‗ri kelgan edi. Bu davlatlar iqtisodiyoti 50-yillardan so‗ng tez 
rivojlanish davriga qadam qo‗ydi. 
“Mauntbettena plani”
- ikkinchi jahon urushidan so‗ng o‗z mustamlakachilik 
ta‘sirini saqlab qolishga intilgan ingliz bosqinchilari Hindistonning ikki dominioniga 
– Hindiston ittifoqi va Pokistonga bo‗lib yuborish to‗g‗risidagi reja bo‗lib, 
bo‗linishda asosan aholining budda va islom (musulmon) diniga mansubligiga 
ko‗proq e‘tibor berilgan. Unda hududning milliy va xo‗jalik jihatdan butunligi 
mutlaqo hisobga olinmadi, mavjud bo‗lgan sanoat korxonalarining asosiy qismi 
Hindiston hududida qolgan bo‗lsa, ularni xomashyo bilan ta‘minlovchi rayonlari esa 
Pokiston hududida qoldi. Bu esa, albatta ikki mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan rivojlanishini nihoyatda murakkablashtirib yuborishga olib kelgan 
edi. Biroq, Buyuk Britaniya parlamenti ko‗pchilik ovoz bilan ―Mauntbettena plani‖ni 


143 
qonun sifatida 1947 yilning 15 avgustida qabul qilib, ―Hindiston‖ni mustaqil davlat 
deb e‘lon qildi.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin